196
11.3.Ish yuritishni takomillashtirish yo’llari
Ish yuritishni takomillashtirish yo’llaridan biri
- ish yuritish xodimlari
foliyatiga ilmiy usullarni joriy qilishdir.
Hujjat tuzishni o’rgatish maxsus ta’lim tizimida eng dolzarb masaladir. Idora
xodimlarini tayyorlash va ular malakasini oshirish kurslarini xamma joyda tashkil
qilish zarur. Kollej va oliy uquv yurtlarida hujjat tuzishga oid maxsus kurslar joriy
etish maqsadga muvofiqdir.
Ish yuritish holatini yaxshilash uchun ish yuritish bo’linmalarini (umumiy
bo’limlar, devonxonalar, kotiblar va xokazo) tashkil qilishni yaxshilash,
lavozimlarning
aniq nomenklaturasini, turli kategoriyadagi korxona va muassasa
uchun lavozimlar soni normativlarini ishlab chiqish lozim.
Ish yuritish sohasida mehnat unumdorligini oshirish hujjat tuzish va ishlash,
shuningdek, axborot olish jarayonlarini mexanizastiyalash yo’li
bilan amalga
oshirilmog’i kerak. Hujjat ustida ishlashning ko’pgina jarayonlari uchun texnika
vositalari mavjud.
Hujjatlar turlari va nusxasini eng ko’p darajada kamaytirish ish yuritishni
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bu ayniqsa har xil ichki hujjatlar:
ma’lumotnoma, yozma ma’ruza, bildirishnomalar tayyorlashga taalluqlidir. Bu
hujjatlarning hammasi iloji boricha og’zaki ma’ruza,
farmoyish, habarlar bilan
almashtirilishi kerak. Ayrim hollarda yangi hujjat tayyorlash o’rniga hujjatni
tegishli ustxat bilan qaytarish yoki telefonogramma
berish bilan cheklanish
mumkin.
Boshqaruv xodimlari vaqtini tejash uchun standart hujjatlardan kengroq
foydalanish lozim. Buning uchun xatlar namunaviy matnlarining maxsus tematik
to’plamlarini ishlab chiqish va ularni bosib chiqarish yo’li bilan ko’paytirish
maqsadga muvofiqdir.
Har qanday tajribadan ko’p narsani o’rgansa bo’ladi. Bu o’z navbatida o’sha
joyda ishni to’g’ri tashkil etish va tartibga solishga aloxida ahamiyat beradi. Bu
jihatdan O’zbekistonda bu amaliyotdan foydalanish katta samara keltirishi mumkin
bo’lgan yapon tajribasi katta qiziqish uyg’otadi.
Undan tashqari, ijtimoiy -
197
madaniy sharoit, milliy an’analar, kattalarga hurmat,
oilaviy tadbirlar tashkil
qilishga intilish, qoidalarga,
qonunlarga, tartib-intizomga rioya qilish azaldan
boshlab yapon va o’zbek xalqlariga mansubdir. Yapon tajribasining bir ustunligi
bor, bu - agar hujjatlar tuzishda xatolikka yo’l qo’yilsa,
rahbar tamonidan kim
aybdorligini aniqlash noto’g’ri deb hisoblanadi. Asosiy maqsad aybdorni topish
emas, balki tezroq yo’l qo’yilgan xatoning sababini aniqlashdir. Shunday qilib bu
sharoitlarda mehnatkashlar kobiliyatining o’sishi rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: