Isroil-Yahudiya davlatlari
Er. avv. XII asrda Falastin hududida kelgindi
ko’chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar
birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantiradilar.
Er. avv. XI asr boshlarida Falastinda temir
qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo’lgan filistimlar
hukmronligi o’rnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga
289
qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari
Misrdan kelib o’rnashadilar. Er. avv. XIII asrda o’n
ikki yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib,
mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo`ysundirganlar.
Yahudiy so’zi etimologik jihatdan «daryo ortidagi
aholi» degan ma'noni bildiradi. Saylab qo’yiladigan
yo’lboshchi-Shofetlar (“Qozi”), oliy kohinlar
vazifasini bajarib, qabila ko’ngilli qo’shinlariga
boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari
bilan shug’ullanganlar. Er. avv. XI asrning oxirida
yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy
jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab quyiladigan
yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho hokimiyati
shakllanadi. Filimstyanlar bilan bo’lgan janlar
davomida podsho qilib Saul saylanadi. U birinchi
merosiy podsho bo’ladi. Saul Filistimlar bilan bir
necha g’olibona urushlar olib boradi, lekin navbatdagi
urushda mag’lub bo’lgani uchun o’zini o’ldiradi. Er.
avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi
bo’lgan Dovud Isroil podshosi bo’ladi. Dovud
markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga
harakat qiladi. Dovud (1010-970 yillar) podsholigi
davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib
olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan.
Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat
organlari tuziladi. Podsho kritlik va filistimlardan
o’ziga sodiq yollanma qo’shin tuzadi. Dovud faol
tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh
290
tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar filistimlar va
janubiy Suriya oromiylarini bo’ysundirib davlat
chegarasini Akab qo`ltig`iga olib boradi.
Dovudning taxtini uning kichik o’g’li Sulaymon
(Er. avv. 970-930-yillar atrofida) egallaydi. Sulaymon
davrida qurilish ishlari keng yo’lga qo`yiladi. Uning
davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga ibodatxona
quriladi. Davlat hududi 12 okrugga bo’linadi.
Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq-
ovqat yetkazish majburiyatini olganlar. Mehnat
majburiyati joriy qilinadi. Rivoyatlar Sulaymonni
dono va adolatli podsho deb tariflanadi. Haqiqatda esa
Sulaymon hokimiyatparast hukmdor bo’lib, aholiga
ko’plab soliq va majburiyatlarni yuklagan. Boshqa
xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat yuritgan.
Sulaymon podsholigining so’nggi yillarida
shimolda Damashq podsholigi kuchayadi.
Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo’lgan
10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil
podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi
qurilgan Samariya shahri bo’lgan. Dovud sulolasi
hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi uning bosh
qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala
podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik
munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan konfederatsiya
tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan
foydalangan. Misr firavni Shishonk I er. avv. 926-
yilda Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni
291
bosib oladi. Er. avv. VIII asri o’rtalaridan-VI
asrlarida Sharqiy o’rtayer dengizi.
Er. avv. I ming yillikda Falastinda savdo-
hunarmandchilik, dehqonchilik rivoj topadi. Tashqi
savdo kuchayib, ortiqcha g`alla va boshqa mahsulotlar
Tir shahriga sotiladi. Yerga xususiy mulkchlik paydo
bo’ladi. Er. avv. VIII-VI asrlarda Falastinda quyidagi
4 toifa mavjud bo’lgan: dunyoviy zodagonlar, diniy
zodagonlar (koxinlar, payg`ambarlar), yerli xalq
(erkin aholining asosiy qismi), begona yurtliklar
(kelgindi va ko`chib kelganlar), eng pastki pog`onada
qullar turgan.
Er. avv. VIII asr o’rtalarida Osuriya, (er. avv.
732-722 yillar) Damashq va Isroil davlatlarini tor-
mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi
Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe hududga
aylantiriladi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qarshi
kuchli qarshilik ko’rsatdilar. Yuz yil davomida Tir
shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat
qildi. Tirning shunday ikkinchi qarshiligini podsho
Sinaxxeribni er. avv. 701-yilda bostirishi natijasida
Tir shahridan boshqa barcha Finikiya shaharlari
ajratib tashlanadi. Natijada Tir-Sidon podsholigi
dengiz orti hududlari bilan tugatiladi. Osuriyaning
g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer
dengizi qirg’og’ida Osuriya hukmronligiga chek
qo’yadi.
292
Yahudiya podshosi Iosiya (er. avv. 640-609-
yillar) davlat mustaqilligini tiklab, podsholar Dovud
va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikladi.
Misr esa Frot daryosigacha bo’lgan yerlarni bosib
olib, er. avv. 616-yilda bobilliklarga qarshi
Mesopotamiyada osuriyaliklarga yordamga keladi. Bu
vaqtda Tir shahri vaqtinchalik butun Finikiyada
yetakchi davlatga aylanadi. Tir savdogarlari er. avv.
VII asr oxiri VI asr boshlarida Kichik Osiyoning
sharqi va Janubiy Arabistonga suqilib kirdilar,
Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo’rg’oshin
tashiganlari ehtimoldan holi emas. Iosiy davrida
Yahudiyada monoteistik harakat boshlanadi. Yaxva,
yagona xudo deb e’lon qilinadi.
Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy o’rtayer
dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat maydoniga
aylanadi. Er. avv. 609-yilda firavn Nexo II Megiddo
yonidagi jangda Iosiya qo’shinlarini yenib, Yahudiya
Misrga tobe bo’ladi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat
oxir-oqibatda er. avv. 587-yilda Yahudiyani halokati,
yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib olib
ketilishi, butun Sharqiy o’rtayer dengizini Bobilga
tobe bo’lishi bilan yakunlanadi. Er. avv. 539-yilda
axmoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu
hududda forslar hukmronligi o’rnatiladi va
Ahmoniylar Quddus uning atrofidagi hududlarga
cheklangan muxtoriyatlar berdilar.
293
Do'stlaringiz bilan baham: |