Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

16.2. T.Veblen g`oyalari 

Veblen 
iqtisodiy 


jarayonlarni 
shakllangan 
an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy 
harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar his-
tuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish, 
ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning 
fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda 
namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun in-
soniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi. Darv-
inizm (biologik) g`oyalari iqtisodiyotga tadbiq etiladi. 
Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("Теория праздного класса") 
kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa 
turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va mos-
lashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi institut-
larning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'limoti 
ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli hara-
katiga 
yetarlicha 
baho 
bermasdan, 
odamlarning 
yurish-turishi 
g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. 
Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletari-
atnig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik evolyu-
sionizm qarama-qarshi qo`yiladi. 
U zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo`lib 
hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e'tibor beriladi va unga barcha ish-
lab chiqaruvchilar va birinchi navbatda muhandislar va ishchilar kiritiladi. 
Industriya olami mehnat unumdorligini o`stirish, ishlab chiqarish ja-
rayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib 
qo`yadi. Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib 
Veblen
 


311 
qo`yiladi. Ishlab chiqarish asosan texnik ko`rsatkichlar, masalan texnik 
asos darajasi, malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes 
olami deganda u moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni 
tushundi. Uningcha, biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va 
shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit 
nayranglari, turli aksioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to`la 
bo`ysundirilgan. Shu sababli, sanoatni biznes ta'siridan "ozod" qilish kerak, 
deydi u. "Industriya" va "biznes" nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida 
moddiy mazmun bilan uning sotsial-iqtisodiy shakli o`rtasida bog`lanish 
yo`q. Veblen industriya va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor deb 
xato qiladi, shular kapitalizm illatlarining sababchisi qilib ko`rsatiladi. 
Insonlarning iqtisodiy rag`bati avvalo qarindoshlik his-tuyg`usi, bi-
lim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit - 
foyda ketidan quvish). 
Bekorchi (to`q) sinflar to`g`risida farq yuritilib, ularga "biznes 
olami odatlari" xosligi aytiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho bel-
gilanadi va ular talab qonunlaridan boshqacha bo`lishi mumkin deyiladi. 
Buni "Veblen effekti" deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda 
boylar uchun alohida do`konlar mavjud). 
Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to`g`risida noto`g`ri 
tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va mu-
handislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi 
esa umuman yo`q. 
Mavjud tizimni o`zgartirish to`g`risida gapirib, bu masalani Veblen 
ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya 
qo`liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha mu-
handis-texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar 
ularning shartlariga ko`nishga majbur bo`ladilar. Kapitalizm transfor-
matsiyasi "texniklar kengashi" vositasida bajariladi, hozirgi zamon ja-
miyatida intelligensiyaning roli birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni biznes 
olamini muhandis- texnik intellegensiya yenga oladi. 
Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning 
asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, 
Veblen yangi jamiyatni "texnokratik" ko`z bilan ko`radi va kapitalizmni 
saqlab qolish yo`lini taklif etadi. 


312 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish