Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
69 
library.ziyonet.uz/ 
* * * 
Yoʻq ajab, la’lingdin ar bexudlugʻum oyin erur, 
Chunki usrukrak boʻlur har mayki, lab shirin erur. 
Raz qizi to pardadorlik aylagay talbis uchun, 
Shisha me’jardur angavu mavji oning chin erur. 
Qon yoshim ta’siridin sorigʻ yuzumning safhasi 
Kogʻazedurkim, hino suyi bilan rangin erur. 
Muhlik oʻtumni damingdin tez qilma, ey Masih, 
Kim bu oʻtqa motam ashki suyidin taskin erur. 
Ul pari ishqida ashkim lahv tuxmidur demang, 
Kim malak tasbihiga bu donadin tazyin erur. 
Olmayin yerdin qadam sayri maqomot aylamak, 
Chang piridin bu bazm ahligʻa xush talqin erur. 
Sizu vasl, ey ishq ahlikim, Navoiy jonigʻa 
Anduhi hijron azal devonidin ta’yin erur. 
* * * 
To xayoling gah koʻngul, gah koʻz aro mehmon erur, 
Koʻz bila koʻnglum arosinda hasaddin qon erur. 
Koʻngluma paykonlaringdin qatra-qatra suv emas, 
Holima koʻzdek biaynih ul dogʻi giryon erur. 
Gʻarqamen ashk ichrakim, ishqing tanimni oʻrtamas, 
Yoʻqsa oʻt kim koʻrdikim, xoshok aro pinhon erur? 
Hajr oʻqidinkim erur bagʻrim aro yuz ming toʻshuk, 
Har toʻshuk bir koʻzdururkim, holima hayron erur. 
Husn maydonida ul koʻz chobukedurkim, anga 
Xoli mushkin goʻyu zulfuig anbarin chavgon erur. 
Dahr boʻstonida bosh chekkan nihol atrofida 
Shox emas, novak degil, yafrogʻ emas, paykon erur. 
Tiygʻ ila dushvor aylabsen Navoiy qatlini, 
Chehradin burqa’ni olgʻilkim, base oson erur. 
* * * 
Ul pari koʻngli uchun ruhim asiru zor erur, 
Bul’ajab toshi qanotsiz qushgʻa badraftor erur. 
Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek, 
Goʻyi anjum tirnogʻidin sarbasar afgor erur. 
Kofiri mastedur ul koʻzkim, kamandi zulf anga 
Yeshibon yonida qoʻygʻon rishtai zunnor erur. 
Baxti uyqusidin afgʻonlar chekardi goʻiyo 
Har kecha koʻz yummay anjum to sahar bedor erur. 
Yangla koʻnglum vasl TOPTI, rahm qil, ey oy, kim, 
Tund yeldin yangi butgan yoragʻa ozor erur. 
Qatlima ul koʻz savodi hay’atidin bagʻrigʻa 
Bir qaro tosh bogʻlagʻon qon qilgʻuchi xunxor erur. 
Oʻqusam nomangni nechu tobligʻ bexud tanim 
Goʻiyokim nomani chirmab yuborgan tor erur. 
Chun quyoshdek yerga kirgung, ne asigʻ, gar yuz quyosh 
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish