kompaniyalari
filiallariga soliqni oshirdi, ularning faoliyatini tartibga solib turuvchi qoidalarni
belgiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar faqat qo‘shma korxonalar barpo etishga ruxsat
beradi, ularning ishlab chiqarish, moliya, mahsulotini sotish sohasidagi faoliyatini tartibga solib
turuvchi qonun-qoidalarni belgilaydi. Bular tabiiyki, investitsiyalar oqimini cheklab qo‘yadi.
Hatto yirik xalqaro korporaiiyalar uchdan birining shtab kvartiralari
joylashgan AQSHda
ham 80-yillarning oxirida chet el investitsiyalarini nazorat qilish borasida qat’iy chora-tadbirlar
ko‘rildi.
Nima bo‘lganida ham, tayanch va qabul qilayotgan mamlakatlar manfaatlari umuman bir-
biriga zid kelar ekan, aslo xalqaro qonunlarning universalligini ta’minlab bo‘lmaydi. Buning
natijasi esa xalqaro korporatsiyalar faoliyatiga bog‘liq har ikki tomon uchun dolzarb bo‘lgan
ko‘plab muammolarning yechimsiz qolishidir.
Keltarilgan ma’lumotlardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Ishlab chiqarishni yuksak darajada umumlashtirilishi, xo‘jalik
hayotini
ingernatsionlashuvi xalqaro korporatsiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy
zamin bo‘ldi.
Xalqaro korporatsiyalarniig filiallari bilan shartnoma munosabatlarini shakllantirish
vositasida ichki bozorning tashkil etilishi xalqaro korporatsiyalar hozirgi rivojining o‘ziga xos
xususiyatidir. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning 100 ta eng yirik korporatsiyalari orasida
yetakchi o‘rinlarni AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari egallab turibdi.
Asosiy ulushni elektronika va elektron asbob-uskuna-larni ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinni kimyo va farmatsevtika tovarlarini ishlab
chiqarish, avtomobilsozlik egallaydi.
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodini rivojlantirishdagi yetakchilik roli,
birinchi
navbatda, ishlab chiqarish va takomillash shahobchalarini kengaytirish hisobiga olinayotgan
nisbiy ustunlik bilan belgilanadi. Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining, ko‘pchilik
investitsiyalar va xalqaro savdoning ancha katta qismi xalqaro korporatsiyalar ulushiga to‘g‘ri
keladi.
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodidagi rolining o‘sishi bilan ular o‘rtasidagi
raqobat keskinlashmokda. Shu bilan birga ularning ishlab chiqarish va tijorat sohalaridagi
aloqalari yanada kuchaymoqda.
Tayanch va qabul qilayotgan mamlakatlardagi xalqaro korporatsiyalar faoliyatiga
munosabat bir xil emas. Bu o‘rinda ularning milliy iqtisodning rivojlanishidagi ahamiyatini
e’tirof
etgan holda, ayni vaqtda, bir qator salbiy omillarga ham e’tibor qaratiladi. Shuning uchun
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bu korxonalar faoliyati umummilliy manfaatlarni
himoya qilish maqsadida davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: