Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
70 
library.ziyonet.uz/ 
Tirguzub, debsen Navoiy jonigʻa minnat qoʻyay, 
Gar sen oʻltursangki, ul jon birla minnatdor erur. 
* * * 
Bogʻ atri chu nasimi gulu shamdod berur
Yerning gul yuzu shamshod qadin yod berur. 
Borsa Parvez bori hashmati yelga ne ajab, 
Joni shirinni chekib ohki, Farhod berur. 
Jilva qildi qaddingu nargisu gul boʻldi tonuq, 
Anga qulluq xatikim savsani ozod berur. 
Koʻrmagʻon boʻlsa yuzung mushafini tifli chaman
Nega gul daftari avroqini barbod berur. 
Ey ajal, sun boʻyun ul gʻamzagʻakim, bosh chekmas 
Har ne ta’limki shogirdgʻa ustod berur. 
Qilma bedod burunroqqi keturgaylar yuz, 
Angakim zulmkash el cheksa figʻon dod berur. 
Tiygʻi devona Navoiyni ne gʻam qatl etsa
Chun anga jon yana ul huri parizod berur. 
* * * 
Telba koʻnglum, vahki, har soat birov sori borur, 
Man’ qildim ersa bagʻrim ogʻrigudek yolborur. 
Qoʻydum ersa kelturur munglugʻ boshimgʻa yuz balo, 
Qoʻymasam jongʻa zarar yetgudek oʻzidin borur. 
Qoʻymasam bu, qoʻysam ul, boʻlsa yuz jonim fido. 
Ul kishigakim hazin jonimni andin qutqorur. 
Aql vasvosini qoʻysam avlo ulkim, men dogʻi 
Boshim olib ketgamen har sorikim, ul boshqorur. 
Soqiyo, bir nav’ men labtashna, yoʻqkim ogʻzima, 
Har yaram ogʻzigʻa quysang bir qadahni sipqorur. 
Ikki yuzluk boʻlmakim, bu bogʻning ra’no guli 
Gar qizorur bir yuzi, lekin yana bir sorgʻorur. 
Qoʻlda pinhon oʻt kibi topmas Navoiy koʻnglini, 
Har nechakim ishq kul qilgʻon vujudin axtarur. 
* * * 
Xasta koʻnglum azm etar ul sorikim jonon borur
Dam-badam jonim chiqar, goʻyo bu ham ul yon borur. 
Koʻnglum ichra toʻqtamas la’ling xayoli bir zamon, 
Ne ajab oʻlsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur. 
Ondakim sensiz yetar beshak figʻonim, ey quyosh
Men bora olmon, netay ul yerdakim afgʻon borur. 
Qomating jon qasdi etsa, kirpigingdur rahnamoy, 
Har qayon oʻq borsa, oning ollida paykon borur. 
Yod etarlar vodiyi ishq ahli Majnun sayrini
Bexabar har yon quyundekkim bu sargardon borur. 
Yoʻldin oxir surma, sultonmen debon darveshni, 
Yod et ul yoʻldinki, ham darveshu ham sulton borur
Hajridin andoq zaif oʻlmish Navoiy, ey pari, 
Kim qayonkim borsa sendek xalqdin pinhon borur. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish