Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

V.Pareto


303 
M.Blauk fikricha, agar naflikni miqdoriy o`lchash imkoni 
bo`lmasa, eski eng yuqori naflik nazariyasidan voz kechish zaruratini sezi-
ladi va aniqlangan afzallik metodiga to`la o`tish kerak. 
Pareto tadqiqot maqsadida "befarilik egri chiziqlari"dan foydala-
nibma'lum ne'mat, miqdori, xuddi shuningdek boshqa barcha resusrlar mi-
qdoriga bog`liq ravishda iste'molchining qaysi ne'matini tanlash masalasini 
ko`rib chiqadi. Tovarlar nafligi summasi turli kombinatsiyalarda bo`ladi va 
bir kombinatsiyaning boshqasidan ustunligini belgilash kerak. Natijada 
olimning uch o`lchovli diagrammalari paydo bo`ldi, bu diagramma asos 
(o`n) larida iste'molchi qo`lida bu yoki boshqa ne'matlarning turlicha mi-
qdori ko`rsatiladi. 
Pareto naflikning an'anaviy miqdoriy o`lchashg usullaridan voz 
kechib, "ijtimoiy maksimal naflik" tushunchasini izohlab beradi, bu 
tushuncha hozirgi davrda "Pareto optimumi" deb nomlanadi. Bu tushuncha 
shunday o`zgarishlarga baho berish uchun foydalaniladiki, unda barchan-
ing farovonligi yo yaxshilanadi, yoki bozorning biror odam o`z ahvolini 
boshqa odamning ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilay olmaydi. 
Bu tovar va resurslarining eng yaxshi taqsimotini xakarterlaydi. 
Keyinchalik umumiy bozor muvozanati bozorning Pareto optimal holati 
ekanligi isbotlab berildi. Xo`sh, bu nima degani? Bu bozor ishtirokchilarin-
ing hammasi o`z foydasi uchun intilib, o`zaro manfaat va foydalar mu-
vozanatiga erishishidir. Bunda sumlar qoniqish (umumiy foydalilik) 
funksiyasi o`z maksimumiga yetadi. Boshqacha qilib aytganda, A.Smit 
tomonidan ilgari surilgan mashhur "ko`rinmas qo`l" to`g`risidagi g`oyalar 
amaliyoti isbotlab berilgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Lozanna universiteti professori 
L.Valras kapitalistik iqtisodiyotning "umumiy iqtisodiy muvozanati" mod-
elini qurdi. Bu yo`nalish Valras ishining davomchisi, italyan olimi Vilfredo 
Pareto (1848-1923) tomonidan keng rivojlantirildi. U "eng yuqori naf" 
nazariyasini hal etish, iste'mol ne'matlarining nafi (foydaliligi)ni hisoblash 
uchun harakat qildi va matematik usullardan keng foydalandi. Pareto o`z 
tahlili asosiga daromad miqdori va tovarlar bahosini qo`ydi. 
Iste'mol ne'matlari to`plami turlicha bo`lishi tabiiy. Shu sababli, 
Pareto "ideal muvozanat" sxemasini oladi, bunda avtomatik ravishda paydo 
bo`ladigan "xususiy muvozanat" har bir iste'molchining optimal tanlovidan 
vujudga keladi. Bu usul bilan Pareto "eng yuqori naf" nazariyasini boshi 
berk ko`chadan olib chiqa olmadi, lekin uning "afzal ko`rish" va "loqaydlik 
egri chiziqlari" nazariyasidan ekonometrik tadqiqotlarda foydalanib 
kelinmoqda. U Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasini 


304 
takomillashtirishga harakat qildi. U ustozidan farqli ravishda ishlab 
chiqarish 
funksiyasining 
mahsulot 
chiqarish 
hajmiga 
bog`liqligi 
koeffitsientining o`zgarishi mumkinligini tan olgan. "Pareto optimum"ida 
aholi daromadlarining taqsimlanish giperbolasining tenglamasi beriladi 
(1897). 
Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne'matlar to`plami 
afzalligi konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U 
o`yin nazariyasiga asoslanib, individuumning maksimum yutuqqa intilishi 
sharoitidan kelib chiqib, iste'molchining o`zini tutish modelini ishlab 
chiqdi. Bunda ne'matlar foydaliligi konsepsiyasi psixologik talabni 
qondirish mezonlari bilan bog`lab o`rganiladi. 
L.Volras 
farqli 
V.Pareto 
modelida 
faqat 
erkin 
raqobat 
iqtisodiyotigina tahlil etilmaydi, turli tipdagi monopol bozorlag ham qarab 
chiqiladi, bu tadqiqotlar XX asrning o`rtalaridagina alohida tadqiqot 
predmetiga aylandi. Ular tahlilning yangi ikki boshqa yo`nalishi bilan 
birlashib ketdi: 1) bozor mexanizmi nazariyasi; 2) firma va uy xo`jaligi 
faoliyati tahlili. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish