Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. avv. I ming
yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik
muhim o’rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi
Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi.
Zardushtiylik dinining koxinlari diniy an'ana urf-odat
va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo’lgan.
Zartushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi,
odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishni targ’ib qildi.
Doro I er. avv. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy
davlat dini deb e’lon qildi.
Forsda qadimgi zartushtiylik tabiat xudolari
Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik
xudosi) va yorug`lik, oy, shamol qabilarni o’zida
355
ifodalagan xudolarga sig`inilgan. Fors podsholari
zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din
sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi
xudolardan voz kechmaganlar.
Axmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik
qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib
tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq
beradi. Misr ishgol qilingach, Kambiz Misr urf-
odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda
Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi.
Doro 1 o’zini ma'buda Neytning o’gli deb e'lon
qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga
bagishlab ibodatxonalar quradi.
Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida
Kserks (er. avv. IV asr) Eronda diniy islohot
o’tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan
boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo`q qilmoqchi
bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi,
yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig`inish yana
keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy
qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l
quymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi
ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini
o’tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning
madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli
edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy –
ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining
356
o’zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli
xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi
xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning
bir-birini boyitishiga olib keldi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va
Elamning qadimiy madaniyatlarini o’zlashtirib
oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan
biri o’ziga xos mixxatning yaratilishi bo’lgan. Fors
mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-
yo`g`i 40 belgidan iborat bo’lib deyarli alfavitli
yozuv bo’lgan.
Qadimgi fors me'morchiligining ulug`vor
inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari
edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil
qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon
hosil qilingan.Tog` qiyaliklarini tekislash bilan bu
sun'iy maydonda shaxar uch tomondan devor bilan
o’rab olinib, turtinchi tomoni tog` qoyasiga chiqadi.
Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga 110
zinapoyali keng xashamatli pillapoyadan chiqilar edi.
Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta,
tomining balandligi 20 m bo’lgan 72 ustunli zali
bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida
rel'yeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib
kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik
muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning
o’ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini
ifodalaydigan tasvirlari toshga o`yib tushirilgan.
357
Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari
ham joylashgan.
Persepoldan 3 km. o’zoqlikda Naqshi Rustam
deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors
podsholarining rel'yeflar bilan bezatilgan qabrlari
mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib
borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib
kelingan. Doro 1 ning yozuvlarida shunday deyilgan:
«Kedr daraxti Livan tog`laridan olib kelingan, Suzaga
uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yegoch
Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda
ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan.
Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan,
saroy devorlari uchun bezaklar Ioniyadan, fil suyagi
Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor
ustalar midiyalik va misrliklar edi. Yog`ochga naqsh
beradiganlar misrliklar bo’lgan. Ahmoniylarning
saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy
ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari
Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy
an'analari va texnika usullarining sintezi edi.
Qadimgi fors san'ati namunalari ichida nozik did bilan
ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil
suyagidan yasalgan riton qadaxlar, zeb-ziynat
buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar
ichida agat, xalqidon, yashma kabi qimmatbaho
toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda
358
podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy
mavjudotlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda
mohirlik bilan yasalgan bo’lib, haqiqiy san'at asari
xisoblanadi. Fors san'atida ayniqsa o’simlik va
xayvonlarni hayotiy tasvirlari bo’lgan badiiy
buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |