Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XIX bob  SIYDIK AJRATUV SISTEMASI



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

XIX bob 
SIYDIK AJRATUV SISTEMASI 
Umurtqali hayvonlarda va odamda modda almashinuvi chiqin-dilarining organizmdan 
chiqarilishi asosan siydik ajratuv sistemasi orqali bajariladi. Bu sistemaga buyraklar, siydik 
naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv nayi kiradi. 
Ajratuv sistemasining markaziy organi buyraklardir. Siy-dik buyraklarda hosil bo’ladi. 
Siydikning tarkibida suv, tur-li xil tuzlar va modda almashinuvi jarayonining oxirgi modda-lari 
bo’ladi. Ajratuv gchstemasining buyrakdan boshqa hamma qismlari siydik chiqaruv yo’llarini 
hosil qiladi. Bundan tash-qari, buyraklar ichki muhit faoliyatini saqlashda, suv-tuz al-
mashinuvini boshqarishda, arteriyadagi bosimni bir me’yorda ushlab turishda, ichki muhitning 
kislota-ishqoriy muvozanati boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Gormonal funktciyasi erit-
ropoetin, prostoglandin va renin ishlab chiqarish bilan ifoda-lanadi. Buyraklar yana organizmda 
yog’, oqsil, uglerod va vitamin-lar almashinuvida ham ishtirok etadi. 
So’nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlarning ko’r-satishicha, yangi tug’ilgan 
chaqaloqlarda ichak o’z faoliyatini ro’y-rost boshlab olguniga qadar buyrakda oqsilning 
parchalani-shi kuzatiladi. Bu holat yosh organizmda buyrakning ovqatni hazm qilish protcessida 
muhim o’rni borligini ko’rsatadi. 
Buyraklarning bu xilda ko’p qirrali faoliyat ko’rsatishi ular strukturasining murakkab 
tuzilganligidan dalolat bera-radi. Ularning taraqqiyoti ham murakkab jarayonlardan iborat. 
BUYRAK 
Taraqqiyoti. Buyrak taraqqiy etish jarayonida ketma-ket uch davr-ni: old buyrak (Pronephros), 
birlamch.ch buyrak (mesonephros) va pirovardida, ikkilamchi-oxirgi buyrak (matanephros) hosil 
bo’lish davrlarini boshdan kechiradi. 
Old buyrak va birlamchi buyrak, aslida mustaqil ajratuv organ bo’lsa ham, buyrak taraqqiyoti 
uchun mansub bo’lmaydi va asta-sekin yo’qolib ketadi. Buyrakning har bir yangi bosqichi 
kranial-kaudal tomonga yo’nalishda kaudal tomonga yaqinroq joylasha boradi va natijada oxirgi 
- ikkilamchi buyrak kra-nial qismdan eng uzoqda, bel sohasida bo’ladi. 
Old buyrak 
(pronephros). Pusht o’rta varag’ining oldingi 8-10-segment oyoqchalaridan hosil 
bo’ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib egri-bugri naychalar - protonefridiylar- 
ga aylanadi. Bularning uchi tananing ikkilamchi bo’shlig’iga- tcelomga ochiladi. Ikkilamchi- 
somitlarga qaragan uchi esa kau-dal yo’nalishda o’suvchi mezonefral nayga ochiladi. Odam 
embrio-nida bu buyrak siydik ajratish organi sifatida xizmat qil-maydi va tezda- qayta aks 
taraqqiyotga uchraydi. 
Birlamchi buyrak 
(mesonep'hros) - embrional hayotda ancha uzoq vaqt ishlaydi. U ko’p sonli (25 
taga yaqin) segment oyoqchala-ridan hosil bo’ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib 
chiqadi va birlamchi buyrak naychalari-metanefridiylarga aylanadi. Metanefridiyning bir uchi 
mezonefral nay tomonga o’sadi va u bilan birlashadi. Metanefridiyning ikkilamchi bo’shliqqa 
qaragan qismidan aorta tomonga yon o’simtalar chiqadi. Bu o’simtalarga aortadan kapillyarlar 
to’rini shakllantiruvchi qon tomirlar keladi. Usimtalar kapillyarlarni qoplaydi va birlamchi 
buyrak koptokchasini hosil qiladi. 
Old buyrak davrida hosil bo’lgan mezonefral kanal kaudal yo’nalishda o’sib, kloakaga ochiladi. 
Odam embrionida 
doimiy buyrak 
(metanephros) rivojlani-shi embrional hayotning ikkinchi 
oyidan boshlanib, tug’ilish-ga yaqin nihoyasiga etadi. Aslida u o’z faoliyatini embrional 
hayotning ikkinchi yarmidan boshlaydi. Ikkilamchi buyrak ikki manbadan: mezonefral naycha 
va nefrogen to’qimadan hosil bo’-ladi. Nefrogen to’qima embrionning kaudal qismlarida joy-
lashgan bo’lib, mezodermaning segment oyoqchalarining bo’linma-gan qismidan iborat. 
Mezonefral nay (Vol’f nayi) devorining nefrogen to’qima tomon, yuqoriga va orqaga o’suvchi 
bo’rtmasi siydik nayi, buyrak jomchasi, kosachalari hamda y i g’ u v n a y l a-r i n i hosil qiladi. 
Nefron nefrogen to’qimadan hosil bo’ladi. Nefrogen to’qima-ning differentciallashuvi uning 
barcha qismida barobar bosh-lanmaydi. Yig’uv nayining berk uchi o’sib, nefrogen hujayralar-
ning bir qator o’zgarishlari natijasida nefron hosil bo’ladi. Bu o’zgarishlar nefrogen pufakcha va 


372 
S-simon tanacha bosqichla-rini o’taydi. S-simon tanacha bosqichida u yig’uv nayining berk uchi 
bilan birikadi. S-simon tanachaning proksimal uchi esa SHumlyanskiy - Boumen kapsulasiga 
aylanadi. Bu tanachalarning qolgan qismlaridan nefronning boshqa barcha bo’limlari rivoj-
lanadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish