23
maqsadi aniqlanadi.
Tadqiqot maqsadini aniqlash bosqichi. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti
asosida uning maqsadi aniqlanadi.
Tadqiqot maqsadi
bu – tadqiqot yakunida
erishilishi lozim bo‘lgan eng umumiy (umumlashgan) holdagi voqe’likdir.
Albatta, maqsadni quyidagicha qisqa ibora bilan formal ravishda ifodalash
eng oson ish va mantiqan to‘g‘ri ham, va odatda shunday qilinadi ham (albatta,
muammo savodli va adekvat ravishda ifodalanishi sharti bilan): “maqsad – qo‘yilgan
tadqiqot muammosini yechish”. Ammo maqsadning
bunday ifodalanishida
tadqiqotchi go‘yoki “muammo to‘liq yechildi va keyingi tadqiqotchilarga ish
qolmadi” deb o‘ziga mas’uliyat olgan bo‘ladi. Albatta, Davriy qonunni ochgan
holda D.I. Mendeleev kimyoviy elementlarning sinflanishi muammosini xal qilgan.
Yoki bo‘lmasam, A. Eynshteyn, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratgan holda,
mexanika va elektrodinamika qonunlarining mos kelishi muammosini xal qilgan.
Lekin tadqiqotchi muammoni to‘liq yechdi, deb doimo ta’kidlash taxliqali
hisoblansa kerak. Nima bo‘lganda ham, tadqiqot
tugagach tadqiqot muammosi
uning predmeti, maqsadi va qo‘yilgan vazifalar doirasida to‘la-to‘kis yechilishi
kerak. (pastroqqa qarang).
Qayd etish lozim-ki, gumanitar va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy ishlarda,
ayniqsa, kandidatlik dissertatsiyalar darajasidagi ishlarda ko‘pincha tadqiqot
maqsadini ta’riflashda xatolik paydo bo‘ladi, sababi - ko‘zlanayotgan ilmiy natijani
belgilashda har qanday tadqiqotning asosiy natijasi bo‘lishi lozim bo‘lgan
yangi
ilmiy bilimlar o‘rniga mualliflar amaliy maqsadni qo‘yadilar. “...jarayonini
takomillashtirish...”, “...samaradorligini oshirish...” kabi maqsadlar tadqiqotning
maqsadlari bo‘lishi kerak emas. Albatta, ma’lum sharoitlarda (joriy etish va
boshqalar) ilmiy natijalar keyinchalik “...samaradorligini oshirish” va boshqalar
uchun asos bo‘lishi mumkin, lekin baribir buni tadqiqot ishining maqsadi sifatida
qo‘ymaslik kerak. Maqsadning xatto “ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish...”
kabi ta’rifi ham tadqiqotning asosiy maqsadi emas, balki yordamchi,
hamrox
maqsadi, tadqiqotning amaliy ahamiyatini oshirish vazifalaridan biri bo‘lishi
mumkin holos.
Tadqiqot natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlarini shakllantirish
(tanlash) bosqichi. Tadqiqotning maqsadi aniqlangandan so‘ng, ya’ni, ushbu
tadqiqotda qanday turdagi natijalar olinishi va ularning joiz, extimoliy strukturasi
aniqlangach, tadqiqotchi bo‘lg‘usi natijalarning xaqqoniyligini baholash
me’zonlarini topishni, belgilashni (aniqlashni) boshlaydi. “Baholash me’zoni – ya’ni
qanday me’zonlar bo‘yicha innovatsiyalar yoki nazariyalarning baholanishi amalga
oshiriladi?” – bu har qanday tadqiqotchi uchun eng murakkab va o‘tkir
savol
hisoblanadi. Me’zonlar – har qanday faoliyat uchun eng muhim muammodir.
Me’zonlarning xato tanlanishi oqibatida ko‘p martalab butun-butun ijtimoiy
24
institutlar va iqtisodiy tizimlar vayron bo‘lgan.
Shuning uchun, tadqiqotni boshlashda, uning natijalarining xaqqoniyligini
baholash me’zonlarini tanlashga jiddiy kirishish kerak. Ta’kidlash lozim-ki,
nazariy
tadqiqotning natijalarini baholash me’zonlari, umuman olganda, aniq qiymatga ega,
bir ma’nolidir, ular ko‘p yillik tadqiqotlar tajribalarida ishlab chiqilgan.
Empirik
tadqiqot natijalarining esa xaqqoniyligini baholash me’zonlari har bir muayyan
tadqiqot uchun betakror, o‘ziga xos,
individualdir, chunki to‘laligicha uning
mazmuniga bog‘liq. Shunday bo‘lsa ham, albatta, ularni tanlashga nisbatan
qandaydir umumiy tavsiyalar mavjud. Ular xaqida pastroqda so‘z ketadi.
Nazariy tadqiqot natijalarining xaqqoniyligini baholash me’zonlari. Nazariy
tadqiqot natijasi bo‘lmish nazariya, konsepsiya yoki qandaydir nazariy qurilmalar-
konstruksiyalar ilmiy bilimlarning har qanday tarmoqlari uchun ifodalangan
quyidagi prinsip-me’zonlarga javob berishi lozim:
1)
predmetlilik;
2)
to‘lalik;
3)
ziddiyatsizlik;
4)
talqin qilina olishlik;
5)
tekshirish mumkinligi;
6)
ishonchlilik;
Ilmiy nazariyaning belgisi sifatidagi
Do'stlaringiz bilan baham: