Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
Er. avv. II ming yillik o’rtalarida Mina, Saba va
Kataban qabilalari ittifoqi shakllana boshlagan.
Eramizdan avvalgi I ming yillik boshida ishlab
chiqarish kuchlarining taraqqiyoti natijasida sinfiy
309
tengsizlik kuchayadi. Siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga
to’plagan koxin va savdogarlardan iborat hukmron
siyosiy qatlam paydo bo’ladi. Asosiy ishlab chiqarish
vositasi bo’lgan yer qishloq va shahar jamoalari
qo’lida edi. Asosiy xo’jalik bo’g’ini patriarxal oila
(yoki katta oilali jamoa) bo’lgan.
Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi.
Qullar urushlarda asir olish va sotib olish orqali
paydo bo’lgan. Qarzi uchun qul qilish zaif bo’lgan.
Ilk jamiyatlarning paydo bo’lishi qabila
ittifoqlarning davlatga aylanishiga olib keladi. Janubiy
Arabiston davlatlari siyosiy tuzulishini Saba
podsholigi misolida ko`rish mumkin. Saba
podsholigini 6 qabila tashkil etgan. Uning 3 tasi
qaram ahvolda edi. Har bir qabila katta shoxobchaga,
u kichik va yana alohida urug`larga bo’lingan.
Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil
qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan.
Qabilalarda oqsoqollar kengashi bo’lgan bo’lishi
mumkin.
Imtiyozli qabilalar zodagon urug`lardan ma'lum
muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga)
davlatning muhim mansabdor shaxslarini-eponimlarni
saylaganlar. Ular oliy xudo Astar bilan bogliq
koxinlik vazifalarini ham bajarganlar. Astronomik va
astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan
foydalanishni tashkil etishdek ba'zi xo’jalik ishlarini
boshqarish ham ularni zimmasuda bo’lgan.
310
Eponimlar bo’yicha davlat va xususiy–huquqiy
hujjatlar raqamlangan yil hisobi bilan olib borilgan.
Ular 30 yoshdan mansabga chiqib vakolat muddati
tugagach, oqsoqollar kengashiga a'zo bo’lishgan.
Er. avv. III-II asrlargacha Saba podsholigini
boshqaruv ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega
bo’lgan mansabdor shaxslar mugarriblar bo’lgan.
Ularning vazifasiga qurilish faoliyati, sakral vazifalar
(qurbonliklar keltirish, diniy ovqatlanish
marosimlarini tashkil etish) va davlat faoliyatining
qabila ittifoqlarini davriy yangilash, davlat hujjatlarini
e'lon qilish huquqiy qoidalar, shahar hududlari
xususiy mulk chegaralarini aniqlash va boshqalar
kirgan. Mugarrib mansabi merosiy bo’lgan. Urush
davrida mugarriblar ko`ngillilarga boshchilik
qilganlar va vaqtinchalik unvon-malik, ya'ni podsho
unvoniga ega bo’lganlar. Mugarriblar asta-sekin o’z
qo’llarida butun hokimiyat vakolatlarini to’plab, er.
avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq podsholarga
aylanganlar.
Saba podsholigini oliy organi oqsoqollar
kengashi bo’lgan. Unga olti qabilaning vakillari
kirgan. Oqsoqollar kengashi sakral, qonun
chiqaruvchi vazifalar, ma'muriy xo`jalik vazifalarini
bajarganlar. Boshqa janubiy arab qabilalari ham
shunday davlat tuzilmalariga ega bo’lganlar.
311
Do'stlaringiz bilan baham: |