165
mexanizmining harakati asosida shakllanadi, uning o`zgarishining bevosita
sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib turishi hisoblanadi.
Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan - progress, statsionar -
turg`un va tanazzul - regressga uchragan holatlarini farqlagan. Birinchisida
boylik ko`payadi va mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Statsionar holatda
ishchilarning ahvoli og`ir, tushkunlikda esa ayanchli bo`ladi.
Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot - progressga
yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun
rag`batlantiradi. U ish haqini oshirish mehnatga bo`lgan layoqatni
kamaytiradi, ishchilarni dangasa qilib qo`yadi, degan g`oyalarga qarshi edi
(buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring). Yollanma ishchilar aholining
asosiy qismini tashkil
etadi va bironta jamiyat, shubhasiz, agar uning
asosiy qismi kambag`al va og`ir ahvolda bo`lsa, baxtli jamiyat bo`la
olmaydi. Undan tashqari, oddiy mantiqiy adolat shuni ham talab qiladiki,
butun xalqni boqayotgan, kiyintirayotgan va binolarni qurayotgan kishilar
o`z mehnati tufayli yaratilgan boyliklardan ma'lum qismini olib, durustgina
yashash uchun kerak bo`lgan mablag`larga ega bo`lishi zarur. Bizningcha,
bu fikrga hamma yaxshilab e'tibor berishi kerak.
Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruhoniy va
o`qituvchilarning ish haqlari to`g`risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U,
ayniqsa oliy o`quv yurtlarida "natijaga qarab haq to`lash"ning yo`qligini
qattiq tanqid ostiga oladi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh
olayotgan o`qituvchi hech qachon to`la kuch bilan ishlamaydi,
chunki u
bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to`lash qanchalik ziyon keltirsa,
ortiqcha ko`p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
A.Smit sohibkorlarga ishchilar sinfining qashshoqligi uning
manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini uqtiradi va hatto foyda kamaygan
holda ham ish haqi oshishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Jamoatchilik bu
fikrga, ayniqsa keyingi paytlarda katta e'tibor berdi va Smitning o`gitlariga
quloq soldi.
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma
ishchi mehnatiga to`lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqariladi.
A.Smit qo`shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga
yaqinlashgan, chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog`langan, bunda
ishchi o`z mehnat samarasini kapitalist bilan bo`lishishga majbur bo`ladi.
Bu holatda foyda yangi paydo bo`lgan qiymat bilan ish haqining farqi
ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarning bir qismi tegadi, xolos.
qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo`shimcha
qiymatdir. Fiziokratlardan
farqli ravishda, A.Smit qo`shimcha mahsulot
166
faqat qishloq xo`jaligida, iste'mol qiymatlarning ortishi hisobigagina emas,
balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan to`g`ri xulosaga
keldi (bu yerda ishlab chiqarish sohasining, ya'ni bu soha sanoatmi yoki
agrar sohami, xizmatmi - ahamiyati yo`q). Ammo boshqa holatda u
foydani boshqacha tushunadi: yer egasiga rentani to`lagandan keyin sanoat
kapitalistida qoladigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini
to`lagandan keyin qoladigan daromad. Bu yerda foyda xizmatchi
kapitalistning korxona daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi
foydani korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan boshqa ko`rinishdagi
ish haqi deb e'lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani
boshqarishdagi mehnatning
miqdori va murakkabligiga emas, balki avans
(bo`nak) qilingan kapitalning hajmiga bog`liq ekanligini ta'kidlaydi.
Smit qo`shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo
bo`lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital
tufayli tug`iladi, deb o`yladi. Foyda normasining tekislanib borishini,
o`rtacha foyda paydo bo`lishi jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga
keladigan qarama-qarshilikni ko`ra olmadi. Agar qo`shimcha qiymat
to`lanmagan mehnat mahsuli bo`lsa, u kapitalga proporsional bo`la
olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi "o`zgaruvchi kapital - qiymat -
qo`shimcha qiymat"dan "yalpi avanslangan kapital - o`rtacha foyda - ishlab
chiqarish bahosi" tizimiga o`tilganligini inkor etib, o`rtacha foydani
qo`shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi.
Oqibatda Smit qiymatga
kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati uchun
to`lanadigan haq sifatida qaraydigan bo`ldi. Shu fikr bilan bog`liq ravishda
u foizni to`lagandan keyin qoladigan foydaning bir qismi kapitalni qo`llash
bilan bog`liq bo`lgan mehnat va tavakkalchilik uchun to`lanadigan
mukofot ko`p hollarda arzimas mukofot yoki haq deb gapira boshladi.
Smit foyda normasi va foizning past darajasini iqtisodiy rivojlanish
va "millatning ravnaqi" ko`rsatkichi deb xarakterladi, ammo foyda
normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy
davlatlarda kapital ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda normasi
pasayishiga sabab deb ko`rsatdi.
Smit sohibkorlarni progressiv ilg`or sinf deb hisoblaydi, chunki u
kapital jamg`arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat
yaratadi. U yirik yer egaligini qo`llab-quvvatlamagan, yer rentasi - yer
egasining daromadini foyda kabi ishchining
mehnat mahsulotidan
chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit rentani ijara haqidan ajratgan va
rentaning yerni yaxshilash uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo`q, deydi,
chunki bu yaxshilashni ko`pincha ijarachi qoplaydi. Ammo ijara
167
shartnomasi yangilanganda yer egasi rentani oshiradi, yerni yaxshilash
go`yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo`ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy ta-biati
ochib beriladi. Yer kapital kabi o`zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi
turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka aylangach,
xodim, ya'ni ishchi o`z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga
qaytarishga majbur. Renta yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi paydo
bo`lishining oqibatidir. Yer unumi va joylashuvining turli bo`lishi ham
rentaga sabab bo`lishi mumkin, deydi Smit. Ammo absolut va differensial
renta tushunchasi unda bo`lmagan (absolut renta yerga xususiy mulk
bo`lgandagina paydo bo`ladi, differensial renta esa har doim mavjud).
Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta'siri ham e'tiborga olingan. Bu variantda
rentani hosil qilishda qishloq xo`jaligi ishlari va ishchi hayvonlari ishtirok
etadi. Dehqonchilik kapital qo`yish uchun eng foydali,
samarali soha deb
hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada, deb noto`g`ri
o`ylagan. Uning renta to`g`risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, lekin
ular masalani o`ta chalkash va noto`g`ri talqin etadi. Pettining rentani
Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: