8-MAVZU: QASHQADARYO VOHASI ARABLAR BOSQINI DAVRIDA (VII-IX ASR)
Reja:
1.
Arablar istilosining boshlanishi. Naxshab va Keshda siyosiy vaziyat.
2.
Oq kiyimlar qo‗zg‗oloni. Muqanna isyoni (VII-VIII aslar).
3.
Qashqa vohasida Islom dining yoyilishi. Islom dining yoyilishidagi vaziyat.
4.
Xalifa Muoviya, Qutayba ibn Muslim davrida Qashqa vohasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
xalifalik, oq kiyimlilar, Muqanna, Xuroson, Yazdigurd,
Muoviya, Ubaydulloh ibn Ziyod, Qutayba ibn Muslim, Sa‘id ibn Usmon, Muxallab, Sa‘id al-
Xaroshiy, Abu Muslim.
VII asr boshlarida Shimoliy Arabistonda vujudga kelgan islom dini aholisining yashash
darajasi turlicha bo‗lgan, o‗zaro qovushmagan mamlakatni tez orada siyosiy jihatdan bir butun,
harbiy nuqtai nazardan esa, eng qudratli davlat sifatida tanitdi. Muhammad payg‗ambar
vafotidan chorak asr o‗tar-o‗tmas, uning o‗rniga kelgan xalifalar o‗zlariga qo‗shni bo‗lgan
mamlakatlarni tobe qilish payiga tushdilar. Vizantiya va Eronga deyarli bir vaqtda yashil tug‗
ko‗targan qo‗shinlar hujum boshlaydi. Eronda besh asrdan buyon hukm surib kelayotgan
sosoniylar sulolasining so‗nggi vakili Yazdigurd III arab bosqinchilariga qarshi tura olmaydi.
Arab xalifaligi Xurosonni egallab, endigi bosqin dahshatini Amudaryo ortidagi yurtga
Movarounnahrga qaratadi.
Movarounnahr arablar xuruj boshlagan VII asr oxirlarida siyosiy boshboshdoqlikni
kechirmoqda edi. Bu tarqoqlik, mayda hokimiyatchilik IV-V asrlarda boshlangan bo‗lib,
eftaliylar hukm surgan yillarda yanada kuchayadi. Turk xoqonligi davrida ham bo‗linuvlarga
bardam berilmaydi, aksincha, u yanada zo‗rayadi. So‗g‗d nomigagina Turk xoqonligiga tobe
bo‗lib, har viloyatda bir, o‗ziga mustaqil bo‗lgan hokim hukm surar edi.
Xalifa Muoviya dastlab Movarounnahrga nisbatan sinov yurishlarini uyushtiradi.
Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga qilgan bosqini shu nuqtai nazardan amalga oshirilgan edi.
Xalifalikni, chamasi, Buxoroga yordamga kelgan Kesh, Naxshab va Turk xoqoni harbiy kuchlari
cho‗chitib qo‗yadi. Ubaydulloh ibn Ziyod Xurosonni idora qilib turgani keyingi ikki yil
davomida qaytib Buxoro tuprog‗iga qadam qo‗ya olmaydi. Xalifa uni Basraga noib qilib
yuboradi. Xuroson hukumati endi Sa‘id ibn Usmon qo‗liga o‗tadi. Bu voqea hijriy 56 - (676
m.y.) yilda sodir bo‗ladi. Narshaxiy Sa‘id ibn Usmonning Jayhundan o‗tib Buxoroga yetganida,
―So‗g‗d, Kesh (Shahrisabz) va Naxshab (Qarshi) lashkarlari yetib keldilar. Ularning soni bir yuz
yigirma ming edi‖ deb xabar beradi. Bu gal ish jangga tortmaydi. Sa‘id ibn Usmon sakson
kishini garovga olib, Samarqand tomon ketadi.
Movarounnahrga qilingan ikki yurish Buxoro va Samarqand bilan cheklangan edi. Kesh
va Naxshabning bu yillarda arablar e‘tiboridan chetda qolishi sabablari, ehtimol, bu
shaharlarning harbiy hamjihatligi bilan izohlansa kerak.
43
79 hijriy sanada (m. 698/99) Muxallab Xuroson noibi sifatida ish boshlaydi. 80-hijriy
yilda (m. 699/700) Muxallab qo‗shinlari Amudaryoni kechib o‗tib, Qashqa vohasi sari
yuzlanadilar. Bu arablarning Movarounnahrga chorak asrdan buyon qilib kelayotgan tajovuzi
tarixida birinchi marta Buxoro va Samarqandni chetlab o‗tib, Kesh sari yurish edi.
Muxallab Qashqa vohasiga bostirib kelgan vaqtda asosiy shahar Kesh bo‗lgan, deyish
mumkin. Buni at-Tabariy tarixidagi voqealarning keyingi rivoji misolida ko‗rish mumkin.
Naxshab va Kesh qal‘alarining ispehbodi Ashkand edi. Ashkandning qarorgohi Keshda bo‗lib,
vohaning butun harbiy kuchi uning qo‗lida to‗plangan edi. Kesh arablar tomonidan qattiq qamal
qilinadi. Kesh qamalini Muxallabning tadbirkor lashkarboshisi Abul Adham Ziyod ibn Amir az-
Zimmoniy amalga oshiradi. Abul Adham Ziyod qo‗l ostida uch ming lashkar bo‗lgan. Aftidan,
qamal cho‗zilib ketgan va tag‗in ikki ming kishi ularga yordamga keladi.
Kesh qamali vaqtida yuz bergan harbiy to‗qnashuvlar doirasiga qarab hukm qilganda,
Muxallabning Movarounnahrni oldingi amirlar singari talabgina qolmay, uni tamomila
bo‗ysundirishni maqsad qilib olganligini ko‗rsatadi.
Muxallabning Keshda surunkasiga ikki yil davomida olib borgan bosqinchilik harakatlari
Qashqa vohasi aholisini darg‗azab qilgan. Arablar hamma joyda pistirmaga duch kelganlar.
Marv yo‗liga chiqqan Yazid va uning saralangan 700 kishilik sipohlari Nasaf cho‗lida 500 turk
yigitlariga duch keladi. O‗zlarini savdogar sifatida tanitgan turkiylar arablarga hamla qiladi. Jang
shiddatli tus oladi, Yazid turklarning yo‗lboshchilaridan birini o‗ldiradi va o‗zi ham tizzasidan
og‗ir yaralanadi. Yazidning sheriklaridan Abu Muhammad az-Zammiy va boshqalar jang
maydonini tashlab qochadilar. Arablarga hujum qilgan vatanparvarlar ularning aksariyatini qirib,
qurol-yarog‗ini olib, ko‗zdan g‗oyib bo‗ladi.
Tabariyning yozishiga qaraganda, turk pistirmasiga duch kelgan Yazid ular qo‗lidan
yalinib-yolvorib qutilgan. Chunki turklar ―yo bizlar o‗lamiz, yoki sizlar nobud bo‗lasizlar‖, deb
jon-jahdlari bilan kurashganlar. Oxir, Yazid o‗zining Marvga kelayotganligini, ularga jonini
qutqarish uchun beradigan tovon puli yo‗qligini, ukasi o‗lganligini aytib qutuladi.
Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi bo‗lgach (704/705 y.) Naxshab va Keshni istilo
qilishga qattiq kirishadi. 88 yili (707 m.y.) Qutayba Buxoro va uning atrof tumanlarini butunlay
yakson qilib, boyliklarni olib Marvga qaytadi. Qutayba 89 yili (708 m.y.) yana Buxoro va
Romiton ustiga yurish qiladi.
Tabariyning hikoya qilishicha, Qutayba Romitonni bosib olgach, Balxga qayta boshlaydi.
Shu orada unga Hajjojning xatini yetkazadilar. Maktubda Qutaybaning Vardanxudot ustiga
yurish qilishi tayinlangan bo‗ladi. Qutayba yana iziga qaytadi. Uni so‗g‗dliklar, Kesh va Nasaf
aholisi dashtu cho‗lda jang bilan qarshi oladi. Bu to‗qnashuvda Qutaybaning qo‗li ustun keladi
va u Buxoro tomonga qarab yurishda davom etadi. Biroq bu safar Qutaybaga omad kulib
44
boqmaydi. U Buxoroni qo‗lga kiritolmay, Marvga qaytib ketishga majbur bo‗ladi. Bu haqda
Hajjojga yozib, ma‘lum qiladi. Hajjoj unga endi nafaqat Buxoroni, shu bilan birga Kesh va
Nasafni ham zabt etishni buyuradi.
90-yili Qutayba Buxoroni zabt etadi, mahalliy qo‗shinlarni esa tum-taraqay qilib
yuboradi. O‗tgan yilgi omadsizlik uchun u qattiq o‗ch olishga kirishadi, kimki bosh keltirsa, yuz
dirham, deb e‘lon qiladi. 91-yilda (710 y.) Qutayba yana Kesh va Nasaf ustiga yurish qiladi.
Nasafni qo‗lga kiritib, Kesh ustiga bostirib boradi. Keshda ham uning qo‗li baland keladi. Ikki
shaharni bosqin qilib, o‗z hukmiga olgan Qutayba Keshda bir muddat turadi.
94-yilda (713 m.y.) Qutayba Shosh va Farg‗onaga qo‗shin tortadi. Bu yurish oldidan u
o‗zining razil usulini yana qo‗llaydi. Buxoro, Kesh va Nasaf, shuningdek, Xorazm mulklariga 20
ming qo‗shin yig‗ib berish majburiyatini yuklaydi. To‗plangan qo‗shin Shoshga qarab
jo‗natiladi. Qutaybaning o‗zi esa Farg‗onaga yo‗l oladi. 95-yilda xalifalikda o‗zgarish sodir
bo‗ladi. 20 yil hokimiyat tepasida bo‗lgan Hajjojning o‗lgani xabari yetib keladi. Qutayba
Marvga qaytadi. U o‗z harbiy qismlarini bo‗lib, ularning ma‘lum miqdorini o‗zi xavfsiragan
Buxoroga, yana bir bo‗lagini Kesh va Nasafga joylashtiradi. Qutaybaning Xurosonga ketish
oldidan bu shaharlarda qo‗shin qoldirishi bejiz bo‗lmagan. Qutayba qanchalik qirg‗in va
zo‗rlash, qo‗rqitish siyosatini olib bormasin, haqiqatan ham, uning o‗limidan keyin xuddi shu
shaharlardan – Buxoro, Kesh va Nasafdan arablar zulmiga qarshi norozilik to‗foni ko‗tariladi.
Qutayba bu xavfni oldindan sezgan edi.
716 yilda Qutayba o‗limi oldidan kutgani va unga qarshi tish-tirnog‗i bilan kurashgani
voqea sodir bo‗ladi. Xalifa Sulaymon ibn Abdul Malik Xuroson noibi qilib Yazid ibn
Muxallabni tayinlaydi. Yazid ibn Muxallab Qashqa vohasi xalqiga yaxshi tanish edi. U, bir
paytlar bu yurtdan zo‗rg‗a jon saqlab qutilgan kimsa edi. Nasaf dashtida uni turk yigitlari
yaxshilab qarshi olgan va adabini bergan edi.
Yazid ibn Muxallab Movarounnahrni, ayniqsa, Samarqand, Kesh, Nasaf va Buxoroni
unutmagan. Bu yurtlardan har yili qanchadan-qancha mol-dunyo yig‗ib olingan, qolaversa, bu
joylarni kuch bilan ushlab turilmasa bo‗lmas ham edi. Shu boisdan ham u o‗z o‗g‗li Muoviya ibn
Yazidga Kesh, Nasaf, Samarqand va Buxoro nazoratini topshiradi. Yazid ibn Muxallabning yurt
olish kurashlari ham oxir-oqibatda o‗zining o‗limi bilan tugaydi. Tabaristonga qilingan
yurishlarda u mag‗lub bo‗ladi va qatl etiladi. Xalifalikni uzoq yillar davomida egallab kelgan
umaviylar saltanati o‗zining oxirgi kunlarini yashamoqda edi. Navbat Abbosiylar sulolasiga
yetadi.
Akad.V. V. Bartold, umaviylar davrida yuz bergan arab istilosining tadriji haqida biz
yarim afsona tarzidagi ma‘lumotlarga egamiz, deganda haq edi. Arablarning Movarounnahrda,
shu jumladan, Nasaf va Keshda uzoq yillar davomida o‗tkazgan qirg‗inbarot janglari, bosqinlari
45
haqida juda kam narsalarni bilamiz. Keyinchalik yozilgan arab manbalarida ham og‗zaki
eshitilgan, avloddan-avlodga o‗tgan naqllargina tilga olingan. Shu boisdan voqealar tafsilotida,
sanalar uyg‗unligi va davomiyligida juda ko‗p chalkashliklar mavjuddir.
Turk xoqonligi VII asr so‗nglarida (Sharqiy turk xoqonligi) yana kuchayib ketadi. 689
yilda sharqiy turk xoqonligi lashkarlari G‗arbiy turk qo‗shinini mag‗lub etib, So‗g‗diyonaga
kirib borgan edi. 712 yilda turk qo‗shini Qutaybaning Marvga ketganligidan foydalanib,
So‗g‗diyonani egallab oladi. Ularni arablarga qarshi isyon ko‗targan So‗g‗d aholisi yordamga
chaqirgan edi. Bu paytda arablar qo‗lida faqat Samarqand shahri qolgan edi. 713 yilda katta kuch
bilan qaytgan Qutayba turklarni mamlakatni tashlab chiqib ketishga majbur etadi, turklar hatto
arablarning Shosh va Farg‗onaga qiladigan yurishiga ham xalal berolmaydi. Arablarda bo‗lgani
kabi, turk xoqonligining hokimiyat pog‗onalarida ham o‗zaro talashuv davom etardi. 716 yilda
Mochjo vafot etgach, g‗arbiy turklar yana sharqiy turklardan ajralib ketadi. Turgashlar
qabilasining yo‗lboshchisi Sulu 737-738-yillarga qadar davom etgan qudratli davlatni barpo
qiladi. U Markaziy Osiyoning butun g‗arbiy qismiga egalik qilib, Movarounnahrning isyonkor
dehqonlariga har taraflama yordam ko‗rsatadi, arablarga shunchalik katta ziyon-zahmat
yetkazadiki, arablar unga alamdan Abu Muzaxim (o‗rguvchi va suzguvchi, ya‘ni fil va ho‗kiz)
deb laqab beradilar.
Aholi arablarga nisbatan hamisha g‗azab-nafratda bo‗ladi, tez-tez g‗alayonlar qilib turadi.
Bu shubhasiz, umaviylar davri arab hukmronligining tabiatidan kelib chiqadi. Umaviylar
abbosiylardan farqli o‗laroq, keng miqyosdagi davlat maqsadlarini ko‗zlamasdan, eng avvalo,
―jihod janglari‖dagi arablarning yo‗lboshchilari bo‗lib qolgan edilar. Ular arablar o‗rtasida o‗z
hokimiyatini saqlab qolish, bo‗ysundirilgan xalqlardan soliqlar olish, vassal hokimlardan o‗lpon
undirish haqidagina qayg‗urganlar.
Sa‘id al-Xaroshiy Xuroson noibi bo‗lgan davrda arablarning Movarounnahrda bo‗shashib
qolgan davlat ustunlarini mustahkamlashga, isyonkor aholini, dehqonlarni jazolashga jon-jahdi
bilan intiladi. 103 yili (722 m.y.) Sa‘id al-Xaroshiy So‗g‗d tuprog‗iga qadam qo‗ygach, g‗alayon
qilib, arablarga bo‗ysunishdan bosh tortgan so‗g‗dliklar Farg‗onaga panoh istab ketishga majbur
bo‗ladilar.
Sa‘id al-Xaroshiy Keshdan chiqib, Xuzor tomonga otlanadi. Tabariyning yozishicha, bu
paytda Xuzor turkiy qal‘alar ichida eng mustahkamlaridan biri bo‗lgan. Tabariy Xuzorning aldov
yo‗li bilan olinganligini aytib o‗tadi. 133 (hijriy) yil yetib keladi. Shu yildan e‘tiboran
Movarounnahr va uning janubida arablarga qarshi norozilik harakati yana jonlana boshlaydi.
Arablar zulmiga qarshi kurashning yangi to‗lqini ko‗tariladi. Bu ma‘lum darajada arablarning
o‗zaro ichki ixtiloflari bilan ham bog‗liq edi. Umaviylar va Abbosiylar o‗rtasida uzoq vaqtdan
beri davom etib kelayotgan saltanat talashi pirovard natijada, 749 yilning oxirlariga kelib,
46
G‗arbiy Osiyo ham Abbosiylar qo‗liga uzil-kesil o‗tishi bilan xotimalanadi. Abbosiylarning
hokimiyatga kelishida Abu Muslim muhim o‗rin tutadi. Abu Muslim Abbosiylarning
Umaviylarga qarshi qora yalovini ko‗tarib, keskin kurash boshlaydi. 742 yilning 9 iyulida uning
ochiqdan-ochiq jangga chorlovi natijasida qora bayroq ostiga ko‗p xalq to‗planadi. Abu Muslim
faqatgina arabiy tilli nufus emas, xalifalikka tobe bo‗lgan mazlum kishilar o‗rtasida ham
mashhurlik kasb etadi. Abu Muslim huzuriga Hirot, Bushang, Marvarrud, Toliqon, Marv, Niso,
Obivard, Tus, Nishopur, Saraxs, Balx, Chag‗oniyon, Taxoriston, Xuttaliyon, Kesh, Nasafdan
odamlar shoshilinch yetib kela boshladi.
Abu Muslim xalifalikning sharqiy qismidan yiqqan, tarkibida Markaziy Osiyo va
umaviylardan norozi arablardan tuzilgan behisob qo‗shin bilan 750 yilda umaviylar lashkarini
tor-mor etadi. Hokimiyat Abbosiylar qo‗lida o‗tadi. Abbosiylarning saltanat taxtiga kelishi bilan
xalifalik va unga tobe o‗lkalarda biror narsa o‗zgarmadi. Umaviylarga qarshi g‗alayonlar
davomida berilgan va‘dalar unutiladi. Abu Muslim ham so‗zining ustidan chiqmaydi. Xuroson
noibi lavozimini egallagan Abu Muslim o‗zining o‗tmishdoshlaridan juda kam farq qilardi.
Abbosiylar hokimiyatga kelgach, oliq-soliqlar miqdori avvalgidan ancha oshib ketadi.
Abbosiylardan ko‗p narsa kutgan ular tarafdorlari tez orada aldanganliklarini biladi. Ko‗p
o‗tmay norozilik kayfiyati Movarounnahrda dovuldek ko‗tariladi. 133 yilda (751) Xuroson noibi
Abu Muslimga qarshi Buxoroda Sharik ibn Shayx al-Maxriy isyon ko‗taradi. Sharik ibn Shayx
al-Maxriy g‗alayoni bostiriladi uning o‗zi esa o‗ldiriladi. Biroq bu bilan Movarounnahrdagi
norozilik harakatlari so‗nib qolmaydi. Abu Muslimning o‗zi va uning amaldorlari
Movarounnahrni qattiqroq idora qilish harakatida bo‗ladi. U, 133 yilda (751) Samarqandga yetib
keladi. Abu Muslimning noibligi ham uzoqqa cho‗zilmaydi. Abu Muslim halifalikka
davogarlikda gumon qilinib, qatl etiladi. Bu voqea 137 yilda (755), Abu Muslimning Xuroson
noibi bo‗lganining beshinchi yili sodir bo‗ladi.
Bu vaqtda Qashqa vohasida arab istilochilariga qarshi mahalliy aholining ―oq kiyimlilar‖
nomi bilan tarixga kirgan ulug‗ isyoni yetilib kelmoqda edi. Tabariy 161 hijriy yil (778)
voqealarini hikoya qilar ekan, Muqanna qo‗zg‗olonini yilning eng muhim ishlaridan deb sanab
o‗tadi.
«Buxoro tarixi»da Muqanna va uning xalifalikka qarshi kurashi haqida nisbatan
mufassalroq ma‘lumot berilgan. «Muqanna Marv atrofi aholisidan – deyiladi unda, – Koza deb
atalgan qishloqdan bo‗lib, nomi Hoshim ibn Hakim edi. U ilgari kudungarlik qilar edi, keyin esa
ilm o‗rganishga mashg‗ul bo‗ldi va har xil ilmlarni, ko‗zbo‗yamachilik, sehr va tilsim ilmlarni
o‗rgandi. Ko‗zbo‗yamachilikni yaxshi bilib olib, payg‗ambarlik da‘vosini ham qildi va uni
Mahdiy ibn Mansur hijratning 167 yilida (5 avgust 783-23 iyul 784) o‗ldirdi. Muqanna
o‗zboshimchalikni o‗rgangan va g‗oyatda ziyrak bo‗lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko‗p
47
kitoblarni o‗qigan va jodugarlikda ustoz bo‗lgan edi. Uning otasining nomi Hakim bo‗lib, u Abu
Ja‘far Davonaqiy davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan biri edi. U Balxdan chiqqan edi.
Hoshim ibn Hakimni Muqanna deyishlariga sabab shu edi-ki, u juda xunuk, boshi kal va
bir ko‗zi ko‗r bo‗lganidan hamisha boshi va yuziga ko‗k parda tutib yurar edi. Shu Muqanna
Abbosiylar da‘vatchisi Abu Muslim zamonida Xuroson lashkarboshilaridan biri bo‗lib,
Abduljabbor Azdiyga vazir bo‗ldi va payg‗ambarlik da‘vosini qildi va bir qancha vaqt shu
da‘voda turdi. Abu Ja‘far Davonaqiy odam yuborib, uni Marvdan Bag‗dodga oldirib keldi va bir
necha yil davomida zindonda tutdi.
Marvda arablardan Abdulloh ibn Amr nomli bir kishi bor edi. U Muqannaga imon
keltirdi va qizini unga xotinlikka berdi. Ana shu Abdulloh Jayhundan o‗tib Naxshab va Kesh
shaharlariga keldi va har yerda xalqni Muqanna diniga chaqirib, ko‗p kishini yo‗ldan ozdirdi.
Bundaylar Keshda ko‗proq edi. Dastlab Muqanna diniga kirgan va uning dinini yuzaga
chiqargan qishloq Keshning Subah nomli qishlog‗i bo‗lib, u qishloq aholisining ulug‗ kishisi
Umar Subahiy edi. Ular qo‗zg‗olon ko‗tardilar. Ularning amiri arablardan bo‗lib, porso bir kishi
edi, uni o‗ldirdilar. So‗g‗dning ko‗pchilik qishloqlari Muqanna diniga kirdi. Buxoro
qishloqlaridan ko‗p kishilar kofir bo‗lib, kofirlikni oshkora qildilar. Nihoyat bu fitna ulg‗ayib
ketdi va musulmonlar uchun qattiq balo bo‗ldi».
Narshaxiyning hikoya qilishicha, Muqannaning xalifalikka ochiqdan-ochiq dushmanlik
kayfiyatida bo‗lishi Xuroson amiri Xumayd ibn Kaxtabani beparvo qoldirmagan. Kaxtaba uni
tutishga amri farmon beradi, ammo uni tutolmaydilar, u yashirin ish olib boradi. Tabariy o‗z
yilnomasida Xumayd ibn Kaxtabaning 152 yilda (769) Xuroson noibi bo‗lganligini qayd etadi.
Xumayd ibn Kaxtaba 158 yilda ham Xuroson noibi bo‗lib turadi. Demak, Tabariy ta‘kidlashi
bo‗yicha, Muqanna isyoni 161 yilda keng yoyilib, Movarounnahrga qadar tarqalgan bo‗lsa,
uning ildizi Xurosonda ana shu Xumayd ibn Kaxtaba noibligi davrida boshlangan bo‗lib chiqadi.
Tabariy 161 yil voqealarini zikr etganda, Muqanna isyonining xuddi shu yili oshkora tus
olganini va yilning muhim voqeasi bo‗lganini aytadi. Muqannani ta‘qib etgan Xuroson amiri
Xumayd ibn Kaxtaba 159 yilda vafot etadi. Shunga ko‗ra, Muqanna Movaraunnahrda o‗z
g‗alayonini qariyb ikki yil davomida tayyorlagan. 159 yilda Jayhundan o‗tgan Muqanna 161
yilda Kesh va Naxshab, Buxoro viloyatida juda ko‗p aholini qamragan isyonini boshlashga
erishadi. Shuning uchun bu isyonni tasodifiy, o‗z-o‗zidan kelib chiqqan, deyish jo‗yali
bo‗lmaydi. Narshaxiy aytgani kabi, u Marvda ekanligi paytida boshqa viloyatlarga o‗zining
doiylarini –tashviqotchilarini yuborgan va ular bilan aloqada bo‗lgan. Buni inkor qilib
bo‗lmaydi. Muqanna kimga qarshi kurashayotganini yaxshi bilgan, chunki u arablar qo‗lida turli
lavozimlarda ishlagan, otasi ham arab amirlarining lashkarboshilaridan bo‗lgan.
48
Muqanna harakati yuzaga kelgan VIII asrda Abu Muslim arab bosqinchilarining yurakni
zada qilgan yurishlaridan bezgan xalq uchun kurash ramzi, ezgulik ifodasi edi. Arab
istilochilariga qarshi tug‗ ko‗targan Muqanna harakati tezda butun Movarounnahrga yoyiladi.
Qashqadaryoda vujudga kelgan muqannachilik Buxoroda unga ulug‗ quvvat bag‗ishlaydi, tez
orada bu harakat Farg‗ona vodiysi, Iloq (Ohangaron) va Shoshga qadar uzayadi. Buxorxudot
Bunyod ibn Tug‗shodaning o‗zi ham Muqanna tarafiga o‗tadi.
Muqanna boshlagan xalq ozodlik harakati safida turkiy qo‗shinlar muhim o‗rin tutgan.
Narshaxiy o‗z asarida bu haqda ―Muqanna turklarni chaqirdi hamda musulmonlarning qoni va
molini ular uchun halol qilib hukm chiqardi. Turkistondan talonchilik tamasida ko‗p lashkar
keldi... U turklar dastlab Buxoroda paydo bo‗ldilar... So‗g‗dda oq kiyimlilar ko‗p edilar, turk
lashkari ham ko‗p kelgan edi‖, deb yozadi.
Muqannachilar Movarounnahrning aksariyat qismini egallab olgan edilar. Qashqa vohasi
Muqanna harakatining beshigi edi. Naxshab shahri va uning tevarak-atrofi aholisi Muqannaning
ukasi Jamxo‗r boshchiligida arab hukmdorligiga qarshi kurashadilar. Xalifalik vujudga kelgan
ozodlik kurashidan qattiq xavfda qoladi. Xalifa Mahdiy oxir-oqibatda Sa‘id al-Xarashiyni
Muqannaga qarshi kurashga jo‗natadi.
Sa‘id al-Xarashiy 722 yilda (103 h.y.) xalifa Umar ibn Xubayra davrida Xuroson noibi
bo‗lib, Xo‗jand va Qashqa vohasini qonga botirgan jallod edi. U, ayniqsa, Kesh va Xuzorni juda
yaxshi bilar edi. Shu boisdan ham, bu joylarda janglar qilgan, qamal va qirg‗inning hadisini
olgan Sa‘id al-Xarashiy xalifalikning so‗nggi umidi edi. Arablar butun xalifalik kuchini
Muqannaga qarshi qaratadilar. Mahalliy dehqonlar ularga oziq-ovqat, qurol-aslaha va qo‗shindan
yordam berib turganlar. Sa‘id al-Xarashiy Muqannani u yashab turgan hisorda qamal qiladi.
Narshaxiyda «Som tog‗i (Beruniyda Sanam) tepasida g‗oyatda mustaxkam bir hisor bo‗lib, unda
oqar suv, daraxtlar va ekin yerlar bor edi. Muqanna uni tuzatishga buyurdi va uni tuzatdilar.
Muqanna u yerga ko‗p mol va behisob oziq-ovqat (Tabariyda g‗alla) yig‗di. Soqchilar tayinladi»,
degan xabar uchraydi.
Muqanna Qashqa vohasiga kelgan dastlabki paytda o‗zi uchun qarorgoh sifatida Hisor
tizma tog‗ining Kesh bilan Samarqand oralig‗ida tushgan qismida (qariyalarning aytishicha, to
yaqinlariga qadar Kesh-Samarqand yo‗li shu qal‘a yonidan o‗tgan), dovonda joy qilgan. Va
nihoyat, arablar bilan olib borgan janglarining oxirgi yillarida ham shu qal‘adan boshpana
topgan. Muqanna joylashgan qal‘aning avvalgi nomi nima bo‗lgan aytish qiyin, harholda,
―Sanam‖ atamasi bu joyda butlar bo‗lganligini ishorat etadi.
Muqannachilar otashparast bo‗lib, zardushtiylik an‘analariga rioya qilganlar, butlarga,
sanamlarga topinganlar. Qal‘aning nomi shundan kelib chiqqan bo‗lsa ajab emas. Muqanna
arablarga qarshi faqat nayza va qilich bilangina emas, targ‗ibot va tashviqot usullaridan) ham
49
foydalangan. Islom dini nimani e‘tirof etgan va muqaddas hisoblagan bo‗lsa, Muqanna uning
ziddiga ish olib boradi. Muqannaning halokati tarixiy asarlarda turlicha talqin etilgan. Shu
jumladan, Beruniyning «Osor ul-boqiya» asarida Muqanna o‗limi yaqinligini bilib, o‗zini
tandirga tashladi, degan fikr aytiladi.
Tabariy bu haqda ―qachonki, u o‗z o‗limi yaqinlashganini sezgach, o‗zi zahar ichdi,
xotinlarini, oilasini ham zaharladi», degan fikrni aytadi. Narshaxiy Muqannaning halokati
to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Keshda, Sanam tog‗idagi hisorning ichida ―chashma, daraxtlar va
ekinzorlar bor edi. Muqannaning xos kishilari va sipohsolorlar kuchli lashkar bilan hisor ichida
edilar. Hisor ichkarisida, tog‗ tepasida yana boshqa bir hisor bo‗lib, u hisorga hech kimga yo‗l
yo‗q edi. Muqanna o‗sha xotinlar bilan shu hisorda turar edi‖, deydi.
Arablar muqannachilardan qattiq o‗ch olgan. Kurash mag‗lubiyat bilan yakun topgan
bo‗lsa-da, u Markaziy Osiyoda arab istilosiga qarshi harakat tarixida katta ahamiyat kasb etadi.
Xalifalikni zilzilaga solgan ozodlik harakati shafqatsizlik bilan bostiriladi, ammo xalifalik
shundan so‗ng mahalliy aholi vakillarini hokimiyat ishlariga aralashtirishga majbur bo‗ladi.
Oliq-soliqlar masalasida bir qadar yon beriladi. Xalifalik asosiy yig‗im turlaridan biri – tamg‗a
solig‗idan voz kechishga majbur bo‗ladi.
Mahalliy kishilarning hokimiyatga aralashtirilishi islom dinining rivojiga, keng
tarqalishiga yo‗l ochadi. Muqanna fojeasidan so‗ng ham islom dinini nomigagina qabul qilish,
undan voz kechish singari holatlar ko‗p kuzatilgan. Qashqa va Surxon vohalarida ―tabar
musulmonlik‖ tushunchasi hali hozirga qadar yashab keladi.
―Tabar musulmonlar‖ islom dinini qabul qilishning ashaddiy muxoliflari bo‗lib, zo‗rlik
bilan uni nomiga qabul qilganlar. Imkoniyat tug‗ildi deguncha, yana islomdan qaytganlar.
Aytilishicha, ularning bir qismi dastlab boshlarini tabar bilan chopganlarda ham islomni qabul
qilmagan.
Muqanna halokatidan so‗ng ham, muqannachilik Qashqa vohasida, Buxoro va Iloq kabi
joylarda davom etadi. ―Buxoro tarixi‖da Narshaxiy Muqannaning Kulortegin nomli sarkardasi
lashkar va mulozimlar tuzib, Musayyab bilan urushlar qilgani haqida yozadi.
Muqanna isyoni VII-VIII aslarda Ovrupa va Osiyoni titratgan arab xalifaligiga, uning
o‗zga xalqlarni bosib olish, moddiy va ma‘naviy jihatdan xo‗rlash, ezish va talash, qirg‗in qilish
siyosatiga qarshi ko‗tarilgan siyosiy kurash sifatida ahamiyat kasb etadi. Bu kurash xalq ozodlik
harakati tusini olib, unda mahalliy aholining turli tabaqalari vakillari ishtirok etadi. Buxoro
hukmdori Bunyod ibn Tug‗shodaning muqannachilikda ayblanib o‗ldirilishi ham buni yaqqol
isbotidir.
Arablarga tobe bo‗lib, nomiga yurtni boshqarib turgan ilg‗or qarashli, vatanparvar
ayonlar o‗zlarining vassallik maqomlaridan rizo bo‗lmaganlar. Ikkinchi tarafdan, qudratli,
50
dunyoning katta qismini o‗ziga tobe etgan xalifalik birlashgan kuch-mahalliy aholi ozodlik
kurashi oldida ojiz qolishi amalda isbotlandi.
Islomning ko‗p jihatdan afzalligi arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan
e‘tirof etiladi va qabul qilinadi. Islomni zo‗rlab tiqishtirish, ma‘lumki, dastlabki paytlarda, hatto
Qutayba pul va qamchiga zo‗r bergan bo‗lsa-da, muvaffaqiyat qozona olmagan edi. Qachonki,
islom targ‗ib va tashviq etilgach, Qur‘oni Karim bo‗yicha ish ko‗rish, oliq-soliqlarni diniy
yo‗sinda tartibga solish singari harakatlar islomning taraqqiysiga, keng yoyilishiga va o‗zga
mamlakatlarda ham chuqur ildiz yoyishiga olib keladi. Arablarning harbiy ustuvorligidan ko‗ra,
islomning asosi pishiqligi, xalqchilligi ular erishgan jahongirlik yutuqlarining muvaffaqiyatini
ta‘min etgan omil bo‗lgandi.
Arablarning o‗zga mamlakatlardagi muvaffaqiyati birinchi galda uning diniy
uyushganligi, e‘tiqod mustahkamligi bilan bog‗liq edi. Movarounnahrda otashparastlik islom
darajasidagi mavqega ko‗tarilmagan edi. Arablarning g‗alabasi mantiqan islomning zardushtiylik
ustidan qozongan zafari edi. Harbiy kuch ma‘naviy qudrat oldida ojiz bo‗ladi.
Movarounnahr xalqi islomni qabul qildi, ammo ozodlikka bo‗lgan ishonchni boy
bermadi. Islom ma‘naviy ehtiyojdagi bo‗sh joylarni to‗ldirdi, biroq mahalliy aholida chet el
bosqinchilariga bo‗lgan g‗azab-nafrat alangasini so‗ndira olmadi. Muqanna halokatidan so‗ng,
baribir, istilochilar mavqeidan putur keta boshladi.
Arablar Movarounnahrda o‗z mavqelarini kunma-kun yo‗qota boradilar. Xalifa Ma‘mun
saltanat uchun bo‗lgan hayot-mamot kurashlarida ukasi Aminni forslar yordami bilan yengishga
muvaffaq bo‗lgandan so‗ng, ularga yon berishga majbur bo‗ladi. Jumladan, xalifalikning sharqiy
viloyatlarini forsiylarga idora qilish uchun topshirishga majbur bo‗ladi. Keyinchalik mana shu
forsiy hokimlar Tohiriylar va Somoniylar sulolasiga asos soladi.
Arablar istilo qilgan mamlakatlar aholisi orasida kelib chiqishi, Balxdan bo‗lgan
Barmoqiylar birinchi bo‗lib, hokimiyat boshqaruviga aralashadilar. Barmoqiy Fazl ibn Yahyo
794-795 yillarda Xuroson noibi darajasiga ko‗tariladi. Tabariy 178-(795) yil voqealari haqida
gapirganida Fazl ibn Yahyoning arablardan bo‗lmagan qo‗shin tuzganligini, ularning soni 500
mingga yetganligini aytadi. Bu qo‗shin abbosiychilar (al-abbosiyya) deb atalgan. Ularning 200
mingi Bag‗dodga jo‗natilgan va ular al-qaranbiyya (qaranbiychilar) deb yuritilgan.
Barmoqiylarning mavqei va obro‗yi osha borgani sari xalifalik sarosimaga tushadi. Nihoyat,
xalifa Horun ar-Rashid (786-809) 803 yilning 29 yanvarida barmoqiylar xonadonini qirg‗in
qiladi.
Xalifalar mahalliy ayonlar, aslzodalarning tobora oshib borayotgan kuch-qudratiga
to‗sqinlik qilishga borgan sari ojiz bo‗la boradi. Tez orada hokimiyat pillapoyalarida Tohiriylar
paydo bo‗ladi. Ular bilan deyarli bir vaqtda Somoniylar saltanat ostonalarida ko‗rina boshlaydi.
51
Somoniylarning kelib chiqishi Balx viloyatiga, uning Somon qishlog‗iga borib taqaladi.
Somoniylar
sulolasining
poydevorini
tashlagan
kishi
– Somonxudot sosoniylar
lashkarboshilaridan bo‗lgan va 591 yilda turklar huzuriga qochib o‗tgan Bahrom Chubin
avlodidan hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |