378
237- rasm. Buyrax taiachasi va yukstaglomerulyar apparat^tuzilishi (sxema).
1 - afferent arteriola; 2 -efferent arteriola; 3 - tomirli koptokcha kapillyarlarn; 4 -sh vndoteliy
hujayrasi; 5 - kapsula ichki varag’ining kapsulasi; 6 - bazal meibrana; 7 - me-vengial hujayra; 8 -
kapsula bo’shlig’i; 9 - kapsulaning tashqi varag’i; 10
-*
nefron
distal nayi; II - zich dog’; 12 -
yukstaglomerulyar hujayralar (endokrinotcitlar); 13 - yukstavas-kulyar hujayralar; 14 -buyrak
stromzsi (YU. I. Afanas’evdan, 1983).
xarakterlidir. Apikal yuza ko’p sonli, noto’g’ri shaklli mikro vorsinkalar hosil qilishi mumkin.
Bunday holat bosh hujay-ralarda kuzatilmaydi. Bulardan tashqari, bir qator oraliq hujayralarda
hujayra ichki kanalchasi borligi aniqlangan. Silliq devorli vezikulalar
shakllanish davrida bu
kanalcha aniqlashib, ko’payishi kuzatiladi. Bu hujayralar tuzilishi va faoliyati jihatidan me’da
bezlarining parietal hujayra-sini eslatadi. Har xil tajribalarda bu ikki a’zo hujayra-
lari bir xil ravishda o’zgaradi. Bu -ular xususiyatlarining bir xilligini hamda N+ ionining
sekretciyasida ishtirok eti-shini ko’rsatadi. Siydikning atcidifikatciya qilinishi (kislota-li
sharoitga ega bo’lishi) yig’uv naylarining oraliq hujayralari faoliyati bilan bog’liqdir.
Buyrakning endokrin funktciyasi.
Buyrakning endokrin funk-tciyasini bajaruvchi hujayralarida
asosan ikkita modda - re-nin va prostoglandin hosil bo’ladi.
Renin buyrakning yukstaglomerulyar apparatida (YUGA) da. hosil bo’lib,
u organizmda
angiotenzin hosil bo’lishini ta’min-laydi. YUGA eritropoetin hosil bo’lishida ham muhim o’rin
tutadi.
(YUkstaglomerulyar apparat quyidagi 4 xil element: 1) buyrak tanachalariga kiruvchi va undan
chiquvchi arteriolala-ri devorida joylashgan maxsus yukstaglomerulyar (YUG) hujay-ralar; 2)
distal nayning shu arteriyalar orasida joylashgan qismida mavjud bo’lgan «zich dog’» (macula
densa); 3) distal nay hamda arteriolalar orasidagi uchburchaksimon maydonda joy-lashgan
yukstavaskulyar (Gurmagtig) hujayralar va 4) buyrak tanachalari kapillyarlariaro hujayralar -
mezangiumlardan tashkil topgandir (237-rasm).
Afferent va efferent arteriolalar devorida joylashuvchi
yukstagomerulyar hujayralar
arteriolalar
379
endoteliysi bazal membranasining ostida, donador mioepitelioid hujayralar ko’rinishida bo’ladi.
Bu hujayralarning soni faqatgina YUGA funktcional holatiga bog’liq bo’lib qolmasdan,
balki
hayvon-larning turiga ham bog’liqdir. Mioepitelioid hujayralar oval shaklida bo’lib, yumaloq
yadro va tcitoplazmani to’ldirib turuv-chi ko’p sonli organellalarga ega. Bu hujayrada donador
endo-plazmatik to’r - eng rivojlangan organelladir. Ular yadro atrofida joylashgan bo’ladi.
Mioepitelioid hujayraning eng spetcifik strukturalari bo’lib renin saqlovchi sekretor donalar
hisoblanadi (238-rasm). Etilgan sekretor donalar elektron zich bo’lib, elementar qobiqqa
o’ralgan. Mioepitelioid hujay-ralarda renin ishlab chiqariladi va qon tarkibiga qo’shiladi.
Reninning anchagina qismi olib keluvchi arteriolaning atrof to’qimasiga
- interstitciyga ham
o’tib, limfaga quyiladi. Re-nin moddasining ta’siri natijasida qon bosimi ortadi. Bun-day ta’sir
asosida qondagi angiotenzinogen moddasining renin ta’sirida angiotenzin I ga aylanishi va
nihoyat u moddaning qon bilan o’pka orqali o’tishi natijasida tomirlarga kuchli ta’sir etish
xususiyatiga ega bo’lgan angiotenzin I ga aylanishi yotadi. Renin - angiotenzin sistemasi tana
qon tomirlarigagina emas, balki buyrak qon tomirlariga ham ta’sir qilib, buyrak-da fil’tratciya
jarayonini va qon aylanish tezligini o’zgartira-Di. Renin va angiotenzin
buyrak usti bezining
gormoni - al’-desteron sintezi va sekretciyaga ta’sir etadi. Distal naylardagi siydik tarkibidagi
natriy kontcentratciyasining kamayishi o’z
238-r.asm. Olib keluvchi arteriyaning elektrom mikrofotografiyasi. xYU. 000.
I I- endoteliy xujayrasi;
2 -
mioepitelioid hujayra; a - sekretor donachchlar; 3 - bazal membrana;
4 - podotcit hujayra.
' -
navbatyda endoteliy hujayralari orqali seziladi-da, YUGA ning ish faoliyatini kuchaytiradi.
YUGAning barcha elementlari nerv oxirlari bilan hamkor-likda buyrak faoliyatining mukammal
bo’lishini ta’minlab tu-radi.
YUkstaglomerulyar kompleksning
Do'stlaringiz bilan baham: