16.2. T.Veblen g`oyalari
Veblen
iqtisodiy
jarayonlarni
shakllangan
an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy
harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar his-
tuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish,
ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning
fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda
namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun in-
soniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi. Darv-
inizm (biologik) g`oyalari iqtisodiyotga tadbiq etiladi.
Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("Теория праздного класса")
kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa
turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va mos-
lashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi institut-
larning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'limoti
ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli hara-
katiga
yetarlicha
baho
bermasdan,
odamlarning
yurish-turishi
g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi.
Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletari-
atnig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik evolyu-
sionizm qarama-qarshi qo`yiladi.
U zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo`lib
hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e'tibor beriladi va unga barcha ish-
lab chiqaruvchilar va birinchi navbatda muhandislar va ishchilar kiritiladi.
Industriya olami mehnat unumdorligini o`stirish, ishlab chiqarish ja-
rayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib
qo`yadi. Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib
Veblen
311
qo`yiladi. Ishlab chiqarish asosan texnik ko`rsatkichlar, masalan texnik
asos darajasi, malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes
olami deganda u moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni
tushundi. Uningcha, biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va
shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit
nayranglari, turli aksioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to`la
bo`ysundirilgan. Shu sababli, sanoatni biznes ta'siridan "ozod" qilish kerak,
deydi u. "Industriya" va "biznes" nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida
moddiy mazmun bilan uning sotsial-iqtisodiy shakli o`rtasida bog`lanish
yo`q. Veblen industriya va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor deb
xato qiladi, shular kapitalizm illatlarining sababchisi qilib ko`rsatiladi.
Insonlarning iqtisodiy rag`bati avvalo qarindoshlik his-tuyg`usi, bi-
lim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit -
foyda ketidan quvish).
Bekorchi (to`q) sinflar to`g`risida farq yuritilib, ularga "biznes
olami odatlari" xosligi aytiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho bel-
gilanadi va ular talab qonunlaridan boshqacha bo`lishi mumkin deyiladi.
Buni "Veblen effekti" deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda
boylar uchun alohida do`konlar mavjud).
Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to`g`risida noto`g`ri
tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va mu-
handislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi
esa umuman yo`q.
Mavjud tizimni o`zgartirish to`g`risida gapirib, bu masalani Veblen
ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya
qo`liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha mu-
handis-texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar
ularning shartlariga ko`nishga majbur bo`ladilar. Kapitalizm transfor-
matsiyasi "texniklar kengashi" vositasida bajariladi, hozirgi zamon ja-
miyatida intelligensiyaning roli birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni biznes
olamini muhandis- texnik intellegensiya yenga oladi.
Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning
asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak,
Veblen yangi jamiyatni "texnokratik" ko`z bilan ko`radi va kapitalizmni
saqlab qolish yo`lini taklif etadi.
312
Do'stlaringiz bilan baham: |