Hasharotlarning umumiy tuzilishi va tashqi morfologiyasi


Hasharotlarning qorni quyidagi tiplarda bo‘ladi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi0,64 Mb.
#907802
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hasharotlarning umumiy tuzilishi, tashqi morfologiyasi (1)

Hasharotlarning qorni quyidagi tiplarda bo‘ladi:
1. Keng yoki botiq qorin - bunday qorinning birinchi bo‘g‘imi enli bo‘ladi va hamma joyi 
bilan ko‘krakka zich yopishadi.
2. Osilgan qorin - bunday qorinning birinchi bo‘g‘imi enli bo‘ladi va ko‘krak bo‘g‘imi bilan 
harakatchan birlashib osilib turadi.
3. Poyachali qorin - bunday qorinning1-chi yoki 2-bo‘g‘imi cho‘zilib, uzun poyachaga 
aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, hasharotlarning tashqi o‘simtalari: mo‘ylovlari, oyoqlari, og‘iz 
apparati, qanotlari va boshqalar ularning turlarini aniqlashda sistematik ahamiyatga ega. 
Hasharotlarning gavda qoplami - terisi mexanik va fizik ta’sirlardan himoya qiladi, skelet, 
muskullarning yopishish joyi vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari, terida maxsus vazifalarni 
bajaruvchi bezlar ham joylashgan.
Hasharotlarning terisi 3 ta qavatdan iborat:
Kutikula.
Gipoderma. 
Bazal membrana.


1. Kutikula terining tashqi qavati bo‘lib, gipodermadan hosil bo‘ladi. Kutikula tashqi skelet
muskullarning yopishish joyi, himoya qilish vazifalarini bajaradi.
2. Ichki qavat yoki prokutikula. Bu qavat epikutikulaning ostida bo‘ladi. Prokutikula ham 2 
qavatdan iborat: 1-ekzokutikula; 2-endokutikula.
Ekzokutikula hasharot gavdasiga qattiqlik beruvchi kutikulin, melanin va xitin moddalaridan 
iborat. Bu moddalar hasharot terisiga qattiqlik hususiyatini beradi.
Endokutikula tolasimon xitindan iborat bo‘lib, teri ostidagi gipodermadan hosil bo‘ladi.
2. Gipoderma kutikulaning ostida bir qator epiteliy hujayralaridan iborat bo‘lgan qavatdir. 
Gipodermaning yosh hujayralari ustki tomondan cho‘zilib, protoplazmatik iplarga aylanadi, 
ulardan keyinchalik kutikula qavati hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, gipoderma lichinka suyuqligi 
ajratadi. Shundan so‘ng po‘st tashlash sodir bo‘ladi.
3. Bazal membrana yoki asosiy parda gipodermaning tagida joylashgan bo‘lib, juda yupqa, 
hujayraviy tuzilishga ega emas.
Teri qoplamidagi xosilalarga turli xil o‘simtalar, bezlar, rang beruvchi pigmentlar kiradi.
Teri xosilalari yoki o‘simtalari 4 guruxga bo‘linadi:
Xetoidlar. 2. Somatoxetlar. 3. Dermatoxetlar. 4.Dermatolepidlar.
O‘simtalar hasharotlarni mexanik ta’sirotlardan ximoyalanishida va harakatlanishida yordam 
beradi.
Teri bezlari. Bu bezlar gipodermadan hosil bo‘ladi. Bu bezlar 1, 2 va ko‘p hujayrali bo‘lishi 
mumkin. Teri bezlarining tashqi yo‘li terining tashqi yuzasiga ochiladi. Ba’zilarining yo‘li 
bo‘lmaydi. Ularning sekreti «terlash» orqali tashqariga chiqadi.
Hasharotlarning teri bezlari mum beruvchi, hid beruvchi va zaharli, lak beruvchi yoki 
qo‘rqituvchi sekretlar ishlab chiqaradi.
Hasharotlarning muskul sistemasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, muskullari soni juda ko‘p. Masalan, 
suvaraklarda 1684 ta, kapalaklarda 1600 ta muskul bor. Umuman hasharotlar muskulining soni 
2000 tagacha bo‘lishi mumkin.
Hasharotlarning muskullari ikki gruppaga bo‘linadi:
1.Somatik yoki skelet muskullari.
2.Ichki yoki vitseral muskullar.
Skelet muskullari asosan 3 gruppaga bo‘linadi:
1-bosh muskullari; 2-ko‘krak muskullari; 3-qorin muskullari.
1-ilova

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish