Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
78 
library.ziyonet.uz/ 
Gʻayri noʻshonoʻsh azal soqiysidin kelmas xitob
Bizni, bas, may jurmidin boʻlmas muxotab qilsangiz. 
To Navoiy, qismat oʻlgʻon mayni ichmas chora yoʻq, 
Doʻstlar, avlo bukim jomin labolab qilsangiz. 
* * * 
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz, 
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz. 
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro 
Boʻlsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz. 
Yuz alarning ishqicha dardu, balou gʻussaga 
Tolib ol boshiga qolgan mojaroda istangiz. 
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayndin, 
Boxabar boʻlmoq meni yuzi qaroda istangiz. 
Koʻnglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini 
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz. 
Nuqta yangligʻkim, vafo uzra qilur kotib raqam, 
Ishq oʻtining dogʻini ahli vafoda istangiz. 
Ogʻzi shavqidin Navoiy itti, oni istar el 
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz. 
* * * 
Bir parivash volihi boʻldum, meni majnun dengiz, 
Shomi hajrim tuli savdosini roʻzafzun dengiz. 
Dudi ohimdin shararlar boʻlsa koʻnglum oʻtidin, 
Olami ishq ichra oni anjumi gardun dengiz. 
Soʻrsa koʻnglum holini ishq ahli lahni nazm ila
Oni rasvo ayladi bir qomati mavzun dengiz. 
Ranji ishqimni dengiz Farhodu Majnun birla teng, 
Dard ila hajrim bisotin togʻ ila homun dengiz. 
Bir yuzi gulgun gʻamidin yuz tugan koʻnglumdadur, 
Xorxorimning iloji bodai gulgun dengiz. 
Doʻstlar, ishq ahli gʻavgʻosin tafahhus qilsa yor, 
Dardi hajring shiddatidin oʻldi bir mahzun dengiz. 
May toʻla aylab Navoiygʻa tutung, ey ahli bazm
Ichmasa, gʻam yerga arzimas bu dahri dun dengiz. 
* * * 
Zamone garchi yodim qilmas ul nomehribon hargiz, 
Figʻonkim, yodi chiqmas xotirimdin bir zamon hargiz. 
Oti ogʻzim aro mazkur oʻlarmen, ohkim, boʻlmay 
Otim ogʻzigʻa bir mazkur oʻlurgʻa komron hargiz. 
Koʻngul to vodiy ishqigʻa tushti, qilmadi bir ham 
Vatanni yod ul ovorai bexonumon hargiz. 
Labidinkim koʻzum yoshi jahonni la’lgun qildi, 
Bagʻir juzvidin ayru topmadi bir qatra qon hargiz. 
Iti faryodini yoqmang mangakim xoʻyidin umre, 
Ulugʻroq tinmadim, ne nav’ chekkaymen figʻon hargiz. 
Yorib koʻksum junun ta’vizidek jon pardasin ochma
Ki fosh oʻlmaydur ul qonligʻ necha dogʻi nihon hargiz. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish