qayta moliyalashtirish foiz siyosati inflyasiya darajasini, hamda iqtisodiy o‘sish
harakatlarini hisobga olgan holda mamlakatning pul-kredit tizimining holatiga
qarab olib borilishi kerak.
Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mablag‘larni jalb qilish jarayonida olib
boriladigan foiz siyosati,
ikkinchisi, banklar tomonidan resurslarni joylashtirish
sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining foizsiyosati bank tizimiga
taaluqli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan. 1998
yilning 2 dekabrida qabul qilingan 558-sonli “Banklarning kredit va depozitlari
bo‘yicha foizlar hisoblash tartibi to‘g‘risida”gi o‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankning Nizomiga asosan olib boriladi.
Mazkur Nizomga asosan kreditlar va depozitlar bo‘yicha foizlar to‘lash
vaqtida emas, balki foyda ko‘rish davrida hisoblanib, moliyaviy hisobotlarda
davriylikka mos aks ettirilib borilishi lozim. Depozit va kreditlar bo‘yicha
hisoblangan foizlarni ifodalash uchun har bir depozit turi va kredit bo‘yicha
alohida hisobvaraqlari ochiladi.
Depozitlar va kreditlar bo‘yicha
foiz stavkalari, ularning summasi, ularni
to‘lash vaqti davri, to‘lash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank o‘rtasida
kelishib olinadi va to‘ziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar bo‘yicha foiz
stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati
va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari bahosiga,
kredit riskning
darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit
shartnomada aks ettiriladi. Kredit bo‘yicha foizlar muddati kelganda memorial
order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha bo‘lgan
depozit varag‘idan grafik bo‘yicha undirib olinadi.
Foizlarin hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
summa * foiz stavka * amaldagi kunlar soni
360
Mikrokreditlar bo‘yicha o‘zbekistonda foiz stavkalar Markaziy bankning
qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda,
yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun qayta moliyalash stavkasining 50 % miqdorida imtiyozli foiz
stavka o‘rnatilishi mumkin.
Ta’lim va iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar tomonlar kelishuviga
asosan so‘zib yuruvchi foiz shaklida, lekin qayta moliyalashtirish stavkasidan
yuqori bo‘lmagan summada belgilanadi.
Kredit buyicha foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya
o‘tkazish bo‘yicha aks ettiriladi.
Dt 163XX. - Olish uchun hisoblangan foizlar
Kt 40201–44900 – Foiz
daromadlari
Foizlarni undirish shartnomada belgilangan tartibda va muddatda amalga
oshiriladi va u quyidagi buxgalteriya o‘tkazmada ifodalanadi.
Dt – Kassa, bankning vakillik hisobraqami yoki mijozning talab qilib
olinguncha depozit hisobraqami
Kt – 163XX. Olinish uchun hisoblangan foizlar
Depozit hisobvaraqlari kredit qoldig‘i bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni
hisoblash bankning moliyaviy holatidan qat’iy nazar har kuni amalga oshirilish
mumkin va uni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasida ifodalash mumkin.
Dt – 50101-54900 – foiz
harajatlari
Kt – 224XX. To‘lash uchun hisoblangan foizlar.
Hisoblangan foizlarning to‘lashini kredit shartnomada ko‘rsatilgan muddat
va summada - quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Dt 224XX. To‘lash uchun hisoblangan foizlar
Kt - Bank vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning talab qilib olinguncha
depozit hisobvarag‘i.
Foiz stavkasi quyidagilarga bog‘lik o‘zgarib turadi:
1. Pul bozoridagi talab va taklifningnisbati, ya’ni bozorda qanday miqdorda
qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarz beriladigan pul
chiqarilgan.
2. Moliyaviy resursning iste’mol qiymati, ya’ni uni
ishlatishdan keladigan
naf darajasi. Agar u tadbirkorga ko‘p foyda keltirsa, foiz yuqori, aksincha esa
past bo‘ladi.
3. Qarzni to‘lash muddati va sharti.
4. Inflyasiya darajasi.
5. Pul egasining mablag‘ini daromad keltiradigan boshqa sohalarning
naflilik darajasi.
6. Qarz berishning xatar darajasi, ya’ni mablag‘larning qaytib kelishi
kafolati.
Do'stlaringiz bilan baham: