246
surar edi: ishchilar kapitalistlarga yil davomida mehnat qilar edilar va
evaziga yarim yillik mehnatning qiymatini olar edilar." Xuddi shu yerdan,
aslo taxmin qilinmagan individlarning jismoniy va aqliy kuchlari ichidan
boylik va hokimiyatning tengsizligi kelib chiqadi.
Xuddi shu ayirboshlash tengsizligi bir sinfga hech narsa bilan
shug`ullanmaslikni va dabdabali yashashni ta'minlaydi, boshqa bir sinfni
og`ir mehnatga mahkum etadi.
J.Brey shunday deydi: "Siyosiy iqtisodchilarning
tas-diqlashicha
har bir ayirboshlash o`zaro manfaatlidir. Aslini olganda esa kapitalist bilan
ishchi o`rtasida hech qanday ayirboshlash yo`q! Ishchi kapitalistga
o`zining mehnatini beradi, xo`sh, kapitalist unga nima beradi? Kapitalist
ayirboshlash uchun yo mehnatni, yo kapitalni berishi mumkin. Kapitalist
hech qachon mehnatni bera olmaydi, chunki u mehnat qilmaydi. Shu bilan
birga kapitalist kapital ham bermaydi, chunki uning kapitali kamaymaydi,
balki ko`payadi. Ishchining mehnati evaziga kapitalist nima beradi?
Ishchining bir haftalik mehnati evaziga kapitalist
va xususiy mukl egalari
unga o`zlarining shu hafta ichida olgan boyliklarining bir qismini beradilar.
Boshqacha qilib aytganda, ular ishchidan biron narsa oladilar, ammo
o`rniga hech narsa bermaydilar".
"Hech kim dunyoda qandaydir tug`ma yoki tabiiy boylikka ega
emas, - deb davom etadi J.Brey, - tabiat insoniyatga nimaiki bersa, bu
mehnatga bo`lgan qobiliyatidandir. Demak,
agar kimdir hech qachon
mehnat qilmasdan boylikka egalik qilsa, bu boylik unga tegishli bo`lishi
adolatsizlikdir. U o`zlarining mehnatlari evaziga yuzaga keltirgan
insonlarga tegishli bo`lishi kerak, chunki kapital o`z-o`zidan yuzaga
kelmaydi. Angliyaning ulkan kapitallari yaratilish prinsipi bo`yicha
kapitalistlarga tegishli bo`lishi kerak emas (ular uni o`zlari ishlab
chiqarmaydilar). Bu ayirboshlash prinsipi asosida ham bo`lgan emas, ya'ni
ular kapitalni o`z mehnatlari evaziga ayir-boshlab olganlari yo`q.
Meros
huquqi asosida ham emas (bu boyliklarning merosxo`ri yo`q). qaysi
eshikka qaramaylik, mehnatkash kishi bilan puldor o`rtasidagi shartnoma
adolatsizlik va aldamchilik bilan tugallanadi." J.Brey xulosa qilib, hech
qanday siyosiy saylov islohotlari bu tartibni o`zgartirmaydi, deydi. Mavjud
tartibdagi ishchilar
sinfi qanchalik aqlli, yuqori ma'naviyatli yoki
mehnatsevar kuch bo`lishidan qat'i nazar, to`g`rilab bo`lmaydigan qullikka
mahkumdirlar. Shuning bilan birgalikda u ishchilar sinfining kurashi
kishilarga qarshi emas, balki tuzumga qarshi, u kapitalistlar bilan yoki
kapital
bilan emas, balki kapitalni qo`llash usuli bilan ekanligini uqtiradi.