Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/111
Sana23.01.2023
Hajmi2,11 Mb.
#901640
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   111
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

11.2.Davlat tilida ish yuritish 
Ish yuritishning asosini hujjatlar tashkil etadi. Mazmunan va shaklan turli-
tuman bo’lgan hujjatlar jamiyatning uzluksiz faoliyatini tartibga solib kelgan. 
Bugungi kunda ham davlat va nodavlat tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish 
sifatini oshirish mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan asosiy omillardan 
hisoblanadi. 1989 yilning 21 oktyabrida «Davlat tili to’g’risida»gi Qonunning 
qabul qilinishi O’zbekistonning mustaqillik sari qo’ygan dadil qadamlaridan biri 
bo’ldi. Bu bilan davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida o’zbek tilida 
ish yuritish hamda o’zbek hujjatchiligini takomillashtirishga katta imkoniyat 
yaratildi. Qonun milliy ongning rivojlanishida, mamlakat mustaqilligining 
mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim ahamiyat kasb etdi 
va uning qoidalari O’zbekiston Konstitustiyasida mustahkamlab qo’yildi. 


194 
Asosiy qonunimizning 4-moddasiga binoan O’zbekistonning davlat tili 
o’zbek tilidir. Respublikamiz sobiq ittifoq tarkibida bo’lgan bir sharoitda qabul 
qilingan «Davlat tili to’g’risida»gi qonunga mustaqillikka erishilgandan so’ng 
o’zgartish hamda qo’shimchalar kiritish zarurati yuzaga keldi. Natijada 1995 yil 22 
dekabrda ushbu qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda har tomonlama 
kamol topgan kadrlarni, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlash va puxta 
o’zlashtirish uchun tegishli sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldida o’z 
javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash nazarda tutilgan. 
Ushbu qonundan kelib chiqib, hokimiyat organlari, davlat va nodavlat 
tashkilotlarida idoraviy ish yuritish borasidagi mutaxassislarni tayyorlashga ham 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ish yuritish, kadrlar bo’limi, arxiv 
ishi, hujjatshunoslik kabi sohalarni malakali kadrlar bilan ta’minlovchi yangi o’quv 
dargohlari ochildi, jumladan, oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik 
listeylar va o’quv markazlarida ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlovchi 
yo’nalish hamda bo’limlar tashkil etildi. 
Davlat va nodavlat tashkilotlarida idoraviy ish yuritish tizimini 
axborotlashtirish borasida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir hujjat 
«Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonundir. 
Ushbu qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot 
tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Bugungi kunda ish yurituvchi mutaxassislar zamonaviy ish yuritish usullarini 
ham puxta o’zlashtirgan bo’lishlari shart. Bu borada keng qo’llanayotgan samarali 
usullardan biri elektron hujjatlar bilan ishlashdir. Ushbu jarayonning huquqiy asosi 
sifatida «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. Mazkur 
qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solishdan iborat. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish, hisob-kitoblarni, 
rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni 
uzatishda foydalanish mumkin. 
O’zbek tilida ish yuritish, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash hamda 


195 
malakasini oshirish borasidagi qonunlarni ijro etish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilingan. Xususan, hukumatning 
1999 yil 29 martdagi 140-sonli «O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha 
normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi qarori shular jumlasidandir. Uning 1-
ilovasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, 
shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini 
nazorat qilishni tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma, 2-ilovaga muvofiq vazirliklar
davlat qo’mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar 
va boshqa markaziy muassasalar apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil 
etish bo’yicha namunaviy yo’riqnoma tasdiqlangan. 
2008 yilda esa mamlakatimizda davlat tashkilotlari, muassasa va 
korxonalarida o’zbek tilida ish yuritish hamda o’zbek hujjatchiligi asoslarini 
tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan O`z DSt 1157:2008 – 
«O’zbekiston 
davlat 
standarti» 
ishlab 
chiqildi. 
Bunda 
hujjatlarni 
unifikastiyalashtirish tizimi, tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi, hujjatlarni 
rasmiylashtirishga bo’lgan talablar umumlashtirilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi «O’zbekiston Respublikasida 
arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida mamlakatimizda arxiv ishi va 
ish yuritish sohasini takomillashtirish, xususan, ushbu sohalarga tegishli qonun 
hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlar hamda bu boradagi yangi tartib qoidalar o’z 
aksini topgan. 
Yuqorida keltirib o’tilgan me’yoriy hujjatlar asosida O’zbekiston hududida 
davlat boshqaruvi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy 
sohalarida o’zbek tilida ish yuritish yo’lga qo’yildi. Davlat va nodavlat 
tashkilotlarida qo’llanadigan barcha hujjatlarning o’zbek tilidagi namunaviy 
nusxalari ishlab chiqildi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish