1995.
4.
Булатов
А
.
С
. "
Экономика
",
М
.,
изд
. "
Бек
", 1996.
5. Salbator Dominic. International Economics (Fifth edition), New Jersey, USA, 1995.
6. World Investiment Report, UN, 1997 - 2000.
3-BOB XALQARO KORPORATSIYALAR
Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo‘jalik hayoti internatsionallashuvining yuksak
darajasi xalqaro korporatsiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir.
Ular o‘z shakllariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
- transmilliy korporatsiyalar (TMK);
- xalqaro (millatlararo) korporatsiyalar (MK). Transmilliy korporatsiyalar kapitali va
nazorati bo‘yicha milliy, lekin o‘z faoliyataga ko‘ra xalqarodir.
Transmilliy korporatsiyalardan farqli ravishda xalqaro (millatlararo) korporatsiyalar
egalari
bitta davlatning emas, balki ikki, uch yoki bir necha davlatlar kapitallarining egalari
hisoblanadi. Ularning eng muhim xususiyati - aksiyadorlik kapitalini xalqaro ko‘lamda bo‘lib-
bo‘lib joylashtirish kompaniya yoki konsern tarkibining ko‘p millatliligidir.
Transmilliy kompaniyalar XIX asrda ham mavjud edi. Lekin
ularning faoliyati faqat XX
asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib kapitalning internatsionallashuvi jarayoni chuqurlashishi
munosabati bilan keng quloch yoydi. Keyinchalik, 80-yillarda
transmilliy korporatsiyalar
faoliyatida xalqaro operaiiyalarning ko‘lami orta borishi bilan jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, ular
bu korporatsiyalar faoliyati asosiy tamoyillarining jiddiy o‘zgarishlariga olib keldi. Birinchi
navbatda, turli millat kapitallarini birlashtirish asosida qo‘shma tadbirkorlikning
nihoyatda tez
rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ularning bir millatliligini yengib o‘tish bo‘ldi.
Korporatsiya faoliyatini boshqarish tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Agar
mumtoz transmilliy korporatsiyalar uchun qaror qabul qilishni markazlashtirish-ning yuksak
darajasi xarakterli bo‘lsa, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti shartlari esa tashkil etishning
yangi, yanada
moslashuvchan shakllarini, firmalararo aloqalardan keng foydalanishni talab etadi.
Hozirgi sharoitda kapital yangi turining mohiyatini tushunish internatsionallashuv
jarayoni bilan, ya’ni mehnat, kapital, nomoddiy bo‘lmagan aktivlarni o‘tkazish borasidagi tashqi
bozor munosabatlarining nomukammalligiga javoban o‘z tashkiliy
tuzilmalari doirasida ichki
bozorlarni barpo etish bilan bog‘liqdir. Firmalar bozor bitimlari o‘rnini shahobchalar o‘rtasidagi
shartnoma munosabatlari bilan almashtirib. bu bilan tashqi omillar ta’sirini bartaraf etadi va
samaradorligi jihatidan an’anaviy tashqi bozordan ustun turuvchi ichki bozorni shakllantiradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillar natijasida transmilliy korporatsiyalar eski ta’rifi saqlanib
qolgani holda, ularning mazmuni ancha o‘zgardi. Shuning uchun ham mulkchilik xarakteridagi
o‘zgarishlarni
hisobga olib, ularni millatlararo koraoratsiyalar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Zero,
hozir chet el iqtisodiy adabiyotlarida ham mana shu nom qabul qilingan.
90-yillarning oxirlarida jahonda 54 mingga yaqin, shu jumladan,
rivojlangan
mamlakatlarda 43,4 ming, rivojlanayotgan mamlakatlarda 9,3 ming va Markaziy va Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida 0,8 ming xalqaro korporatsiyalar mavjud edi (1-jadval).