O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va 
tarixshunosligi 
Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid 
manbalar to’rt asosiy qismdan iborat: epigrafik 
ma'lumotlar, ashyoviy yodgorliklar, yozma manbalar,
antik mualliflar ma'lumotlari. 
Janubiy Arabistonning tosh, jez, sopolga 
yozilgan va o’z mazmuniga ko’ra, ikki guruhga 
bo’linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari,
podsholarning harbiy va ichki siyosatiga oid 
yozuvlari) va xususiy huquqiy qabrtosh lavhalari,
sun'iy sug`orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi
saqlanib qolgan.
Arxeologik qazishlar bizga boy ma'lumotlar 
beradi. Sana podsholigining bosh shahri Marib
xarobalari (Yaman Arab respublikasi poytaxti Sanaga 
yaqin joy) o’rganilgan. Shaharda saroy qoldiqlari, 
devorlar, haykallar topilgan. Shaharning g`arbidagi 


304 
ulkan Marib to`g`oni qoldiqlari kishini hayratga 
qoldiradi. Kataban poytaxti Timna shahrini
ibodatxonalari, nekropol, qal'a qoldiqlari qazib
ochilgan. Nabatey podsholigi poytaxti Petra
shahrida me'morchilik inshootlari, haykallar topilgan.
Bundan tashqari, Arabiston va arablar 
to’g`risidagi qisqa ma'lumotlar Osuriya, Yangi Bobil, 
Eron manbalari va bibliyada uchraydi. Antik 
tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning «Tarix» 
asarida, Feofrastning (er.avv. IV asr) «O`simliklar 
tarixi», Diodorning (er.avv. I asr) «Tarixiy 
kutubxona» va Strabonning (er.avv. I asr)
«Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston 
to’g`risida qator ma'lumotlar bor.
Arabiston tarixi XIX asrdan o’rganila 
boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar o’rganildi. XX
asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, AQShda Arabiston 
xalqlarining geografiyasi, madaniyati, dini va
xronologiyasiga bag`ishlangan qator tadqiqotlar
e'lon qilindi.
Shimoliy Arabiston qabilalari qadimgi 
mashg`ulotlari Shimoliy Arabiston, Suriya va
Mesopotamiya cho`llarini qamrab olgan keng 
hududda chorvachilik bo’lib, it, eshak, yirik shoxli 
qoramollar boqilgan.
Bu hududda yashagan urug` va qabilalar, 
qabilalar ittifoqi va kichik davlat birlashmalarini 
shakllantirganlar. Ularni hokimlari Osuriya 


305 
hujjatlarida «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat 
birlashmalari sekin-asta harbiy san'atni va 
qo’shinlarni shakllantiradilar. Jangchilar tuyaga ikki 
kishidan minib, jang qilganlar. Arablar o’zlarining
kuchli qo’shnilari Misr, Sharqiy o’rtayer dengizi 
qirg`og`ining kichik davlatlari va Osuriya bilan
xalqaro ziddiyatlarga tortilganlar. 
Er.avv. IX asr o’rtalarida er. avv. 853-yilda 
Karkara yonidagi bo’lgan jangda osuriyaliklar arablar 
ham kirgan koalitsiya qo’shinlarini tor-mor 
keltiradilar. Arablar Osuriyaning Misrga qarshi
yurishida asosiy to’siq bo’lganlar. Bir necha arab 
qabilalari Osuriya tomonidan bo`ysundiriladi. Arablar
Osuriyaning raqiblari Misr va Bobil bilan ittifoq 
tuzadilar. Osuriya er. avv. VII asrning 40 yillarida
arab qabilalarini to’liq bo`ysundirishga erishadi.
Yangi Bobil podsholigi ham Arabiston yarim orolida
o`rnashib olishga uringan. Bobil podshosi Nabonid
shimoliy Arabistonning bosh markazlaridan biri
Teymuni bo1ysundirib, uni o’z qarorgohiga 
aylantiradi, bir necha qo’shni arab qabilalarining
shahar va vodiylarini o’ziga bo`ysundiradi. Er.avv VI 
asrda Eron davlatining qudratini kuchayishi va uning 
bosqinchilik yurishlarini rejasi Arabiston yarim 
orolining shimoliy qismida forslarning arablar bilan 
aloqa o’rnatishiga olib keladi. Shartnoma bo`yicha
fors podshosi Kambiz er.avv. 525-yil Misrga yurish 
vaqtida arab nabateylari yeridan o’tish huquqini va 


306 
sahroda o’tish davrida ulardan fors qo’shinlarini
suv bilan ta'minlashga roziligini oladi. Arab qabilalari
axmoniylar Eroniga bir yilda ming talant (30 t.) 
miqdorida xiroj to’laganlar va arablar harbiy yurishlar 
davrida fors qo’shinlari tarkibiga kiritilganlar. Ular
yunon – fors urushlari davrida (er. avv. IV asr) Gazo 
shahri uchun jangda yunon-makedon qo’shinlariga
qattiq qarshilik ko’rsatganlar. Iskandarning Misrga 
yurishi davrida arab qabilalarining ko’pchiligi
yunon-makedonlarga bo’ysunmaydi. Shu sababli 
Iskandar sharqqa yurishini tugatgach, unga 
bo`ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan 
arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar 
Rim davlati bilan ham aloqada bo’lganlar. Rimliklar 
er. avv. 106-yillar atrofida Yamanga suqilib kirishga 
urinadilar va Nabatey avlatini bosib oladilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish