322
qaratdi. Karfagen hozirgi Tunis va Jazoir qirgoqlarini
va bu hududlarning
ichki xosildor yerlarini
kolonizasiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari
Mavritaniya, Marokkoning Atlantika okeani
qirgoqlariga chiqib, bu yerlarda manzilgoxlarga asos
soldilar. Er avv VII asrda Karfagen dengizchisi
Gannon 60 kema va 30 ming kishilik dengiz
ekspedisiyasi bilan Atlantika qirgoqlarini tekshirdi.
Afrikada katta-katta xududlarni bosib olinishi,
Ispaniya janubidagi Sardiniya
orolidagi va Sisiliya
garbidagi koloniyalar Karfagenni ko’p sonli axoliga
ega bo’lgan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli
katta imkoniyatlarga ega imperiyaga aylantirdi. O’z
savdogarlarini ximoya qilish, muxim savdo yo’llarini
o’z qo’lida saqlab turish uchun Karfagen boshqa
davlatlar bilan o’nlab shartnomalar tuzdi va faol
tashqi siyosat yuritdi. Bu Karfagenning g`arbiy
o’rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt yetakchi o’rinni
egallashiga qulay shart-sharoitni yaratdi.
Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
(er. avv. V-III asrlar)
Er. avv. V-IV asrlarda Karfagen o’rtayer
dengizidagi vositachi savdoning markazi edi.
Karfagen orqali Sharqiy o’rtayer dengizining turli
viloyatlariga, yunon shaharlariga,
va Pireney yarim
orolining Atlantika qirg`oqlariga turli mahsulotlarni
yetkazib beradi. G`arbiy o’rtayer dengizida
323
Karfagenning savdo manfaatlarini himoya qiladigan
Rim bilan uchta shartnoma tuziladi. Er.avv.
V-III
asrlarda Karfagen yirik hunarmandchilik markazi
edi. Kulolchilik,
zargarlik, kurolsozlik ustaxonalarda
oliy navli mahsulotlar tayyorlangan. Karfagenliklar
moxir quruvchi bo’lganlar,karfagen shahri
mustahkam devorlar bilan o’rab olingan edi. Shahar
ichida ibodatxonalar, saroylar, zodagonlar,
oddiy
fuqarolar uylari, ombor va doklar (kema
tamirlanadigan va quriladigan joy) qurilgan.
Kemasozlik yuqori darajada rivojlangan.
Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega edi.
Dehqonchilik quldorlik xo`jaliklarida asosiy soha
edi. Tokzorlar, zaytun daraxtlari, bog` va polizlar
mo’l-ko’l hosil bergan. Er.avv. VI-III asrlarda
Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari bo’lgan
quldorlik jamiyati mavjud edi. Shu bilan birga erkin
ishlab chiqaruvchilar ko’p bo’lgan. Karfagen
shahrining o’zida 200 ming aholi yashagan. Oliy
tabaqa yirik
yer egalari, katta savdogarlar va
koxinlardan iborat bo’lgan. Sharq mamlakatlaridan
farq qilgan holda Karfagenda byurokratik
boshqaruv apparati yuk edi. Mamlakatning
iqtisodiy
qudrati asosini ko’p sonli qullar va qaram aholini
shafqatsiz talashi tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: