O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Ahmoniylar davlatining ijtimoiy va davlat 
tuzumi 
Keyingi podsholik davrida ichki ziddiyatlar, 
satraplarning o’zboshimchaligi, O’rta Osiyo saklari 
Misrni ajralib chiqishi yuz berdi. Lekin davlat 
chegaralari o’zgarmay qolaverdi. Faqat er. avv. IV 
asrda g’ayratli artakserks III er. avv. 404-yilda ajralib 
ketgan Misrni er. avv. 343-342-yillarda yangidan 
bosib oldi. Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ustidan 
yana nazorat tikladi. So’ngi Eron podshosi Doro III 
jur’atsiz, qo’rqoq er. avv. 334-330-yillarda yunon-
makedonlar hujumini qaytara olmadi. U Isssa 
yonidagi jangda (er. avv. 333-yil) va Gavgamela
yonidagi hal qiluvchi ikki jangda Iskandardan 
yengildi. Doro III yengilgach Baqtriyaga qochib ketdi 
va u yerda o’z yaqinlari tomonidan o’ldirildi. Shu 
bilan ahmoniylar Eroni davlati quladi. 
Ahmoniylar davlatiga uzoq bosqinchilik 
urushlardan so’ng, fors davlati paydo bo`lgunga
qadar Kichik Osiyo, Elam, Bobil, Suriya, va Misr 
kabi o’zining rivojlangan davlat hokimiyatiga ega 
bo’lgan hududlar kirgan. Bundan tashqari, forslar 
ko`chmanchi arab va skif qabilalarini 
bo`ysundiradilar. Ulkan davlat tarkibiga kirgan 
xalqlar, elat va qabilalar turli bosqichdagi ijtimoiy-


345 
iqtisodiy tuzumda yashaganlar. Ayrim viloyatlar, 
hududlarda tovar-pul munosabatlari yuqori darajada
rivojlangan. Forsning o’zida yollanib ishlovchi 
ishchilar “gardash” (fors tilida ) yoki “kurtash” (elam 
tilida) deb atalgan. Bu ko’p sonli ishchi otryadlari 
bo’lib, ko’pincha harbiy asirlar, majburiyatni o’tash 
uchun chiqarilgan jamoachilardan iborat bo’lgan.
Kayxusrav va Kambiz bosib olingan 
mamlakatlarda hech kanday o’zgarish qilmay
avvalgi ichki boshqaruvni saklab qolganlar, karam 
xalqlarga bir qadar o’z-o’zini boshqaruv huquqini 
berganlar. Ammo err. avv. 522-521 yillardagi 
qo’zg`olonlar ahmoniylar davlatini mustahkam 
emasligini ko’rsatadi. Shu sababli Doro I davlat 
hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan 
qator islohotlar o’tkazadi. Doro I islohotlari eng 
avvalo bosib olingan hududlar ustidan nazoratni 
amalga oshirish va davlat boshqaruvi tuzumini 
yaratish, soliqlar yig`imini tartibga solish va 
oshirishga xizmat qilgan. Islohotlar bir necha 
yilda amalga oshiriladi. Bu islohotlarni amalga 
oshirish natijasida Bobil, Misr va boshqa hududlarda 
yangi ma'muriy tizim vujudga keladi va ahmoniylar 
davlatining oxirgi yillarigacha boshqaruv tizimida 
biror sezilarli o’zgarish yuz bermaydi.
Doro I davlat hududini satrapiya (viloyat, fors 
tilida kshatriy) deb atalgan ma'muriy soliq
okruglariga bo’ladi. Satrapliklar o’z hajmi jihatidan


346 
ilgarigi, ilk katta davlatlar, provinsiyalardan katta 
bo’lgan. Satrapliklar mamlakatning eski davlat va 
etnografik chegaralariga mos kelgan. Satrapliklar 
ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va 
shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon
shaharlari mavjud bo’lgan. Forslar Finikiya 
shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va 
buning evaziga ular ahmoniylarni oxirigacha qullab-
quvvatlaganlar.
Satrapliklar ro`yxati Bexistun va boshqa qadimgi 
fors yozuvlarida keltirilgan. Ularda 23 mamlakat 
sanalgan. Gerodot tarixida yigirma satranlik 
keltirilgan. Gerodot 20 satraplik tarkibida ahmoniylar 
davlati tarkibiga kirgan 70 ta shaharni sanaydi. 
Gerodot va ahmoniylar yozuvlaridagi farqlarning 
mavjudligining sababi satrapliklar soni va chegaralari
yangi bosqinchilik urushlari yeki ma'muriy islohotlar 
natijasida o’zgarib turgan. Fors podsholari muntazam 
ravishda satrapliklarni bo’lib turganlar, ularni soni 
oshib, hududlarning hajmi kichraygan. Misol uchun 
Doro I davrida Kichik Osiyo 4 satraplikka, Doro III
davrida 7 satraplikka bo’lingan. 
Yangi ma'muriy okruglar boshida satrap 
(noib)lar turgan. Satrap mansabi ahmoniylar davlati 
vujudga kelishi bilan mavjud edi. Kayxusrav,
Kambiz va Doro I podsholigining birinchi yillarida
qaram hududlarda rahbarlik vazifalarini imtiyozli 
etnik guruh forslar qo’lida to’plashni maqsad qilib 


347 
qo`yganlar. Satrap lavozimiga endilikda qoida 
sifatida faqat forslar tayinlanadigan bo’ladi. 
Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo’l ostida
fuqarolik va harbiy hokimiyat to’plangan edi. Bu 
haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va Yuqori 
Mesopotamiyadagi bir vaqtni o’zida fuqarolik va 
harbiy noib vazifasini bajargani to’grisida aniq 
ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, Bexistun 
yezuvlari ma'lumotlariga ko’ra Doro I hukmronligi 
davrida satraplar o’z viloyatlarini boshqarish bilan 
bir qatorda urush vaqtida qo’shinga qo’mondonlik
qilganlar. Doro I satrap hokimiyatini kuchayib 
ketishini oldini olish uchun satrap vazifasini harbiy 
hokimiyatdan ajratish bilan cheklaydi. Endilikda
satraplar viloyatlarda faqat fuqaro hokimiyatiga ega 
noibga aylanadilar. Ular o’z viloyatlarida ma'muriyat 
boshlig`i bo’lib, sud hokimiyatini amalga 
oshirganlar, viloyat, xo’jalik hayotini, soliqlar 
yig`imini nazorati ularning qo’lida bo’lgan.Satraplar 
o’z satrapliklari chegarasida xavfsizlikni 
ta'minlaganlar va mahalliy amaldorlarning faoliyatini
boshqarganlar. Tinchlik vaqtida satraplar qo’l ostida 
faqat ozgina shaxsiy quriqchilar bo’lgan. Viloyatda 
turgan qo’shinga esa, satrapdan mustaqil bo’lgan
bevosita podshoga bo`ysungan harbiy boshliq 
rahbarlik qilgan.
Ammo Doro I davridan so’ng harbiy va fuqarolik
hokimiyatini bo’linishiga qat'iy rioya qilinmaydi. 


348 
Ko’pincha satrap hokimiyatining hajmi ko’pgina
omillarga bog`liq bo’lib qoladi. Doro 1 ning o’gli 
Kserks va keyingi podsholar davrida satraplar harbiy 
boshliqlarga qaram holatda bo’lganlar. Ko’p hollarda 
satraplarning o’zlari harbiy hokimiyatni ham 
boshqarganlar. Er.avv. IV asrdan boshlab bu 
odatdagi hol bo’lib qoladi. Kserks podsholigi
davridan ba'zida ikki yoki bir necha satrapliklar bir 
kishi qo’lida bo’lgan. Misol uchun shaxzoda 
Kayxusrav Kichkina Lidiya satrapi bo’lishi bilan 
birga uning xokimiyati Daskiley va Ioniya
satrapliklarining katta qismni qamrab olgan. Err. avv.
IV asr o’rtalarida Kilikiya satrapi Mazey bir vaqtni 
o’zida Ikki Daryo oralig`i noibi ham bo’lgan. 
Istilochilik urushlari davrida har bir satrap o’zining 
viloyatidan qo’shin to’plab, urush harakatlarida 
ishtirok etishi shart bo’lgan. Misol uchun yunon-
makedonlar bilan bo’lgan jang harakatlarida 
baqtriyaliklar o’z satraplari boshchiligida ishtirok 
etganlar.
Satrap va harbiy boshliqlar markaziy 
hokimiyatni, podshoning va ayniqsa uning maxfiy 
xizmatining doimiy nazorati ostida bo’lganlar. 
Chunki viloyatlar satraplari doimo mustaqillikka 
intilishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini
tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar 
ustidan oliy nazorat xazorapat deb atalgan mansabdor 
qo’lida bo’lgan. U bir vaqtni o’zida «o`n ming 


349 
o’lmas» podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig`i 
bo’lgan. 
Islohotlar natijasida markaziy podsho
kanselyariyasi bilan katta byurokratik apparat 
vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada 
(Elam) bo’lib, podshoning bosh qarorgohi Persepol 
(Pasargad) bo’lgan. Bobil, Ekbatana, Memfis 
shaxarlari va satrapliklarning markazlarida davlat 
alfaviti rasmiy tilga aylanadi. Ahmoniylarning rasmiy
yozuvlari Akkad, Elam va qadimgi fors tilida va 
mixxatning uch turida ko’pincha toshga bitilgan. 
Davlat apparatida forslar eng muhim harbiy va 
fuqarolik vazifalarini faqat Fors o`lkasida emas, 
balki boshqa qaram hududlarda ham egallay 
boshlaganlar. Shu bilan birga ahmoniylar boshqaruv 
ishlarida boshqa xalqlar vakillaridan foydalanganlar. 
Doro I islohotlari agrar sohada katta o’zgarishlarga 
olib kelgan. Qaram xalqlarning yerlari tortib olinib, 
podsho oilasi a'zolariga, fors aslzodalari va 
amaldorlariga meros qilib beriladi. Bunday yer-
mulklar soliqdan ozod qilingan.
Podsho tomonidan alohida xizmat ko’rsatgan 
qo’shinlarga beriladigan yerlar merosiy bo’lib,
soliqdan ozod qilingan. Bunday imtiyozga ega kishilar 
qaram viloyatlarda sud ishlarini amalga oshirish 
huquqiga ega bo’lganlar. Yerlarni katta qismi
podshoning mulki edi. Podsho yerlari odatda
ijaraga berilgan. Bundan tashqari, podshoga yirik 


350 
sug`orish kanallar qaragan. O’rta Osiyodagi Ak 
daryosi havzasidagi sug`orish inshootlari Suriyadagi 
o’rmonlar, Misrdagi Fayum qo’lida baliqchilikdan 
keladigan daromadlar, konlar, bog` va saroylar podsho 
ixtiyorida bo’lgan. Bir qism yerlar harbiylarga 
foydalanishga berilgan. Dastlab harbiylar xizmatda
bo’lgan vaqtda bu yerlardan soliq olinmagan. 
Keyinchalik askar xo’jaliklaridan soliqlar doimiy
ravishda olina boshlanadi. Buning ustiga ajratilgan 
yerlar hajmi yildan-yilga qisqarib borgan va natijada
qo’shinning jangovar qobiliyati pasayib ketadi. Shu 
sababli ahmoniylar er. avv. V-IV asrlarda yollanma
qo’shinga suyanadigan bo’lganlar.
Doro I soliq siyosatini o’zgartiradi. Yangi 
umumdavlat soliq tizimi shakllantiriladi. Har bir 
viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra
qat'iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi
shart bo’lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga 
qarashli yerlardan soliq to`lashga majbur qilinadi.
Forslarning o’zlari pul to`lovidan ozod bo’lib,
natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar 
har yili 7740 bobil kumush talanti (232200 kg) 
miqdorda soliq to`laganlar.
Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul 
islohotini o’tkazilishiga sabab bo’ladi. Er. avv. 517-
yildan so’ng, Doro I butun mamlakat miqyosida
yagona pul birligi, fors pul tizimining asosi 8, 4 gr 
og`irliklagi tilla tanga darikni joriy qiladi. Tilla 


351 
tangani faqat podsho zarb qilish huquqiga ega edi. 
Darik tarkibida bor – yo`g`i 3 % qo’shimcha begona 
qotishma bo’lganligi sababli, u bir necha asr 
davomida Old Osiyo savdo dunyosida asosiy tilla 
tanga vazifasini o’tagan. Ahmoniylar davlatida 
undan tashqari, satraplar tasviri, provinsiyalarda 
podsho tasviri bilan zarb qilinadigan va qaram shahar
va mamlakatlar zarb qiladigan tangalar mavjud 
bo’lgan. Kundalik muomala vositasi sifatida Kichik 
Osiyo satrapliklarida zarb qilingan podsho kumush 
sikli (ogirligi 5,6 gr) xizmat qilgan. 
Soliq to`lovi sifatida yig`ilgan pullar bir necha 
o’n yillar podsho xazinalarida saqlangan. Faqat
ularning bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu 
boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil 
bo’lgan. Bu xol tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo’jalikni 
saqlanishiga olib keldi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish