T.Maltus
yashagan davr Angliyada sanoat inqi-
lobi amalga oshayotgan yillar bo`lib, qayta ishlab
chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar
armiyasi ko`paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli
tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho
berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada
ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning
asosiy asarlari quyidagilar: "Aholi nufuzi qonuni
to`g`risidagi tajriba" (1798), "Yer rentasining tabi-
ati va o`sishi to`g`risidagi tajriba" (1815), "Siyosiy
iqtisod prinsiplari" (1820 yilda yozilgan va avvalgi
kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantiril-
gan). Bu asar uning do`sti D.Rikardoning "Siyosiy
iqtisodning boshlanishi" asaridan uch yil keyin chiqqan bo`lib, nazariy
metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus
lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-
fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo`yilsa,
ularning ikkalasini qo`llab-quvvatladi, hukmron sinflarni oqladi, omman-
ing ochyalang`ochligi va og`ir ahvolida ularning hech qanday aybi
yo`qligini isbotlamoqchi bo`ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish keraklig-
ini u xayoliga ham keltirmadi, buni o`ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiy-gina
tushuntirishga harakat qilinadi.
Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini
rivojlantirish yo`li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko`paytirish
masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o`sish muam-
mosini aholining o`sishi bilan bog`lashga harakat qilingan. Avvalgi
T.R.Maltus
191
tadqiqotlarda aholi o`sishi o`z-o`zidan milliy xo`jalik rivojiga olib kelishi
(va aksincha) masalasi qo`yilgan bo`lsa, bu olim muammoga o`ziga xos
ravishda yondoshadi.
Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan
holda, iqtisodiy o`sish sur'atlari bilan aholi soni o`rtasida o`zaro aloqador-
likni ilmiy jihatdan isbotlashga o`rinining o`ziga xos yo`llari mavjuddir.
Jahonga ma'lum bo`lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning
qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi.
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, un-
dan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash
va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin, yashash min-
imumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o`sish soni
o`rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi.
M. Blaugning ta'kidlashicha, Maltus bo`yicha insoniy jamiyatni
sotsial qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomil-
lashtirishga urinish yengib bo`lmas insonlar ommasi tomonidan surib tash-
lanadi va shu sababli har bir odam o`zi haqida o`zi jon kuydirmog`i va
o`zining xatolari uchun to`la javob berishi kerak.
Aholi nufuzi nazariyasi Maltus go`yoki tarixiy manbalarga asos-
lanib, insoniyatning nihoyatda tez o`sganligini isbotlashga urinadi. Bu
o`sish tirikchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni
o`ldirish, tug`ilishni ixtiyoriy tartibga solish yo`li bilan sekinlashtiril-
maganda ahvol bundan ham yomon bo`lar ekan.
Maltus tabiat bilan hamohang o`simlik va hayvonlarning cheksiz
ko`payishi va yashash uchun kerakli mablag`lar o`sishi yo`nalishlarini
tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko`payib, geometrik
progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo),
tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik progressiya aso-
sidagina ko`payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo).
Bunday sharoitda 200 yildan so`ng aholi sonining tirikchilik
vositalariga nisbati 256 : 9, 300 yildan so`ng esa 40096 : 13 bo`ladi va
hokazo (2-jadvalga qarang).
Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko`payishga intilishi
"aholining nufuz qonuni"dir, bu qonun jamiyat paydo bo`lgandan buyon
mavjud bo`lib, doim va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi za-
rurat tufayli ochlik, yalang`ochlik va qirilishga mahkum etilgan.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |