25
aks holda u belgilar, formulalarning oddiy to‘plamiga aylanadi-qoladi. Mazkur
holatda matematika istisno etiladi, - sababi, masalan, N.I. Lobachevskiy tomonidan
yaratilgan geometriya o‘z davri uchun sof abstraksiya edi va mazmunli
interpretatsiyaga ega emas edi.
Ilmiy nazariyaning
tekshirish mumkinligi
belgisi nazariyani uning mazmunli
xaqiqatga egaligi va rivojlanishga, takomillashishga
qodirligi nuqtai nazaridan
tavsiflaydi. Tekshirish mumkinligi belgisi nazariyaning mazmuni real ob’ektlarning
xossalari, munosabatlariga mos kelishini tasdiqlash bo‘lib namoyon bo‘ladi. Ko‘p
hollarda bunday tasdiqlashning xal qiluvchi usuli bo‘lib tekshirish hisoblanadi.
Tabiiy-ki, har qanday nazariyaning to‘laligi va o‘zaro zid bo‘lmasligi doimo
nisbiy bo‘ladi. Xatto matematikada, K. Gedelning mashxur teoremalari ko‘rsatishi-
cha, har qanday nisbatan murakkab bo‘lgan nazariy tizim, bir tomondan to‘liq
bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan – uning o‘zaro zid bo‘lmasligi mazkur tizim doirasida
to‘lig‘icha isbotlanishi mumkin emas.
Ilmiy nazariyaning
ishonchlilik
belgisi ilmiy nazariyada uning asosiy
g‘oyalari xaqqoniyligi ishonchli ravishda o‘rnatilganligini anglatadi. Bu jixatdan
ilmiy nazariya ilmiy gipoteza (gipoteza)
dan farq qiladi, ya’ni, ilmiy gipotezada
xaqiqat xaqqoniylikning u yoki bu darajasi bilan o‘rnatiladi.
Afsuski, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi, ilmiy tabaqalarning barcha
darajalaridagi ilmiy xodimlarning katta qismi (xatto ko‘pchilik qismi)
ilmiy
nazariya, konsepsiyaga qo‘yiladigan bu belgilar va talablar mavjudligi xaqida
tasavvurga ham ega emas. Chop etilayotgan ishlarda odatda mutlaqo erkin bo‘lgan
“...ligi” ko‘rinishidagi ko‘p sonli prinsiplar, shartlar, texnologiyalar va xokazo-va
boshqalar kiritiladi: maqsadliligi,
fundamentalligi, texnologikligi, dinamikligi,
ochiqligi va xokazo-va boshqalar. Vaxolanki, har qanday ilmiy yig‘ilishda, har
qanday konferensiyada va xokazolarda quyidagi oddiy samimiy savol bilan
ko‘pchilik
ma’ruzachilar
“ko‘lmakka
o‘tirishi”
mumkin:
Sizning
konsepsiyangizning to‘laligini isbotlang-chi. Yoki bo‘lmasam: uning o‘zaro zid
emasligini isbotlang? Va xokazo.
Tabiiy-ki,
yuqorida keltirilgan, ilmiy nazariya, konsepsiyaning belgilari-
me’zonlari dastlabkilar holos. Ular nazariy tadqiqot yakunlangach uning natijalarini
dastlabki baholash imkonini beradi. Ilmiy nazariya ishonchliligining yakuniy
me’zoni bo‘lib esa ilmiy nazariyani ommaviy amaliyotda amalga oshirish
hisoblanadi.
Aytishadi-ku, yaxshi nazariyadan ko‘ra omilkorroq, qulayroq narsa
yo‘q. Lekin ushbu me’zon namoyon bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi. Va ko‘pincha
– anchagina uzoq vaqt talab etiladi.
Empirik tadqiqot natijalarining ishonchliligini baholash me’zonlari. Empirik
tadqiqot natijalarining ishonchliligi me’zonlari, xususan, quyidagi belgilarga javob
berishi kerak:
26
1.
Me’zonlar shu darajada
ob’ektiv
bo‘lishi kerak-ki, (mazkur ilmiy
sohada mumkin bo‘lgan darajagacha) ular o‘rganilayotgan belgini bir ma’noda
baholash imkonini berishi lozim, turli shaxslar tomonidan baxsli, munozarali
baholar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
2.
Me’zonlar
adekvatli
, validli bo‘lishi kerak, ya’ni tadqiqotchi baholashi
lozim bo‘lgan aynan o‘sha narsa baholanishi kerak.
3.
Me’zonlar tadqiq qilinadigan xodisalarga nisbatan
neytral
bo‘lishi
kerak. Chunonchi, pedagogik tajriba davomida, masalan, ba’zi sinflarda o‘quvchilar
tomonidan yangi mavzu o‘rganilsa-yu, boshqa sinflarda bu mavzu o‘rganilmasa,
unda solishtirish me’zoni sifatida o‘quvchilar tomonidan ushbu mavzuni bilishini
olmaslik kerak.
4.
Me’zonlar majmui
tadqiq qilinayotgan xodisa, jarayonning barcha
ahamiyatli xossalarini yetarlicha
to‘lalik
bilan qamrab olishi darkor.
Odatda “me’zon” tushunchasining sal boshqacha bo‘lgan, lekin u ham to‘g‘ri
bo‘lgan talqin etilishi ham uchrab turadi, bunda me’zon rolida - olingan natijaning,
maqsadga yetishishning sifat tomoni qabul qilinadi. Bunda endi “me’zon”
tushunchasi “ko‘rsatkich”, “parametr” tushunchalaridan ajratiladi. Bunday talqin
etilishda aynan bir me’zon bir necha ko‘rsatkichlarga, parametrlarga ega bo‘lishi
mumkin. Masalan, ishchi, mutaxassis tomonidan muayyan topshiriqning bajarilishi
samaradorligi (me’zon) sarflangan vaqt va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar soni
(parametrlar) bo‘yicha baholanadi.
Tadqiqotning bo‘lgusi natijalari ishonchliligining me’zonlarini shakllantirish
bilan tadqiqotni loyixalashning konseptual bosqichi yakunlanadi. Tadqiqotning
keyingi bosqichi – gipoteza (gipoteza)ni yaratish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: