Ertaklar yaxshilikka yetaklar
Mavzu : “ Ertaklar yaxshilikka yetaklar ” , “ Zumrad va Qimmat ”
“ Susambil ” , “ Uch og’ayni botirlar ” ertaklari haqida
Maqsad : Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimgi ommaviy
turlaridan biri ekanligi ertaklarning mavzu jihatdan turlari
haqida o’quvchilarga bilim berish
a) Ta’limiy : Ertaklar olamiga o’quvchilar bilan birgalikda sayyohat
qilish , ertaklar haqida nazariy ma’lumot berish
b) Tarbiyaviy : Ertaklar orqali o’quvchilarni insoniy fazilatlarini
ulug’lashga , dovyurak , baquvvat , botir , o’z yurtiga
sodiq , vatanparvarlikka , shirinso’zlikka ,
mehnatsevarlikka , rostgo’ylikka , tabiatni va hayvonot
dunyosini sevishga o’rgatish .
s) Rivojlantiruvchi : So’z boyligini o’stirish , mustaqil fikrlash
qobiliyatini o’stirish , nutqini ravon qilib , ertaklar
mag’zini chaqishga o’rgatish
d) Ertaklar orqali o’quvchilarni kasb – hunarli bo’lishga , mehnatni
qadrlashga o’rgatish .
e) Milliy urf-odatlarimiz haqida tushuncha berish .
Dars tipi : Yangi bilim berish
Dars uslubi : Sahna ko’rinishi , ko’rgazmalilik
Dars usuli : “ Zumrad va Qimmat ” ertagini sahnaga qo’yish
Dars jihozi : Zumrad va Qimmat ertagi qahramonlarining
qo’g’irchoqlari , chol , kampir , ertakchi kampir , Zumrad ,
Qimmat , kuchukcha , ajdar , sandiqchalar , daraxtlar ,
gullar , kapalaklar , “Ertaklar yaxshilikka yetaklar ”
sahnasi , ertak kitoblar
Darsning borishi :
1. Tashkiliy qism
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
3. “ Zumrad va Qimmat ” ertagini sahnaga qo’yish orqali ertakni
tomosha qilish
4. Ertakdan olgan xulosalarini so’rash
5. Uyga vazifa berish
Mavzu bayoni :
Dars tashkiliy qism bilan boshlanadi . O’quvchilar adabiyot haqidagi she’rlarini aytishadi
Adabiyot yuragimning birparchasi
Go’zaligi nafosatning debochasi
Sen borsanki umid qilar , zavqqa to’lar
Adabiyot sen qalbimning shoh supasi
Shiyorimiz : Yoshlikda olingan bilim toshga uyilgan naqshdir
Vatanimiz - O’zbekiston
O’quvchilar 3 guruhga bo’linib , o’zlari yodlagan vatan haqidagi she’rlarini aytishadi .
Bu vatanda chamanlar ko’p ,
Bu vatanda vatanlar ko’p
Hammasida yashnar gullar
Hammasida yashnar dillar
Mening uchun aziz bo’ston
O’zbekiston , O’zbekiston
Kasbga yo’naltirish maqsadida o’quvchilarga “ Usta ” ertagi o’qituvchi tomonidan aytiladi . Unda har bir kasbning o’ziga yarasha qiyinchiligi borligi har bir kasbning o’z ustasi borligi aytib o’tiladi .
Mehnat haqida , hunar haqidagi maqollar aytiladi .
- Hunarli kihsi xor bo’lmas
- Hunari yo’q kishining
Mazasi yo’q ishining
- Mehnat baxt kaliti
- Mehnatdan kelsa boylik
Turmush bo’lar chiroylik
Dars davomida o’tilgan mavzular mustahkamlanadi . “ Uch og’ayni botirlar ” , “ Susambil ” ertaklari haqida , ulardan olgan taassurotlari haqida savol javob o’tadi .
1. “ Uch og’ayni botirlar “ ertagi janr sifatida qaysi turga mansub
2. “ Susambil ” ertagichi ?
3. Ota o’g’illariga qanday tarbiya bergan edi ?
4. O’g’illar otaning nasihatlariga quloq solib o’tishdimi ?
5. “ Susambil ” qanday yurt ?
6. “ Susambil ” ertagi qaysi ertaklar turkumiga kiradi ?
7. Ertakdagi jonivorlarning ahilligini nimalarda ko’rdingiz ?
8. Qanday asarlarni ertak deb ataymiz
Asosiy qism :
Ertaklar azaldan xalqni ayniqsa yosh avlodni insonparvarlik , vatanga muhabbat va rostgo’ylik va halollik , mehnatsevarlik , xushmuamalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan . Ertaklar turli mavzularda bo’lishi mumkin . Ular shartli ravishda hayvonlari haqidagi ertaklar sehrli ertaklar , hayotiy – maishiy ertaklar , hajviy ertaklar
Ertaklar aytuvchilarni qadimdan “ertakchi ” , “matalchi ” deb atahsgan . Ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik , adolatsizlik, zulm ustidan g’alaba qozonadi . Yaxshilik g’alaba qozonadi .
O’quvchilar orqali “ Zumrad va Qimmat ” ertagi sahnalashtirilgan bo’lib rollar o’quvchilarga bo’lib berilgan .
Sinfga “ Eraklar yaxshilikka yetaklar ” sahna , sahnaga kerakli bo’lgan dekaratsiya , Zumrad , Qimmat , onasi , otasi , sehrli kampir , qo’g’irchoqlar , daraxtlar , gullar , qushlar , kuchukcha , ikki boshli ajdar , sandiqchalar , o’quvchilar ertak aytuvchidan so’ng birma – bir sahnaga chiqishadi va o’z so’zlarini aytishib , rollarni ijro etishadi .
“ Zumrad va Qimmat ” ertagi hayotiy – maishiy ertak bo’lib , unda Zumrad aqlli , odobli , mehnarsevar , oqko’ngil , Qimmat esa uning aksi qo’pl , dangasa , odobsiz qiz . Qimmatning onasi ham g’arazgo’y kampir , chol esa kamtar bo’ladi . Hamma ertaklaridagidek bu ertakda ham yovuzlik ustidan ezgulik g’alaba qozonadi . Ya’ni Zumrad bilan otasi baxtli hayot kechirishadi , xasis ona va dangasa qiz Qimmatni ikki boshli ajdar yutib yuboradi . Sahna ko’rinishi tugagganidan so’ng o’quvchilar xulosalari so’raladi .
1. Ertak sizlarga yoqdimi ?
2. Ertak janri qaysi turga mansub ?
3. Zumrad qanday qiz ?
4. Qimmat qaday qiz ?
5. Sizlar qaday bo’lishlaringiz kerak ?
Uyga vazifa : O’tilgan ertaklarni uyda takrorlab , mustahkamlab kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |