Hasharotlarning og‘iz apparati.
Hasharotlarning asosan ovqatni qabul qilishi va
ovqatlanish xiliga qarab: kemiruvchi yoki so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘ladi.
Kemiruvchi og‘iz apparati kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi og‘iz apparati bo‘lib, u
suvaraklar, chigirtkalar, qo‘ng‘izlar, kapalaklar va boshqa hasharotlarda uchraydi.
Kemiruvchi og‘iz aparati quyidagicha tuzilgan: yuqori lab, 1 juft yuqori jag‘ yoki mandibula.
Pastki lab, 1 juft pastki jag‘ yoki maksilladan tashkil topgan.
Yuqori jag‘lar bo‘g‘imlarga bo‘linmagan, qattiq xitinli tishchalari bor. U boshga harakatchan
birikkan. O‘simlikho‘r hasharotlarda tishlar yassi tuzilishga ega. Yirtqichlarida esa o‘tkir tishlar
bo‘ladi.
Pastki jag‘lar hamma kemiruvchi hasharotlarda: asosiy bo‘g‘im, ustuncha, bir juft
chaynovchi yaproqcha-tashqi va ichki latsiniya qismlardan iborat. Bundan tashqari pastki jag‘
paypaslagichi bor. Pastki lab ikkinchi juft pastki jag‘ ham deyiladi. U quyidagicha tuzilgan:
birlamchi iyak, xoshiyali qism. To‘g‘ri qanotlilarda iyak sohta iyakka va iyak osti bo‘g‘imiga
bo‘linadi. Xoshiyali qismda ikki juft chaynovchi yaproqchalar, tilcha, til qopchig‘i joylashgan.
Og‘izning yuqori tomoni harakatchan yuqori lab bilan qoplangan bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i
ovqatni tutib turish, chaynash, chaynalgan ovqatni aralashtirish vazifasini bajaradi.
2. So‘ruvchi og‘iz apparati turlicha tuzilgan bo‘ladi va suyuq ovqatni qabul qila oladi. Bu
og‘iz organi 3 xilda tuzilgan:
1. So‘ruvchi og‘iz apparati.
2. Sanchib - so‘ruvchi og‘iz apparati.
3. Yalovchi og‘iz apparati.
Bundan tashqari, hasharotlarning bosh qismida ko‘zlari ham joylashgan. Ko‘zlari oddiy yoki
murakkab (fasetkali) ko‘z bo‘lishi mumkin.
Hasharotlarning ko‘krak qismi.
Hasharotlarda ko‘krak qism 3 ta bo‘g‘imdan iborat. Bu
qism qorin qismdan keskin farq qiladi.
Hasharotlarning qadimgi ajdodlarida 3 ta bo‘g‘imda 3 juft oyoqlari bo‘lgan. Bunday
metameriyali hayvonlar kam harakat bo‘lgan. Hasharotlarda esa harakatni ko‘krak qismga
markazlashtirish, ya’ni lakometr funksiyasining oshishi ko‘kragini qorindan ajralishiga olib
kelgan.
Ko‘krakda qanotlarning vujudga kelishi, oyoqlarning mavjudligi qorin qismining
soddalashishiga va qorin o‘simtalarining qisqarishiga olib kelgan.
Hasharotlarning ko‘krak qismi 3 bo‘g‘imdan iborat:
Oldingi ko‘krak, 1-ko‘krak bo‘g‘imi.
O‘rta ko‘krak, 2-ko‘krak bo‘g‘imi.
Orqa ko‘krak, 3-ko‘krak bo‘g‘imi.
Har bir bo‘g‘imning atrofni xitinli halqa o‘rab olgan bo‘lib, u 4 qismdan iborat:
1. Yelka yoki tepa tomoni- tergit.
2. Qorin yoki pastki tomoni- sternit.
3. Ikki yon tomoni- pleyrit.
Do'stlaringiz bilan baham: |