Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

chuvalchangsimon o’simta tutgan 
ko’r ichak, chambar ichak 
(ko’tari-luvchi, ko’ndalang va pastki tushuvchi bo’limlari bilan), «S» 
si-mon va to’g’ri ichak.
Yo’g’on ichak devori ham boshqa ichaklar kabi shilliq,, shil-liq osti, mushakvaserozpardalardan 
ibooat (214-rasm). CHambar ichakning barcha bo’limlari bir xil tuzilgan. 
SHilliq pardada faqatgina kriptalar bo’lib, vorsinka-lar tutmaydi. Bundan tashqari, shilliq va 
shilliq osti parda-_ lar ko’pgina burmalar hosil qiladi. Bu burmalar yarim oysimon bo’lib, aylana 
holatda joylashadi. 
yo’g’on ichak shilliq qavati ko’pgina kriptalarga ega. Bu krip-talar ingichka ichak kriptalariga 
nisbatan chuqur (0,4-0,7 mm) va serbar bo’lib, ko’plab qadahsimon hujayralar tutadi. (215-
rasm). SHilliq parda epiteliysi jiyakli va jiyaksiz tcilindrsi-mon ho’jayra (enterotcit)lar, 
qadahsimon hujayralar hamda yuqorida aytib o’tilgan bir qator endokrin hujayralardan tash-kil 
topgan. 
Jiyakli enterotcitlar ingichka ichakning shunday hujayralari tuzilishiday bo’lib, bu erda faqatgina 
hujayralarning mikro-vorsinkalari biroz ingichkadir. Jiyaksiz enterotcitlar kripta-yaarning quyi 
qismlarida joylashib, barcha epiteliy hujayrala-ri uchun kambial hujayra hisoblanadi. SHuning 
uchun ham bu Hujayralarda mitoz bo’linishi ko’plab uchraydi. 


351 
214- rasm. Yo’g’on ichak. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgap. 06. 20, ok. 10. 
1 - krnpta; 2 - qoplovchi epiteliy; 3 - kadahsichon hujaPralar; 4 - krchptaching kun-dalang 
kesimi; 5-bnriktiruvchi to’qimali xususiy qatlam. 
Epityoliy ostida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq pardaning 
xususiy qatlami joylasha-di. Bu qatlam qon tomir va nerv chigallariga mo’l va ingichka 
ichakning shunday qatlamiga nisbatan limfoid to’qima to’plamla-rini ko’proq tutadi. Bu 
tuzilmalarning soni to’g’ri ichak tomon kamayib boradi. Limfoid follikullardan limfotcitlar atrof 
to’qimaga yoki epiteliyga qarab migratciya qilishi mumkin. 
SHilliq pardaning mushak qatlami ichki - aylana, tashqi - uzunasiga va qiyshiq yo’nalgan silliq 
mushaklardan iborat. 
SHilliq osti, mushak va seroz pardalar ingychka ichakning shunday pardalari kabi tuzilgan 
bo’lsa-da, ayrim farq-larga ega. Yo’g’on ichak shilliq osti pardasida limfoid folli-kullar ko’plab 
uchraydi. Bu follikullar xususiy qatlamdan bo’r-tib turadi. Mushak parda 2 qavat-aylana (ichki) 
va uzunasiga (tashqi) yo’nalgan mushaklardan iborat. Tashqi mushaklar qava-ti yaxlit bo’lmay, 
mushak hujayralari tutam-tutam joylashib, butun chambar ichak bo’ylab yo’nalgan 3 ta tasma 
hosil qiladi. Bu joylar tashqariga turtib chiqib turuvchi bo’rtmalar hosil qila-di. Mushak 
qatlamlari orasida siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima joylashib, u tomirlar va nerv 
chigallari tutadi. 
Yo’g’on ichakning seroz pardasi chambar ichakni tashqi tomon-dan o’rab, ko’pgina yog’ 
hujayralariga ega. 


352 
215- rasm. Yo’g’on ichyak krpptalariming eliteliysi. Gematoksn-lin-eozin bilap bo’yalgan. 06. 
40, ok. 10. 
1 - jiyakli hujayralar; 2 - jiyak; 3 - qadahsimon hujayra; 4 - kripga b>shligi; 5 - xususiy qatlam. 
To’g’ri ichak. To’g’ri ichakda yuqori - chanoq va pastki - anal qismlar tafovut etiladi. yo’g’on 
ichakning chanoq qismi shilliq pardasida uchta ko’ndalang burma mavjud bo’lib, ularning hosil 
bo’lishida shilliq osti pardasi va mushak pardaning aylana qa-vati ishtirok etadi. Bu burmalar 
quyiroqda 8-10 ta uzunasiga yo’nalgan burmalar bo’lib, ular orasida chuqurliklar bor. 
To’g’ri ichakning anal qismida uchta: ustunsimon, oraliq va te-ri zonalari tafovut etiladi. 
Ustunsimon zonada uzunasiga joylashgan burmalar anorektal us-tunlar hosil qilsa, oraliq zonada 
bu ustunlar qo’shilib shilliq pardaning eni 1 sm cha bo’lgan silliq yuzali zonasi - bavosil 
halqasi (zona haemorrhoidalis) ni tashkil qiladi. SHu burmalar. orasidagi chuqurchalar (botiqlik) 
rektal sinuslarni hosil qiladi. 
To’g’ri ichakning devori ham chambar ichak kabi tuzilishga ega bo’lib, shilliq, shilliq osti, 
mushak va seroz par-dalardan iborat. 
SHilliq parda epiteliy, xususiy va mushak qatlamlarga ega. Yo’g’on ichakning ayrim qismlarida 
epiteliy har xil bo’ladi. To’g’ri ichakning yuqori qismida epiteliy bir qavatli prizmatik, 
ustunsimon zonasida ko’p qavatli tcilindrsimon, oraliq zonasi-da ko’p qavatli yassi 
muguzlanmaydigan va teri zonasida ko’gg qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Ko’p qavatli 
kubsimon epi-teliy ko’p qavatli yassi epiteliyga birdan egri-bugri a n o r e k-tal chiziq (linea 
anarectalis) hosil qilib o’tadi. Teri epi-teliysiga o’tish esa asta-sekin bo’ladi. 
To’g’ri ichak epiteliysida jiyakli, qadahsimon va ayrim endo-krin hujayralar mavjud. Endokrin 
hujayralar (ECL) ichak-ning ustunsimon zonasida ko’plab uchraydi. To’g’ri ichakning yuqo-ri 
qismlarida kriptalar ko’p bo’lsa, quyi tomon ular yo’qolib boradi. 
Xususiy qatlam siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, ayrim limfa 
follikullarini tutadi. To’g’ri ichakning ustunsimon zonasida yupqa devorli qon tomir-lar,- 
lakunalar bo’lib, ulardan venalarga qon o’tadi. Ichakning oraliq zonasida ayrim yog’ bezlari 
uchrasa, teri qismida esa te-riga xos bo’lgan boshqa tuzilmalar ham bo’ladi. 
SHilliq pardaning mushak qatlami ingichka ichakdagidek 2 qavat bo’lib uzunasiga yo’nalgan 


353 
burmalargacha davom etadi- ichakning oxirgi qismida mushaklar yo’qolib boradi. SHuning 
uchun ham ichakning bu qismida shilliq pardaning xususiy qat-lami to’g’ridan-to’g’ri shilliq osti 
pardaga o’tadi. Bu qavatlar ko’pgina mayda burma venalar tutadi. Bu venalarning amaliy 
meditcinada - klinikada ahamiyati katta. SHu venalar kengayishi natijasida shilliq parda siljiydi 
va kengaygan tomir anal teshik yuzasiga chiqib qoladi- gemorroy kasalligi kelib chi-qadi. 
SHilliq osti parda siyrak tolali shakllanmagan bi-riktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, nerv 
oxirlari va nerv chigallari tutadi. Bu parda venalarga mo’l va mushak pardaga qadar davom 
etuvchi naysimon bezlarga ega. 
To’g’ri ichakning mushak qavati ikki - ichki (aylana) va tashq

(uzunasiga yo’nalgan) qatlam 
silliq mushak hujayralaridan iborat. (sphincter ani internus et externus). Aylana mushaklar 
yuqori va quyi qalinlashgan joy (sfinkterlar) hosil qiladi. Quyi sfinkter ko’nda-lang - targ’il 
mushakdan tashkil topgan to’g’ri ichak mushak pardasi-ning tashqi bo’ylama qavati yo’g’on 
ichakning boshqa qismlaridan farh-li o’laroq yaxlitdir. Mushaklar orasidagi nerv chigallari va 
qon tomirlari mo’l bo’lgan siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’-qima qatlami joylashadi. 
216- rasm. CHuvalchangsimop o’simta. A - shilliq pardya; B -shilliq ssti pardasi; V - mushak 
parla; G - seroz parda. 
I - 5piteliy; 2 -xususiy qatlam; 3 - shillnq pardaning m>shak qatlamn; 4 - kripta; 5 - limfoid 
folliqul; 6 - qon tomirlar; 7 - mezoteliy (v. G. Eliseevdan). 
Seroz parda to’g’ri ichakning faqatgina yuqori qismini qoplaydi, distal qismi esa adventitcial 
parda bilan o’ralgan bo’ladi. 
CHuvalchangsimon o’simta (oppendix). CHuvalchangsimon o’simta ko’r ichakning ortig’i 
hisoblanib, uzunligi 2-25 sm, yo’g’onligi 0,5 sm dir. Ko’p hayvonlarda ichakning bu qismi 
yaxshi rivojlan-gan bo’ladi. SHuning uchun ham ba’zi olimlar bu tuzilmaii 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish