Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

1-jadval 
Ishlab chiqarish 
Xarid 
Ishlab chiqarishning bir yil-
lik hajmi 
I
II 
III 
Fermerlar 




Yer egalari 




Hunarmandlar 




Yakuniy xarid 




Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib 
berilgan. 
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham 
oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat 
teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. 
F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida 
saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas 
edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik 
konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni
sinflarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi. 
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning 
"sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi 
ta'limoti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining 
himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye tak-
ror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning 
o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili 
asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan ab-
straksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti 
deb qarash kerak). 
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr 
muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. 


140 
Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal 
qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 
mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 
1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital 
("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlash-
ga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga 
nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yil-
lik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan 
davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega. 
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd
2 mlrd). Undan tashqari fermerlar qo`lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor
(5 mlrd + 2 mlrd + 2 mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish 
boshlanguncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to`lab qo`ygan edilar. 
Xo`sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizatsiya va aylan-
ish jarayoni qanday amalga oshadi? "Iqtisodiy jadval"ning shartlariga ko`ra 
bu jarayon besh aktdan iborat bo`lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir. 
1. Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik oziq-ovqat 
mahsulotlari sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo`jaligi 
mahsulotining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi, yer egalarining mulki 
muomala sohasidan iste'mol sohasiga o`tadi. 
2. Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari 
sotib oladilar. "Unumsiz sinf" shu bilan o`z mahsulotning yarmini reali-
zatsiya qiladi. 
3. "Unumsiz sinf" mulkdorlardan olgan puliga "unumli sinf"dan 
iste'mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi 
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. 
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd livrga uning 
o`zidan ("unumsiz sinf"dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini 
oladi. Ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta 
tiklash uchun kerak. Bu operatsiya oqibatida ("unumsiz sinf"ning) sanoat 
mahsulotining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi. 
5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz 
sinf" "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik qishloq xo`jalik xom ashyosi xarid qi-
ladi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish