Iqtisodiy ta'limotlar


J.S.Millning iqtisodiy ta'limoti



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

10.1. J.S.Millning iqtisodiy ta'limoti 
Ingliz Jon. Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so`nggi 
nomoyondalaridan biri deb qaraladi. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) 
ham iqtisodchi bo`lgan va o`g`lining tarbiyasi bilan jiddiy shug`illangan, 
oqibatda yoshligidaayoq dastlabki tadqiqotlari e'lon qilindi. Ammo 1848 
y.bosib chiqarilgan "Siyosiy iqtisod asoslari" (5 jilddan iborat) kitobi unga 
shuhrat keltirdi. Amaliy hayotda Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan 
bog`langan edi (1858 y yopilgan). 1865-1868 yy. Parlament a'zosi bo`lgan 
(D.Rikardoni eslang). So`nggi yillarda Fransiyaning Avinyon shahrida 
yashab ijod etdi. 


205 
Tadqiqot predmetida D.Rikardo g`oyalariga yaqin turadi va birinchi 
o`ringa "ishlab chiqarish qonunlari" ni qo`yadi, bu masalani "Taqsimot 
qonunlari"ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, 
iqtisodiy 
rivojlanishda 
"qishloq 
xo`jaligi 
imko-niyatlari" 
bilan 
hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi. 
Tadqiqot usulida pulning "neytrollik" konsepsiyasiga amal qiladi, 
ammo, pulning miqdoriy nazariyasini ham qo`llaydi. Boylik to`g`risida 
ancha sodda fikrda bo`lib, boylik bu bozorlarda sotib olinadigan va 
sotiladigan narsalarning summasi sifatida qaraladi. Bu olimning 
metodologiyasida 1) ishlab chiqarish qonunlarini 2) taqsimot qonunlariga 
qarshi qo`yish xarakterlidir. Birinchilari o`zgarmas bo`lib, texnik sharoitlar 
bilan belgilanadi, bu "fizik haqiqatlar" kabidir, ular "tabiiy fanlar 
xususiyatlari" xarakteriga ega, ularda inson irodasiga bog`liq hech narsa 
yo`q. Ikkinchilari esa, ularni "inson intuitsiyasi" boshqargani sababli, 
ayrim mamlakatlar va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlarning fikri va 
xohishiga bog`liq bo`lib, nihoyatda turlicha bo`ladi.
"Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari" taqsimot qonunlariga 
bevosita ta'sir etadi va "jamiyatdagi asosiy uch sinflar" o`rtasida 
daromadlarning taqsimoti mulkning shaxslar o`rtasidagi taqsimotini 
belgilab beradi. Insoniy qarorlarning taqsimot qonunlari shakllanishidagi 
ahamiyatidan kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni sotsial jihatdan isloh qilish 
bo`yicha o`z tak-liflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlarida "statika" 
va "dinamika" tushunchalari kiritiladi. Avvalgi olimlarda jamiyatning 
"statsionar va o`zgarmas" iqtisodiy qonunlari o`rganilgan bo`lsa, endilikda 
statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo`shish kerak-ligi aytiladi. 
Ammo, M.Blaugning fikricha, Millda "dinamika" tarixiy 
o`zgarishlarni tahlil sifatida qaraladi, "statika" deganda esa hozirgi satik 
tahlil tushuniladi. Demak, hozirgi davrdagi dinamik tahlildan keskin farq 
qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o`zgarish zamon va 
makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik modellashtirish 
orqali amalga oshiriladi. 
Millning qiymat nazariyasida "almashuv, iste'mol qiymatlari" , 
qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha 
tovarlarda o`sishi mumkin emas degan xulosa chiqariladi, chunki qiymat 
nisbiy tushunchadir. qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi 
darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi.
Pul to`g`ridagi g`oyasida miqdoriy masala birinchi o`ringa 
qo`yiladi, ya'ni pulning ko`payishi yoki kamayishi tovarlarning nis-biy 
bahosi o`zgarishiga ta'sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo`lganda "pulning 


206 
qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir", pulning har qanday 
kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi. Pulning 
neytralligi to`g`risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni iqtisod qilish 
uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne'matlar faqat unumli 
mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, mulkni qo`riqlash 
malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi kerak. 
Unumli mehnat agar u jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini ko`paytirishga 
olib kelsa, unumli iste'molga ega bo`ladi. 
Aholining iqtisodiyotdagi roli to`g`risida so`z yuritilib, Angliyada 
1821 y. Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari ishlab chiqarish 
sur'atlari aholi o`sishidan yuqori bo`lmagan. Aholi sonini kamaytirish 
bo`yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug`ulishni kamaytirish, ayollar 
emansipatsiyasi). Bu masalada Mill Maltus bilan hamohangdir. 
Kapital deganda "avvalgi mehnat bilan ilgari to`plangan 
mahsulotlar zahira" lari tushuniladi. Kapital jamg`arish investitsiya uchun 
asos hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi 
(J.M.Keyns ta'limotiga qarang). 
Daromadlar to`g`risida gapirilib, bunda avvalgi olimlar fikri 
qo`llanadi, uni mehnatga haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo`lgan talab 
va taklifga bog`liq deyiladi. Minimal ish haqi g`oyasiga amal qilib, "ishchi 
fondi" doktrinasi ilgari suriladi, unga ko`ra, sinfiy kurash ham, kasaba 
qo`mitalari ham ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning 
oldini ola olmaydi. Ammo 1869 yil bu doktrina g`oyasi inkor etiladi va 
kasaba qo`mitalari haqiqatan ham ish haqiga ta'sir etadi, bu "mehnat 
bozoridagi raqobat oqibatlari" kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo`lganda 
past jozibali mehnatda ish haqi kamroq bo`ladi. Mill "minimum ish haqi" 
bilan "fiziologik minimum" ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. 
Ish haqi manbayi sifatida allaqanday "kapital zahira" keltiriladi. 
Renta to`g`risidagi fikrda, renta bu yerdan foydalanganlik uchun 
to`lanadigan kompensatsiya deb qaraladi. 
Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu 
renta mavjud bo`ladi yoki foydani yo`q qiluvchi xarajat bo`lishi mumkin. 
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan sotsializm va soysialistik 
qurilish to`g`risida ham fikr yuritiladi. Sotsial tengsizlikning xususiy mulk 
bilan bog`liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan bog`liq 
individualizm va suiste'molchilikka barham berishdir, degan xulosa 
chiqariladi. 
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat rolini faol-lashtirish 
masalalari qarab chiqilgan, bunda davlat markaziy bankining foizlari 


207 
oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu xorij 
kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag`batlantiradi, milliy valuta kursi 
mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketish oldi olinadi. 
Davlat xarajatlarining ko`payishi tanqid etiladi. 
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire) ni qo`llash bilan birga, 
"bozor kuchisiz" ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlarni chiqarish, 
bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb, hisoblanadi. 
Mill ayniqsa, ta'lim sifatida alohida e'tibor qiladi, xususiy 
maktablar tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo`l 
beriladi), davlat imtihonlari tizimi yomon o`qiganlar uchun jarima taklif 
etiladi.
Boshida aytilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlari o`zgar-
tirish mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o`zgartirish kerak degan 
aqidaga amal qiladi. 
Bu olimning katta xatosi bo`lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot 
bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga o`zaro va har 
tomonlama bog`liq. 
Millning sotsial islohoti huquqidan uch pazitsiyani o`z ichiga oladi: 
1. kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma 
mehnatni tugatish; 
2. yer solig`i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish; 
3. merosxo`rlik qonunini cheklash yordamida boylikning 
tengsizligini cheklash. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish