Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

bazal donabor (Qul’chitckiy) hujayralar 
deb ham yuritiladi. Ichakda 
endokrin hujayralarning bir necha turi uchraydi. Ularning ko’pchiligini serotonin, motilin va R-
moddani ishlab chiqaruvchi EC- hujay-ralar tashkil qiladi. Enteroglyukagon ishlaydigan A- 
hujayra-lar juda kam. Sekretin ishlaydigan S-hujayralar esa ichakning har xil bo’limlariga bir xil 
tarqalmagan. Bundan tashqari, ichakda xoletcistokinin va pankreozimin ishlovchi 1-hujayralar, 
gastrin ishlovchi S-hamda aktiv peptidlar ishlaydigan D va D

hujayralar topilgan. 
Nanet hujayralari kriptalar tubida joylashib, tci-toplazmasining apikal qismida sekret donalar 
tutadi. YAqin davrgacha Panet hujayralarida ichak bo’shlig’idagi parchalanish 


343 
208- rasm. Ingichka ichak vorg.inkasidagi end-jrin huj1Yrasiniig (EC- hujayra) elektren 
mikrefetografiyasi. x25.000. 
1 - yadre; 2 - sekrgger detchalar; 3 - mntoxondrchya. 
209-rasm. Ingichka ichak kriptasidagi endokrin hujayraning (1-hujayralar) 
elektron mikrofotografiyasi. x 12.500. 1 - yadro; 2 - sekretor donachalar; 3 - mitoxondriyalar. 


344 
210- rasm. Apikat donador (Paiet) hujayrannng elektron mikrofotogrgfiyasi. x 18.000. 
1» sekretor granula/ar; 2- yadro; 3"-lizosomalar; 4 - mitoxondriya: 5 - kripta bo’shlig’i; t> - 
plastinkasimon kompleks; 7 - endoplazmatik to’r . 


345 
211 oasm Ingichka ichak neyroepiteliy hujayrasshshpg elektron mikrofotogra-
v
'
 
fiyasi. X 
12.000. 
.-„„kroeors.jalar; 
2
-
N
ikr
E
„a,,
GnR
:
k
Z-
l
YADR
:
M-m
YT
o
X
on
D
r
IYA
l
a
r
;
5 - plas.inka- 
jarayonida ishtirok etuvchi ferment ishlanadi, deb qaralsa-da, shu vaqtgacha bu hujayraning aniq 
fiziologik faoliyati ravshan emas. Gistoximiyaviy usullar bilan tekshirilganda Panet hujay-ralari 
donalarida oqsil, mukopolisaxaridlar, rux, ishqoriy fosfataza va maxsus esteraza kabi moddalar 
aniqlangan. Panet hujayralarining elektron mikroskopik ko’rinishi ularning sek-retor faoliyatidan 
darak beradi (210-rasm). Hujayralar tcilindrsimon bo’lib, apikal yuzasida kalta, siyrak 
mikrovorsin-kalar va tcitoplazmasida yaxshi rivojlangan donador endoplaz-matik to’r tutadi. 
«Tukli» yoki tutamli hujayralar (tuft cells) lim-foid follikullari sohasidagi epiteliyda uchrab, 
noksimon ko’-rinishga ega. Bu hujayralarning apikal yuzasida uzunligi 0,6- 1,0 mkm va eni 0,2-
0,3 mkm bo’lgan ko’pgina mikrovorsinkalar mavjud. «Tukli» hujayralar mikrovorsinkalarining 
tcitolem-masidan hujayra yadrosi tomon mikronaychalar va ko’pgina mik-rofibrillalar yo’nalgan 
(211-rasm). Mikronaychalar devori 6- 8 nm qalinlikka ega bo’lib, tarmoqlanmaydi, o’zaro 
anastomozlar hosil qilmaydi. Neyroepitelial hujayralar tcitoplazmasida organellalar kam bo’ladi. 
Hujayra yadrosi yirik va yumaloq bo’-lib, hujayraning kengaygan asosida joylashadi. «Tukli» 
hujay-ralar o’zining atrofidagi boshqa hujayralar bilan biriktiruv-chi kompleks va desmosomalar 
hosil qiladi. «Tukli» hujayralar tuzilishining umurtqalilar retceptor (sezuvchi) xujayralari 


346 
tuzilishiga o’xshashligi hamda limfoid follikullar ustida joy-lashganligi ham ularning retceptor 
(neyroepitelial) hujayra-larga oidligini ko’rsatadi. 
Ichak epiteliysining doimiyligi vorsinkalardan ko’chib tusha-yotgan hujayralar va kriptalarda 
joylashgan hoshiyasiz ixtisos-lashmagan hujayralarning bo’linishidan yangidan hosil bo’lib, 
vorsinkalar tomon siljiyotgan hujayralar orasidagi muvozanat hisobiga saqlanadi. Kripta 
hujayralarida mitoz figuralari-ning bo’linishi azaldan ma’lum bo’lsa-da, ichak epiteliy hujay-
ralarining yanglanib turishi jarayonining mexanizmi avtoradio-grafiya usulini qo’llash bilan 
aniqlanadi. Dastavval kripta hujayralari bo’linadi (proliferatciya) (212-rasm), so’ng vorsin-kaga 
qarab siljiydi (migratciya) va nihoyat, bu hujayralar tu-shib ketadi (ekstruziya). Epiteliy 
hujayralarining to’liq al-mashinishi o’n ikki barmoq ichak uchun 48 soat, och va yonbosh ichak-
lar uchun 72 soatga tengdir. yo’g’on ichakning epiteliysi uchun al-mashish davri 4 sutkaga teng. 
Kriptada bo’lingan hujayralarning vorsinkaga siljishi mobaynida epiteliy hujayralari diffe-
rentciallashadi va ixtisoslashadi: epiteliy balandlashib, mik-rovorsivkalar miqdori va bo’yi ortib 
boradi, hujayra organel-lalarining soni ko’payadi, hujayra takomillashadi. 
Ingichka ichak shilliq pardasining xususiy qatlami retikulin to-lalari mo’l bo’lgan siyrak tolali 
shakllanmagan biriktiruvchi to’qi-madan iborat. Tomirlar atrofidagi biriktiruvchi to’qimada 
elastik tolalar ko’p bo’ladi. Bu qatlamda ko’pgina limfoid to’qimalar to’p- 
212- rasm. Ingichka ichak kriptasidagi N
3
timidin bilan nishonlangan hujay- 
ralar. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10 
1-kriptalar; 2 - nishonlangan hujayralar. 
lami yotadi. Ular yakka-yakka yoki guruhlar hosil qilib joylashishi mumkin. Solitar (yakka-
yakka joylashgan) limfoid follikullar (folli-culi lymphatici solitar) ingichka ichakning hamma 
erida uchraydi. Ular-ning diametri 0,5 - 3 mm atrofida bo’ladi. Ingichka ichakning dis-tal 
bo’limlarida follikullar yirikroq bo’lib, shilliq pardaning mushak plastinkasiga ham kirib boradi, 
qisman shilliq osti pardada ham joylashishi mumkin. 3 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar 
ingich-ka ichagining devorida 15000 tagacha solitar follikula bo’lishi mum-kin. YOsh ulg’aygan 
sari ularning soni kamayib boradi. 
Limfoid follikullar guruhlari (folliculi lymphatici aggregati) yoki i Peyer pilakchalari 
(blyashkalari) o’n ikki barmoq va och ichaklarda ham uchrasa-da, asosan, yonbosh ichakda 
joylasha-di. Ularning soni va kattaligi yoshga qarab o’zgaradi. 5 va undan ortiq limfoid follikul 
tutgan Peyer pilakchalari 12-16 yoshli o’smirlar ingichka ichagida ayniqsa ko’p bo’ladi. Un ikki 
barmoq ichakda Peyer pilakchalari mayda bo’lib, yonbosh ichakka borgan sari ular kattalashib, 
tarkibidagi limfoid follikullarining soni ortib boradi. YOnbosh ichakda 900 tagacha limfoid 
follikul tutgan Peyer pilakchalari uchraydi. Peyer pilakchalarida uch qism: limfoid follikullar, 
gumbaz qismi va follikullar ora-sidagi T-ga bog’liq zona tafovut qilinadi. Gumbaz qismi fol-
likulni yuqoridan o’ragan bo’lib, ichak bo’shlig’iga turtib chiqib turadi. Peyer pilakchasi 
joylashgan sohadagi ichakning shilliq qavatida vorsinka va kriptalar bo’lmaydi. Bu joyning 


347 
epiteliy- 
sida jiyakli, kam ixtisoslashgan jiyaksiz va ba’zan qadahsimon va edokrin hujayralar uchraydi. 
Bundan tashqari, gumbaz qism epiteliysida yuqorida aytib o’tilgan «tukli» hujayralar va maxsus 
M-hujayralar uchraydi. M-hujayralar baland prizmatik shaklga ega bo’lib ularning apikal 
yuzasida glikokaliks yo’q, mikrovorsinkalar deyarli uchramaydi, faqat har xil burmalar va mayda 
o’siqlar mavjud. Terminal to’r yaxshi rivojlanmagan. M-hujayralarning yadro usti qismida silliq 
endoplazmatik to’rning naylari va pufakchalari, mayda mitoxondriyalar va to pofibrillalar 
ko’plab uchraydi. YAdro oval shaklida bo’lib, hu-jayraning ba’zal qismida joylashgan. Ba’zan 
bu hujayralar tcitoplazmasida mul’tivezikulyar tanachalar ham uchraydi. Hozir-da M-
hujayralarning o’zidan makromolekulalarni, reoviruslar-ni va bakteriyalarni o’tkazish 
xususiyatiga ega ekanligi aniqlan-gan. Demak, Peyer pilakchalari organizm immun 
sistemasining muhim qismi bo’lib antigenlar bilan aloqa qilishda va sek-retor immunoglobulinlar 
ishlab chiqarishda etakchi rol’ o’y-naydi. 
SHilliq pardaning mushak qatlami ikki qavat: ichki-aylana, tashqi - uzunasiga yo’nalgan silliq 
mushaklardan tashkil top-gan. Ichki mushak qatlamidan vorsinka va kriptalarning xususiy 
qatlami tomon ayrim mushak hujayralari yo’naladi. Bu joyda mushaklar so’rg’ich stromasi va 
bazal membrana bilan bog’lanuvchi argirofil tolalar bilan o’ralgan bo’ladi. SHu mushakning 
qisqa-rishi vorsinkaning kaltalashishi va so’rilgan moddaning shilliq parda tomirlari tomon 
so’rilishiga sabab bo’ladi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish