Qadimgi Eron
Eron iqlimi va aholisi
Eron bepoyon tog`li va ko’p cho`llardan iborat
kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun
qulay vodiylar, tog` oldi hududlari juda ko’p.
Shimolda Elburs tog’ tizimi va unga Turkman,
Xuroson tog`lari qo’shiladi. G`arbdan va janubdan
Zagros va janubiy Eron tog`lari o’rab turadi. Janubiy
g`arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari
vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud.
Qadimgi g`arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy
(gutiy) va kassit hind-yevropa tillarida
335
so’zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so’zi
«ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi.
Er.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron,
Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga
tarqalgan.
Qadimgi Eron tarixi manbalari va tarixnavisligi
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma
manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.avv.
III-I ming yilliklardagi janubiy-g`arbiy Eron hududi
bo’lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari,
huquqiy hujjatlar, bag`ishlov matnlari, davlatlararo
shartnomalardir.
Qadimgi fors davlati tarixi bo’yicha manbalar
xilma-xil: bu xo’jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar,
amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda
qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima
qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari
chop etilgan. 1972 yilda fransuz arxeologlari
Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar.
Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif
matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari
Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks yozuvlari
nusxalari topilgan. Persepolda er.avv. III ming
yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta
hujjat topilgan.
Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi
harakati to’g`risida er.avv. IX-VII asrlarga oid
336
Osuriya yezuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy
xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib
olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga oid loy
taxtachalarda yezilgan 10000 ming bobil xususiy
huquqiy va ma'muriy xo’jalik hujjatlari mavjud.
Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil
ma'muriy xo’jalik hujjatlari, podsho Kumbizning
Misr ibodatxona mulklarini cheklash to’g`risidagi
dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikasiya
qilish to’g`risidagi farmoni katta qiziqish uyg`otadi.
Midiya va Eron tarixi bo’yicha ma'lumot
beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining
asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.avv. V asr)ning
tarixi, Fukidid (er.avv. V asr) tarixi, Ksenofontning
«Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari,
sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi
asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy,
harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi.
Eronda mezolit va neolit davriga oid
manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik
buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari
yedgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana,
Pasargad xarobalaridan topilgan ulug’vor haykallar,
qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan
buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va
taqinchoq-bezaklar topib o`rganilgan. Yevropa
olimlari J. de Margo va Grishman bu qadimgi
337
shaharlar xarobalarini o’rganib, eronshunoslik faniga
muhim hissa qo’shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |