Iqtisodiy ta'limotlar


Uesli Kler Mitchell g`oyalari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

16.4. Uesli Kler Mitchell g`oyalari 
U Veblenning shogirdi bo`lib, iqtisodiyotda siklik xodisalar-ning 
tadqiqotchisi sifatida mashhurdir (bu iqtisodiyotda konyunktur-statistik 
institutsionalizm 
oqimi 
hisoblanadi). 
Mitchell 
ustozi 
Veblendan 
tadqiqotning genetik uslubini meros qilib oldi, uningcha iqtisodiy 
xodisalarni belgilovchi omillar bu ijtimoiy psixologiya, an'ana va urf-
odatlardir, shu sababli tadqiqot predmeti sifatida odamlarning jamiyatdagi 
hulqi o`rganilishi kerak. Shuningdek, ustozning ishlab chiqarish va biznes 
o`rtasidagi qarama-qarshilik to`g`risidagi fikri ham qabul qilingan, bu 
ishlab chiqarish va narxlar faoliyati harakatidagi farqlarning sababini 
ko`rsatadi. 
Bu olim iqtisodiy ko`rsatkichlar, raqamlar, bu ko`rsatkichlar 
o`zgarishidagi qonuniyatlar bilan shug`ullandi, kapitalistik iqtisodiyotni 
tartibga solishda ulardan foydalanishning yo`llarini izladi. Ammo, u 
kapitalizm qarama-qarshiliklarini hal qilish yoki uni yaxshilash 
to`g`risidagi nazariyalarni yaratmadi. U iqtisodiyotga ta'sir etuvchi 
omillarni aniqlashga intildi, bular, uning fikricha, moliya, pul muomalasi 
va kredit kategoriyalari edi. Bu kategoriyalarni tartibga solish yo`li bilan 


314 
iqtisodiyotga ta'sir etish, hatto siklik tebranishlarni o`zgartirish, oldini olish 
mumkin, deydi u. U o`zining "Iqtisodiy nazariya tiplari to`g`risida 
leksiyalar" (1935) asarida iqtisodiy masalalarni madaniyat va sotsiologiya 
muammolari bilan o`zaro aloqada, ammo asosan psixologik tahlil asosida 
tadqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar to`g`risidagi ta'limot sifatida 
qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni tartibga solish zarurligi, Mitchell 
ta'limotining bosh xulosasidir. 
Mitchell institutsionalizmi Veblen nazariyasidan, birinchidan, 
tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan abstrakt nazariyasi bo`lmasdan, o`sha 
davrning empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar edi. U o`z asarlarida 
inqirozsiz "amaliy sikl" masalalariga alohida e'tibor berib, inqirozlarning 
haqiqiy sabablarini bo`yab ko`rsatishga uringan, pul muomalasi 
muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya va pul muomalasi 
institutlarini insonlar hulqini tushuntirish uchun foydalaniladi. Uningcha, 
tadbirkorlar jamiyat manfaatlari emas, balki o`z foydalarini ko`paytirish 
uchun harakat qiladilar va bu axloqiy harakat oqlanadi, mavjud institutsiya 
(davlat, mulk va boshqalar) bunga imkon beradi. 
Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas, 
balki jamiyat a'zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida 
xarakterlanadi. Bu aloqalar takomillashuvi shu institutsiyalarning 
evolutsiyasi, davlat institutlarinig rivoji hamda ularning iqtisodiyotga 
aralashuvi deb qaraladi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda 
davlat yo`li bilan tartibga solish eng qulay vosita deb qaraladi. 
Iqtisodiyotni o`rganishda matematika va statistikani keng qo`llash yo`li 
bilan, Mitchell "kichik va katta sikllar" davomiyligini hisoblab chiqdi. U 
o`zining hisob-kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish 
modeli loyihasini yaratdi. Bu olimning tadqiqotlaridagi ijobiy tomonlar 
shundan iboratki, mamlakatlarning milliy xo`jaliklari bo`yicha boy faktik 
materiallar to`plandi, ular asosida natural va qiymat ko`rsatkichlarining 
rivojlanib boruvchi qatorlari yaratildiki, "dinamik qatorlar" tahlili nomini 
oldi. Bu tahlil asosida olingan jamlovchi ko`rsatkich va indekslar 
iqtisodiyotdagi haqiqiy ahvolni aks ettirgan va kapitalistik konyunkturani, 
ayniqsa ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlaridagi holatni baholashlda 
ulardan foydalanilgan. 
Bu yo`nalish tarafdorlari sikllarni o`zaro aloqador parametrlarning 
ta'siri oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish dinamikasini 
belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababli ular sikllarni tasodifiy yagona 
xodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga xos xususiyat deb 
hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar qatoriga birinchilardan 


315 
bo`lib muomala sohasi ko`rsatkichlarini qo`yadilar, ya'ni narxlar, aksiyalar 
kursi, pul muomalasi va boshqalar. 
Inqirozlar inkor etiladi, bu amaliy sikllarni tan olish bilan 
isbotlanadi (unda inqirozlar yo`q). Iqtisodiy qatorlarning nazariy asosini 
bekamu ko`st deb bo`lmaydi. Masalan, 1929 yil arafasida Garvard maktabi 
vakillari tomonidan berilgan iqtisodiy ob-havo prognozi ("Konyunktur 
barometr") iqtisodiyot ravnaqi - "prosperity" bo`lgan. Ammo, amalda nima 
bo`lgani hammaga ma'lum (1929-33 yillardagi og`ir inqiroz). "Garvard 
barometri" uch egri chiziqdan iborat bo`lib, A) spekulatsiya indeksi; B) 
biznes indeksi; S) pul bozori indeksidir. O`tgan yillar tajribasi asosida egri 
chiziqlar harakati to`g`ri kelmaydigan lagalar (vaqt oralig`i) topilib, 
"barometr" mualliflari egri chiziqlarning yangidan chetga chiqishini 
aniqlash imkoni borligini va shu yo`l bilan iqtisodiy tushkunlikni ko`ra 
bilish va oldini olish mumkin deb o`ylaganlar. 
Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublarning qorish-
masidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini loyihalashtirishga 
muvaffaq bo`la olmadi.
U. Mitchell o`z ustozining ilmiy xizmatlari va unga bo`lgan cheksiz 
hurmati sifatida "Veblen ta'limoti" asarini yaratdi, unda ustoz kitob va 
maqolalaridan ko`chirmalar ko`p keltiriladi, bu kitob Mitchell vafotidan 
keyin nashr etilgan. 
Siklik (davriy) o`zgarishlar nazariyasiga rus olimi N.D.Kondratyev 
(1892-1938) katta hissa qo`shdi. U jahondagi yetakchi kapitalistik deb 
nomlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ko`p yillik (100-150 yil) rivojlan-
ishini tahlil etib, bu o`zgarishlarning bir yildan kam (fasliy), 3,5 yillik, 7-
11 yillik savdo-vsanoat va 50-60 yillik katta sikllarini ajratib berdi. U 1929 
yildagi "Buyuk depressiyani" oldindan (prognoz) aytib bergan, ammo, so-
vet davrida "kapitalizm qachon o`ladi" degan savolga "kapitalizm o`lar, 
ammo, qachonligini ayta olmayman" deb javob berganligi uchun 
qatag`onga uchragan va otilgan. Bu olimning buyuk xizmatlari jahon iqti-
sodchilari tomonidan yuqori baholangan va amalda qo`llanilmoqda. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish