A.R.J.Tyurgo
144
bo`ladi: birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular
katta kapital egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans, ya'ni bo`naklari
yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. Ikkin-
chilari - bu oddiy hunarmandlar bo`lib (ishchilar), ular o`z qo`l kuchlari
hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Turgo
ish haqini V.Petti va F.Kenye kabi tirikchilik uchun zarur minimum
mablag`lar asosida hal etadi, ammo Kenyedan farqli ravishda nega shun-
day bo`lishi kerakligining mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo`ladi. Un-
ing asosiy dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi,
ishchilar o`rtasida raqobat boradi.
Xuddi shu kabi yer egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki
razryadga ajratiladi, bular avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va
faqat ish haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki
Fransiyada bu sinflar mavjud edi.
Demak, A.Turgo bo`yicha jamiyatda besh sinf mavjud, bu
haqiqatga yaqindir. U yollanma ishchida qo`l kuchidan boshqa ishlab
chiqarish vositalari yo`qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o`z
mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko`rsatadi. A.Turgoning bunday
fikrga kelishida vaqtning ham ta'siri bor, chunki u Kenyedan keyinroq
yashadi.
Turgoning ta'limotida pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari
tahlil etiladi.
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa,
boshqa tovarlar kabi o`z qimmatini (foydalilik- naflilik) yo`qotishi mumkin
(marjinalistik g`oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab chiqarilayotgan
tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart. U shuni qayd etadiki, "milliy
boyligi" bu avvalo yerlar va ulardan olinadigan "sof mahsulot"dir.
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo`llaydi.
Noyoblikka e'tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb qara-
ladi (marjinalizm mavzusiga qarang).
A.Turgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini qo`llab-
quvvatladi, dehqonchilik qo`shimcha, ya'ni sof mahsulot manbayi ekan-
ligini (bu fikr Kenyeniki) tan olgan holda sanoat va savdoga ham ko`p e'ti-
bor qiladi.
U kapitalni Kenyega nisbatan ancha chuqur va to`la tahlil etdi.
Kenye kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo`naklar
summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu sababli
uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o`rtasidagi mahsulotlar taqsimoti
muammosi bilan chambarchas bog`lanmagan. Kenyening tizimida foyda
145
o`rni yo`q; kapitalist faqat "ish haqi olgan", bu "ish haqi"ning qanday
vujudga kelishi ham tahlil etilmagan.
Bu sohada A.Turgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o`ta
olmaydi, hatto to`g`ri tuyg`u asosida uni tadqiq etishni sanoat
kapitalistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib chiqishi haqiqatdan ham
aniqroq ko`rinadi, vaholanki boshqa fiziokratlar (Kenye ham) "barcha
ortiqcha mahsulot yerdan kelib chiqadi" degan noto`g`ri aqidaga
asoslanadilar.
U o`z ustozlari va maslakdoshlaridan "tabiiy tartib" konsepsiyasini
buzayotganligi uchun kechirim ham so`rab qo`yadi, chunki u tahlilni
sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab chiqadi. Ammo uning
uzri noo`rindir, aksincha u muammoni yechishga to`g`ri yondashgan;
yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer kapitalist o`z kapitalidan
kam deganda xuddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer
egasiga berishi kerak bo`lgan ma'lum ortiqcha (qo`shimcha)ni ham olishi
kerak.
Eng ajoyib teorema 62-tezis bo`lib, unga ko`ra ishlab chiqarishga
qo`yilgan kapital o`z-o`zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo`sh, o`z-
o`zidan ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi?
A.Turgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo`ladi (aslida kapital emas,
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratuvchidir).
Avvalo, uning fikricha, mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek,
ishchilarning ish haqini qoplashi kerak. qolgan qismi (aslida qo`shimcha
qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo`lib, kapitalist pul
kapitalining egasi sifatida "hech qanday mehnatsiz" olishi mumkin bo`lgan
daromadga teng. Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi
qismi fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati,
tavakkalchiligi va san'atini" to`lashga sarf etiladi. Bu tadbirkorlik
daromadidir. Shunday qilib, aslida A.Turgo sanoat foydasining ssuda va
funksional kapitalga bo`linishini ko`rsatib berdi. Agar pul foizi past bo`lsa,
bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati hamdir, deydi u.
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band
kapitalistlar uchun mavjuddir. So`zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida aytilgan
yangicha g`oyadir.
Ammo, olimning keyingi fikrlari izchil bo`lmay, yana fizio-kratizm
qobig`iga qaytadi. Boshida foydani foizdan chiqaradi, bu minimum bo`lib,
unga har bir kapitalist egalik qilish huquqiga ega.
146
Agar kapitalist idorasida xotirjam o`tirmasdan fabrikaning
faoliyatiga yoki qishloq xo`jaligida batraklar ishiga boshchilik qilsa, unga
ma'lum qo`shimcha, o`ziga xos maosh beriladi. Foiz oxir-oqibatda yer
rentasiga tenglashtiriladi, chunki kapital bilan eng oson bajariladigan
operatsiya bu yer uchastkasi olish va uni hech tashvishsiz ijaraga
topshirishdir. Endi qo`shimcha qiymatning asosiy shakli yer rentasi bo`lib
qoldi, qolgani esa uning hosilalaridir. Yana butun jamiyat faqat yer
yaratadigan "ish haqida o`tirgan" bo`lib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek, A.Turgo nazariyotchi olim bo`lishdan
tashqari amaliyotchi chinovnik edi. U qirol Ludovik XVI davrida moliya
vaziri bo`lib ham ishladi, o`zining bir qancha ilg`or g`oyalarini ilgari
surishga intildi.
U birinchi bo`lib davlat moliyasini sog`lomlashtirishga harakat
qildi, bu sohada uzoq muddatli dastur tuzib chiqdi, unga ko`ra yer
egaligidan tushadigan daromadlardan olingan soliqlar tizimi tugatilishi
kerak edi. Umuman u sanoat va savdodagi odil bo`lmagan soliqlarni
tartibga solishga kirishdi. U budjet chiqimlarini cheklashga intildi, bundan
saroy xodimlarining ortiqcha sarf-harajatlarini keskin kamaytirish
mo`ljallandi va bu sohada ma'lum yutuqlarga erishildi.
A.Turgoning muhim muvaffaqiyatlaridan biri shuki, u don va unga
erkin savdoni kiritdi, bu sohadagi monopoliyaga chek qo`ydi. Bu ishlar
nihoyatda og`ir kechdi, chunki feodalizm ildizlari hali kuchli edi, bu
kuchlar yangilikka tish-tirnogi bilan qarshi turdi.
A.Turgo 1776 yilning 12 mayida (yilga e'tibor bering, shu yili
A.Smitning "Xalqlar boyligi" asari chop etildi) iste'foga chiqishga majbur
bo`ldi. Eski tuzum davom etdi, barcha ijobiy ishlar inkor etildi, demak, hali
ularni amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar mavjud emas edi.
Nazariyot va amaliyot bir yoqadan bosh chiqara olmadi.
1778 yili A.Turgo amerikalik do`sti Franklinga atab o`zining
so`nggi iqtisodiy asari bo`lgan "Soliqlar to`g`risidagi esdaliklar"ini yozadi.
Olimning zamondoshi E.Kondilyak (1715-1780) tomonidan 1776 y
qimmatga oid subektiv qarash ilgari surildi. Uning fikricha, qimmat bu
buyumda emas, balki unga biz berayotgan bahoga bog`liq. Bu baho esa
bizning talab - ehtiyojlarimizga bog`liq: baho ana shu talabga qarab yo
ortadi yo pasayadi. Narsalarning qimmati uning noyobligi bilan oshadi va
mo`l-ko`lligi bilan pasayadi. Deyarli 100 yil avval aytilgan bu g`oya XIX
asr 70-yillaridagiga marjinalistlar tomonidan isbotlandi. Istisodchilar butun
asr davomida qiymatning insonlar xohishidan qat'iy nazar substansiyasi
(obyektiv asosi) nimada degan savolga javob izladilar. Bu kashfiyot tufayli
147
fiziokratlarning savdo (almashuv) sohasida boylik yaratilmaydi, chunki
almashuvda teng qiymatlar almashadi degan g`oyalarini chippakka
chiqardi. Aksincha, bozorga unga kerakmas buyum bilan kelgan xaridor
o`ziga ko`proq foydali boylikni olib qaytadi, ya'ni kamroq nafli narsa
o`rniga ko`prog`i olib ketadi, deb ta'kidlaydi olim (bu fikrlar "Marjinalizm"
bobida to`la qaraladi). Shu yerda xalqimizning maqollarida ham shunday
g`oyalar
allaqachon
mavjudligini
aytib
o`tmoqchimiz.
Masalan,
"Oldingdan oqqan suvning qadri yo`q", "Shakarning ozi shirin", "Bemaza
qovunning urug`i ko`p bo`ladi" va boshqalar. Bu g`oyalar to`g`riligini
marjinalistlar isbotlab berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |