# 4, 2020 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
73
yetakchilik (liderlik) qobiliyatiga egalikdir.
Oʻquvchilarning tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning
samarali natijasi ularda mustaqillik, faollik, maqsad sari intilish, jamoada tengdoshlari bilan faol muloqotga
kirisha olish, oʻyin, ta’lim va mehnat jarayonida hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa a’zolarini
uyushtirish, ularni yagona maqsad atrofiga birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda
yetakchi (lider)likni qoʻlga olish kabilarning samarali shakllanganligi bilan belgilanadi.
Tashkilotchilik zamonaviy, ishbilarmon shaxsga xos sifatlar majmui sanaladi. Ingliz olimi
F.Teylorning fikriga koʻra, zamonaviy shaxs qiyofasida aql-idrok, maxsus ma’lumot hamda texnikaviy
bilimlarga egalik, chidamlilik, bardoshlilik, xushmuomalalik, ta’sirchanlik, qat’iyatlilik, haqiqatgoʻylik,
mulohazakorlik kabi sifatlar namoyon boʻladi.
Boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan olim A.Fayol tashkilotchi shaxs, eng avvalo, uzoqni koʻra
olish qobiliyatiga ega boʻlishi zarurligini uqtiradi. Muallifning fikricha, tashkilotchilik sifatlari jamoani
uyushtira olish, mutaxassis(kadr)larni joy-joyiga qoʻyish, istiqbolda hal etiluvchi vazifalar (uyushtiriluvchi
tadbirlar)ni rejalashtirish, qatiy nazoratni yoʻlga qoʻyish bilan xarakterlanadi.
Oʻqituvchida oʻziga xos tashkilotchilik xususiyatlarining mavjudligi oʻquvchi shaxsida ijodkorlikni,
tashabbuskorlik, mustaqillikni tarbiyalashga oʻz ta’sirini koʻrsatib boradi. Oʻqituvchi bolalar bilan
ishlovchi, ularning dars va darsdan tashqaridagi faoliyatlarini va munosabatlarini boshqaruvchi subyekt
hamdir. Shuning uchun har bir oʻqituvchi oʻzida umumiy va oʻziga xos tashkilotchilik sifatlarini rivojlantirib
bormogʻi lozim. Tashkilotchilikning umumiy sifatlari deganda, aqlning amaliy va chuqur mulohaza yurita
olishi, faollik va tashabbuskorlik, qoʻyilgan maqsadga erishishda tirishqoqlik, murakkab vaziyatlarda oʻzini
qoʻlga ola bilish, uyushtira olish, kuzatuvchanlik, muomalaga kirishuvchanlik kabilar tushuniladi.
Tashkilotchilikning oʻziga xos sifatlari: ichki sezgirlik, xushyorlik, hissiy irodaviy ta’sir eta olish,
tashkilotchilik faoliyatiga moyillikni oʻz ichiga oladi. Oʻqituvchi oʻzini anglab yetishi, oʻziga xos
xususiyatlarini, intilishlari, imkoniyatlari, kamchiliklari va uning sabablari, kasbiy faoliyatning oʻziga xos
tomonlari va muvaffaqiyatga erishish shartlarini, oʻzining ustun tomonlarini, mazkur faoliyatning samarali
kechishini ta’minlovchi imkoniyatlar va turli yoʻnalishlarda koʻzda tutilgan vazifalarni yaxshi bilishi kerak.
Bunday imkoniyatlarni oʻz kasbiy faoliyatida ochiq, erkin namoyon qila borib oʻqtuvchi bu bilan oʻquvchilar
faoliyatida ochilmagan, imkon topilmagan, oʻziga xos xususiyatlarni, jumladan, tashkilotchilik faoliyati
uchun zarur boʻlgan sifatlarni yuzaga chiqarish, ulardan foydalanish uchun keng imkoniyat yaratiladi.
Oʻquvchini dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarni kechishiga tezkor, oqilona, mustaqil, ijodiy
munosabatlarni bildirishga tayyorlash muhimdir. Yangi avlod va uni rivojlanishi, moslashuvi, oʻzini va
boshqalarning faoliyatini boshqarish bilan bogʻliq muammolarning yuzaga kelishi va uning yechimini
topishga doim tayyor turish bugungi kun oʻqituvchisi oldidagi asosiy vazifatardan biridir.
Oʻquvchilarning mustaqil ijodiy bilish jarayonini tashkil etish va yoʻlga qoʻyishda paydo boʻlgan
maxsus, jumladan, tashkilotchilik sifatlarini tarbiyalash, ijodiy xarakterdagi vazifalarni hal etishga
yoʻnaltirilgan oʻqituvchi faoliyatida yangi vosita, usul, shakllarni doimo izlab topishga ehtiyojni
shaklantirish muhimdir.
Oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda o`qituvchi quyidagi talablarga
amal qilishi lozim:
1. Oʻqituvchining oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish jarayoniga
pedagogik va metodik jihatdan toʻgʻri yondasha olish.
2. Oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga tarbiyaviy ta’sir qoʻllanganda, ularning qiziqishi, faolligi,
shaxsan tashabbusini inobatga olish.
3. Har bir topshiriqni bajarishda mas’uliyat, burch hissining shakllanishi, oʻzaro yordamlashishga
intilish, oʻz ustida mustaqil ishlashi, birdamlik, kerak boʻlgan paytda boʻysunish odatlarining tarkib topishi.
4. Oʻqituvchining faoliyatni amalga oshirish tartibi yuzasidan toʻgʻri tushuncha berishi, bola erishgan
yutuqlarga munosib baho berish, ragʻbatlantirish.
Oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi faoliyat shakllaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir:
1) dars jarayoni-oʻquvchilarga ijodiy topshiriqlarni berish; ularni muammoli vaziyatlarni hal qilishga
jalb etish;
2) darsdan tashqari ishlar jarayonida oʻquvchilarning ommaviy tadbirlar (kechalar, bayramlar,
festivallar, aksiyalar, forumlar, musobaqalar, intellektual bellashuvchilar va hokazolar)da faol ishtirok
etishlarini ta’minlash; toʻgaraklar (fan toʻgaraklari, mohir qoʻllar va badiiy havaskorlik)ga jalb qilish;
3) maktabdan tashqari sharoitda - yoshlar tashkiloti tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarda ishtirok
etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Oʻquvchilarda mustaqillik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda
ijodiy topshiriqlarning
oʻrni
katta boʻlib, oʻquvchi topshiriqni bajarish jarayonida oʻzini oʻrab turgan moddiy borliq bilan bevosita
muloqotga kirishadi. O`quvchida turli ijodiy topshiriqlarni bajarishga nisbatan koʻnikma va malakalarning
hosil boʻlishi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli boʻlishini ta’minlaydi. Ijodiy topshiriqlarning didaktik va
https://buxdu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |