Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
73 
library.ziyonet.uz/ 
To tuzdi Navoiy oyati ishq
Ishq ahli aro navo boʻluptur. 
* * * 
Yana hamdamim shu’lai gʻam boʻlubtur, 
Gʻamim shu’lasi jongʻa hamdam boʻlubtur. 
Koʻngul pardasi ustida dogʻi ishqing, 
Bu tugʻro uza naqshi xotam boʻlubtur. 
Qilib xoki koʻyungni balchiq sirishkim, 
Tutashqon yalang tangʻa marham boʻlubtur. 
Netib kuymayinkim gʻaming kovkovi 
Yetibtur, koʻngul uyi barham boʻlubtur. 
Toʻlibtur koʻngul ishqing oʻtidin andoq, 
Ki koʻp oʻq dogʻi oʻqqa mahkam boʻlubtur. 
Tutub bir qadah anglat, ey dayri piri, 
Ki bu korgah sirri mubham boʻlubtur. 
Navoiygʻa rahm aylagil, ey parivash 
Kim, ul telba rasvoi olam boʻlubtur. 
* * * 
Istasam boʻsa labidin, jon tilar jonon evaz, 
Koʻngli birla desa jonon ozdurur yuz jon evaz. 
La’lin ogʻzimgʻa olo olmon, ayogi tufrogʻin, 
Topsam etmon maks agar jon istasa jonon evaz. 
Poyboʻsi ham emas haddim, ayogʻi tufrogʻi, 
Gar muyassar boʻlsa jon bermoq boʻlur oson evaz. 
Itlarining xoki poyin koʻrgali ham rozimen, 
Gar tilar oldik qaroru hushu xonumon evaz. 
Vasl gar boʻlmas muyassar, yuz tuman jonu jahon
Gar berilsa oʻtruda bermoq emas imkon evaz. 
Soqiyo, tut la’lgun may bahridin zavraq bila 
Kim erur bir jur’asigʻa naqdi bahru kon evaz. 
Ey Navoiy, ishq tarkin aylagil, nevchunki men 
Vasl uchun jon berdimu boʻldi manga hijron evaz. 
* * * 
Ey quyosh vasfin demaktin mohi ruxsoring gʻaraz, 
Obi hayvon zikridin la’di shakarboring gʻaraz. 
Ulki, debturlar badan boʻstonida ruhi ravon, 
Ahli ma’ni ollida qad birla raftoring gʻaraz. 
Jilvagar kavsar zulolida quyoshning lam’asi, 
Koʻzgu ichra chehra aksidin namudoring gʻaraz.. 
Sayl mavjidin raqibi xonapardozing murod, 
Abr sayridin sadandi barqkirdoring gʻaraz. 
Ey koʻngul, Farhed togʻi birla metin zaxmidin
Dardu mehnat shiddatidin jismi afgoring gʻaraz. 
Ul quyoshqa, ey falak, har zarrani zor etmashim, 
Zarrai maqsud yoʻq juz bizga ozoring gʻaraz. 
Ey Navoiy, umr bobida vafosizlik soʻzi 
Kim boʻlur mazkur, erur shoʻxi jafokoring gʻaraz. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish