Iqtisodiy ta'limotlar


K.Rodbertusning iqtisodiy g`oyalari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

11.4. K.Rodbertusning iqtisodiy g`oyalari 
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, 
Shimoliy Greyfsvoldda 1805 yilda tug`ildi. Gettingem va Berlin 
universitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo`yicha ma'lum 
vaqt ishladi. Burjua demokratik revoluysiyasi yillarida parlament a'zosi, 
keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko`rsatdi. K.Rodbertus 
Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta'limoti vakili bo`lib, Sen-Simon va 
sotsialist-rikardochilar g`oyalari ta'sirida edi. U xayoliy sotsializm va 
konservativ reformizm g`oyalari asosida o`zining eklektik konsepsiyasini 
yaratdi. 
1842 yilda K.Rodbertus "Davlat-xo`jalik tizimimizni bilish yo`lida" 
deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari "sotsial xatlar" 
shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo`shimcha qiymat nazariyasini 
ko`rsatib o`tdi. U o`z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: "Agar ishlab 
chiqarish qanchalik yuqori bo`lsa, ishchining yashashi uchun zarur 
vositalardan tashqari ko`pgina iste'mol buyumlarini yaratishi mumkindir. 
Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta 
holiga aylanadi va kishilar tomonidan mehnatsiz o`zlashtiriladi. Boshqacha 
qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va 
kapitaldir" (K.Родбертус “К познанию нашего государственно-
хозяйственного 
строя. 
Пять 
теорем”. 
M.,1935, 
стр.115). 
K.Rodbertusning nazariyasi va xulosalariga yuqori baho berish mumkin, 


230 
chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta'limotlar bilan yaqindan tanish 
va bu ta'limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi. 
Shuningdek, olim o`z xatlarining birida qo`shimcha qiymat va 
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko`rsatganligini va aniq qilib 
tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o`zining qo`shimcha qiymat 
nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto "o`g`irlab" o`ziniki 
qilganligini isbotlamoqchi bo`ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta'limotiga 
nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o`ziga ham ma'lum edi. 
Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani yana 
qayta ko`tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks ta'limotini 
kuchsizlantirish va uning ta'sir doirasini kamaytirish edi. O`z davrida 
F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat 
nazariyasidan 
so`lrikardochilar 
sotsialistik 
xulosalar 
uchun 
K.Rodbertusdan oldinroq ko`rsatib foydalanganliklarini aytdi. Shuningdek 
u K.Rodbertus qo`shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish 
qonunini, 
kapitalistik 
sinflar 
o`rtasida 
qo`shimcha 
qiymatning 
taqsimlanishi, qonunni to`liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan 
cheklanib qolganligini ham ko`rsatib o`tdi. 
Haqiqatan ham, foyda va yer rentasini ishchilarga haq to`lamaslik 
samarasi deb hisoblash, bu hali qo`shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini 
yaratish degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-rikardochilar bu masalada 
K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar (biz bu haqda keyingi boblarda 
to`xtalib o`tamiz). 
K.Rodbertusning iqtisodiy g`oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy 
asaridan tashqari, katta tomni tashkil etgan to`rtta "ijtimoiy xati"da bayon 
etilgandir. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko`rinishda tahlil 
qildi. qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha 
mehnat harajatlari bilan aniqlanib, bu o`rinda bir xil mehnat xarajatlari har 
qanday ishlab chiqarishdan qat'i nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb 
ko`rsatiladi. Bundan tashqari, mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi 
alohida 
ta'kidlanadi. 
F.Engels 
"Falsafa 
qashshoqligi" 
asarining 
so`zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, 
o`zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor 
etadi deb yozadi. 
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o`lchovi sifatida oltin va 
kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o`zgarmas o`lchov deb 
hisoblaydi. Bu o`rinda "mehnat kunlari" ham izohlanadi. Lekin olim 
xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo`jaligi sharoitida pulning 


231 
zaruriyatini to`g`ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o`zining taqsimot 
nazariyasida klassik maktab vakillari 
Yo`l qo`ygan xatolarni takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi 
tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan iborat bo`ladi. Birinchi bosqichda 
K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo`linishini 
ko`rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga 
bo`lishga o`tadi. Va nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha 
foyda va yer rentasining kapitalist va yer egalari o`rtasidagi taqsimotini 
ko`rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so`nggi yillari qiymatning 
mehnat 
nazariyasidan 
uzoqlashib 
mayda 
ishlab 
chiqaruvchilar 
manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e'lon qilish 
bilan bog`liq bo`ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish sinfiy 
kurashsiz evolyusion yo`l bilan amalga oshirishni ko`zda tutar edi. Bu yo`l 
keyingi 
islohotchilik 
yo`nalishidagi 
nazariy 
maktab 
tomonidan 
qo`llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to`la chop etilgan. 
(К.Родбертус “Экономические сочинения” М.,ОГИЗ.Соц Экгиз, 
Л.,1936. Стр. 436). 
XULOSA 
Kapitalizmni 
mayda 
ishlab 
chiqaruvchilar 
nazariyotchilari 
tomonidan har tomonlama keng o`rganilishi iqtisodiy ta'limotlar tarixida bu 
maktabning munosib o`rnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning g`oyalari 
sanoat inqilobi, kapitalizmning nihoyatda tez sur'atlarda rivojlanish davrida 
birinchilardan bo`lib, shu jamiyatni iqtisodiy negizini va ijtimoiy tuzumini 
tanqid qilishda o`z aksini topdi. 
Bu tanqid mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos ravishda 
oshirilib, kapitalizmning inqirozlar asosida notekis rivojlanishini ko`rsatib 
berdi. Siyosiy iqtisod fan sifatida inson baxt-saodati uchun zarur bo`lgan 
ijtimoiy rivojlanishni o`rganadigan fan deb yuritildi. S.Sismondi asarlarida 
asosiy e'tibor mehnatkashlar, ayniqsa ishchilar sinfining ayanchli bir 
taqdiriga samimiy hamdardlik bildirishga qaratilgandir. Shuningdek, 
iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy tahlil qilishda klassik maktabdan, ayniqsa 
A.Smit qarashlaridan nari o`ta olmadi. Olimning ishlab chiqarish bilan 
iste'mol o`rtasidagi qarama-qarshilikni ko`ra bilganligi katta xizmati 
bo`lsa, mashinalashgan ishlab chiqarishning ijobiy xususiyatlarini to`g`ri 
baholamaganligi uning jiddiy kamchiligi edi. 
P.J.Prudonning mayda ishlab chiqarish sotsializmi Fransiyada va 
G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng yoyildi. Prudon 


232 
qarashlarida ham ikkiyoqlamalik va fikrlar qorishmaligini uchratishimiz 
mumkin. Shunday bo`lsa ham Prudonizm g`oyalaridagi hozir ham 
kapitalizmni isloh qilish to`g`risidagi fikrlardan sotsial islohotchilikning 
ayrim ko`rinishlarida keng foydalanilmoqda. 
Prudon kapitalistik tovar ishlab chiqarishdagi qarama-qarshilikni 
shu tovarlarni pulga aylantirish yo`li bilan bartaraf etish mumkin deb 
hisoblaydi. U pulning mohiyatini to`g`ri tushunmay, hamma aybni 
ayirboshlashdagi nohaqlikdan deb biladi. 
Shunday qilib, u tovar-pul munosabatlarini pul, kapital va foizsiz 
saqlash kerakligini taklif qildi. Barcha kamchiliklaridan qat'iy nazar, 
Prudon kapitalistik taraqqiyotdan orqaga qaytish mumkin emasligini 
tushundi, lekin mayda xususiy mulkchilikni saqlab qolish tarafdori bo`ldi. 
K.Rodbertus ham o`z asarlari bilan nemis mayda burjua 
nazariyasiga katta hissa qo`shdi. U kapitalistlardan ishchilar sinfiga ishlab 
chiqarish mahsuldorligi oshganligi hisobidan ma'lum hissa berishlarini 
talab qildi. 
K.Rodbertus qiymatning mehnat nazariyasida, qo`shimcha qiymat, 
yer rentasi nazariyalarida katta ijobiy natijalarga erishdi. Olimning 
yaratgan asarlari zamondoshlari, jumladan marksistik iqtisodiy ta'limot 
asoschilari tomonidan ijtimoiy fanlar rivojiga qo`shilgan katta hissa deb 
yuqori baholandi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish