Ahmoniylar Eroni davlatining tashkil topishi
Er. avv. IX-VII asrlaridagi Osuriya yozuvlarida
sharqda sobiq Elam hududida joylashgan Parsuash
davlati tilga olinadi. Bu hududda er. avv. VII asrda
340
Parsuashdan tashqari, Elamdan sharqda elamliklarga
qaram bo’lgan, bir vaqtni o’zida ahmoniylar
urug`idan bo’lgan yo’lboshchilar boshchilik qilgan
fors qabilalari ittifoqiga kirgan kichik davlatlar
mavjud edi. Er. avv. VII asrning 40-30 yillarida
Osuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini
tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod
bo’lib Midiyaga qaram bo’ladilar. Er. avv. VI asrda
forslar Midiya hukmronligini ag`darib tashladilar va
uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar.
Er. avv. 559-yilda fors podshosi bo’lgan
Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va
Girkaniyani bosib oladi. Er. avv. 545- va 539-yillarda
Kayxusrav hozirgi Afg`oniston, O’rta Osiyo
yerlarini bosib oladi. Fors davlat hududi
Hindistonning shimoliy-g`arbiy chegaralarigacha,
Hindiqushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo
havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy
yo`nalishlarda o’z ta'sirini mustahkamlagach, Bobilga
yurish qiladi. 539 yilda ikki oy davomida avgust-
sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil
podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy
tuzilmasi o’zgartirilmaydi. Bobil shahri fors
podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi.
Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o’rinda
qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy
e'tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar.
Amalda Bobil mustaqil siyosiy birlashmadan
341
ahmoniylar satrapiyasi (viloyatiga) aylanadi,
mamlakat mustaqil siyosat yuritishdan mahrum
bo’ladi, ichki siyosatda oliy harbiy va ma'muriy
hokimiyat fors podshosi noibi qo’lida bo’lgan.
Bobil bosib olinganidan so’ng, barcha g`arbiy
mamlakatlar (Suriya, Falastin, Finikiya) Misr
chegarasigacha forslar qo’liga o’tadi. Finikiya, Bobil
va Kichik Osiyoning savdo-hunarmandlar qatlamlari
tranzit savdo yo’llarini xavfsizligini ta'minlaydigan
kuchli markazlashgan davlatdan manfaatdor
bo’lganlar. Shu sababli ular fors davlatini qullab-
quvvatlaydilar.
Kayxusrav Yaqin Sharqni Misr chegaralariga
bosib olgach, fors davlatining shimoliy-sharqiy
chegaralari xavfsizligiga jiddiy xavf solib turadigan
O’rta Osiyodagi ko`chmanchi qabilalar ustiga yurish
boshlaydi. Kayxusrav err. avv. 530 yilda
Amudaryoning shimoliy qismiga o’tadi. Massaget
qabilalari fors bosqinchilarini o’z yerlarida tor-mor
qiladilar. Kayxusrav ham bu jangda halok bo’ladi.
Er. avv. 530 yil avgust oyida fors taxtiga Kambiz
(Kombiz) o`tiradi. Misr ichki nizo-galayenlar
girdobida qolgan edi. Forslar Misrga yurish qilib,
uning qo’shinini tez tor-mor qiladilar. Flot urushsiz
taslim bo’ladi, fir'avn Psammetix III asirga tushadi.
Bu voqea er. avv. 525 yilda yuz beradi.
Misrni bosib olgach, Kambiz Efiopiyaga qarshi
urush boshlaydi. Yetarlicha oziq-ovqatga ega
342
bo’lmagan qo’shin suvsiz sahroga tushib qoladilar.
Qo’shinda odamxo’rlik boshlanib, Kambiz
chekinishga majbur bo’ladi. Kambiz Memfisga
qaytib, Misrda boshlangan qo’zg`olonni bostiradi.
Kambizning vorisi Doro 1 ning Bexistun qoya
yozuvlarida bayon qilingan, (rasmiy farazlariga ko’ra)
Kambiz Misrga kelguniga qadar o’zining ukasi
Bardiyadan shubhalanib, uni maxfiy ravishda
o’ldirishga buyruq beradi. Mag Gaumata ismli kimsa
bundan foydalanib, o’zini Bardiya deb e'lon qiladi va
u 522 yil 2 martda Bardiya nomi bilan taxtga
o`tiradi. Bardiya-Gaumata qaram xalqlarni o’ziga
moyil qilish uchun soliq va harbiy majburiyatlarni
uch yilga bekor qiladi. U fors urug`-zodagonlarining
imtiyozlarini bekor qilish, ularning iqtisodiy va
siyosatdagi hukmronligini o`rnini tugatish siyosatini
yuritadi. Shu sababli u mamlakatdagi keng xalq
ommasini qo’llab-quvvatlashiga erishadi.
Hozirgi tadqiqotchilarning fikriga ko’ra,
Gaumata to’g`risidagi faraz yolg`on, hokimiyatga
haqiqiy Bardiya
kelgan. U yetti oylik
boshqaruvdan so’ng, 522 yil 29 sentabrda yetti fors
urug`i aslzoda vakillari bo`lgan fitnachilar tomonidan
o’ldiriladi. Fitnachilardan biri 28 yoshli Doro (er.
avv. 522-486-yillar) podsho bo’ladi. Doro I er. avv.
VII-VI asrlarda Kayxusravgacha hukmron bo’lgan
ahmoniy podsholari avlodidan edi. U urug`
aslzodalari oliy tabaqasiga mansubligi tufayli
343
Bardiya bekor qilgan imtiyozlarni qayta tiklaydi.
Doro I taxtga o`tirishi bilan unga qarshi Bobilda
ko`tarilgan qo’zg`olonni bostirayotgan bir vaqtda
Fors, Midiya, Elam, Margiyona, Parfiya, Sattagidiya
(hozirgi Afg`onistonda) O’rta Osiyoning sak
qabilalari va Misr qo’zg`olon ko’taradilar. Forsda
o’zini Bardiya deb e'lon qilgan Vaxayazdata nomli
kimsa Doroga qarshi qo’zg`olon ko’tarib, sharqiy
Eron viloyatlari va Afg`onistongacha bo’lgan
hududlarni bosib olgan. Err. avv. 521 yil 16 iyulda
Doro Vaxayazdata qo’shinlarini tor-mor qilgan.
Midiyada o’zini Midiya podshosi Kiaksar
urug`idan deb hisoblagan Fravartish (Fraorti II )
hokimiyatni qo’lga oladi. Doro bu qo’zg`olonni ham
bostiradi. Er. avv. 521-yil yoziga kelib Doro
qo’shinlari besh jangdan so’ng, Afg`onistonni
tinchlantiradi. Doroning qaynotasi Dadarish Parfiya
va Girkaniyadagi g`alayonlarni bostirgan. Bu vaqtda
Bobilda so’ngi qo’zg`olon boshlanib, err. avv. 521-yil
27 noyabrigacha davom etadi. Doro I taxtga
chiqqanidan so’ng bir yil o’tgach, o’z hokimiyatini
mustahkamlab oladi. Fors davlatini Bolqon
Yunonistonida go’libona boshlagan urushi Kserks
(er. avv. 486-465-yillar) uchun mag’lubiyat bilan
tugatdi. Er. avv. 449-yil “Kalliy” sulhiga ko’ra
forslarni Yevropadagi mulklari, Kichik Osiyodagi
yunon shaharlaridan voz kechildi. U Kayxusrav,
344
Kambiz hukmronligi davridagi eski chegralarda qayta
tiklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |