Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

ru-diment a’zo, 
deb 
yuritishadi. 
CHuvalchangsimon o’simta devori yo’g’on ichak singari 4 pardadan iborat (216-rasm), lekin 
ba’zi bir farqlar mavjud. SHilliq pardasida kriptalar ko’p bo’lib, ichak teshigiga nisbatan radial 
joylashgan va kam miqdorda qadahsimon hujayralari bo’lgan jiya.kli epiteliy bilan qoplangan. 
Yo’g’on ichakka nisbatan o’sim-tada endokrin hujayralar ko’proq bo’ladi. Apikal donador hu-
jayralar kriptalar tubida kam miqdorda uchraydi. Kripta tubi-da joylashgan kam 
differentciallashgan hujayralar ichak epite-liysining tiklanishida katta ahamiyatga ega. Xususiy 
qatlam kriptalararo stromani tashkil etgan, siyrak tolali shakllan-magan biriktiruvchi to’qimadan 
iborat. Bu qatlam sekin-asta shilliq osti pardaga o’tadi. SHilliq pardaning mushak qatlami 
o’simtada yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. SHilliq osti pardasi 
siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, qon tomir va nerv chigaliga 
boy bo’ladi. Bu pardada lim-fotcitlar ko’plab limfoid to’plamlarini (limfoid follikul-larni) hosil 
qiladi. Limfoid follikullarda yirik ko’payish markazlari mavjud. Follikullar atrofidagi 


354 
biriktiruvchi to’-qimada limfotcitlar juda ko’p uchraydi, ularning bir qismi epiteliy orqali o’simta 
bo’shlig’iga o’tadi. Bu hollarda o’simta bo’shlig’ida ko’chib tushgan epiteliy hujayralari va 
o’lgan limfo-iitlar to’dalarini ko’rish mumkin. Mushak parda silliq mushak-larning ichki aylana 
va tashqi uzunasiga ketgan qatlamlaridan iborat. CHuvalchangsimon o’simta tashqarisidan seroz 
parda bi-lan o’ralgan. SHilliq va shilliq osti pardalarida yotgan himoya vazifasini bajaruvchi 
ko’plab limfoid to’qimalar to’plamlari - follikullarni tutganligidan chuvalchangsimon o’simta 
ichak mur-tagi 
deb ham ataladi. 
Yo’g’on ichakning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. Oxirgi qon tomir ravoqlaridan 
to’g’ri arteriyalar yo’g’on ichak devoriga kiradi. Yo’g’on ichakning shilliq osti pardasiga kirish-
da to’g’ri arteriyalar mushak va mushak-seroz osti tarmoqlarini beradi. SHilliq osti pardasida 
to’g’ri arteriyalar o’ta rivoj-langan arteriya chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan mushak va shilliq 
pardalariga yo’naluvchi qaytuvchi arteriolalar tarmoq-lanadi. Bu qaytuvchi arteriolalar kriptalar 
asosida arteriya-ning bazal to’rini barpo etadi. SHu tuzilmalar orqali yo’g’on ichakning shilliq 
pardasi oziqlanadi. Kriptalar asosvdagi ar-teriolalar kriptalarning, uzunasi bo’ylab yo’naluvchi-
perpen-dikulyar kapillyarlarga tarmoqlanadi. SHu kapillyarlar kripta uchiga borib, epiteliy osti 
kapillyarlar to’ri bilan qo’shilib ke-tadi. Kriptalarning yuqori 7
3
qismida kapillyarlar qo’shilib 
perpendikulyar venulalarni, ular esa kriptalar asosida o’zaro qo’shilib bazal vena to’rini hosil 
qiladi. Bu venalar qoni shil-liq osti vena chigaliga quyiladi. 
yo’g’on ichakning nerv bilan ta’minlanishida parasimpatik vegetativ nerv sistemasiga qarashli 
sayyor va chanoq nervidan boshqa barcha simpatik nerv tugunlari ishtirok etadi. Io’g’on 
ichakning intramural nerv apparati xuddi ingichka ichakdagi sin-gari bo’ladi. Nerv gangliylari 
Dogelning I va II tip nerv hu-jayralarini tutadi. Uzining tuzilishiga va ahamiyatiga ko’ra, 
ko’richak mushak qavatlari orasida joylashgan nerv tugunlari-ning tuzilishi yo’g’on ichakning 
boshqa qismiga qaraganda birmun-cha farq qiladi. Ko’richak devorining mushak qavatiga 1 sm-
yuzasida 15000 va chuvalchangsimon o’simtada 1600 ganglioz hujay-ralar bo’ladi. Bu esa 
me’da-ichak sistemasining qolgan bo’limla-ridagidan ancha ko’pdir. 
ME’DAOSTI BEZI 
Me’da osti bezi (pancreas) ovqat hazm qilish sistemasining katta bezlaridan hisoblanadi. U 
aralash bez bo’lib endokrin va ekzokrin qismlardan tuzilgan. 
Bezning ekzokrin qismida tripsin, ximotripsin, karboksi-peptidaza, amilaza, lipaza, esteraza va 
boshqa fermentlarga boy bo’lgan pankreatik shira ishlab chiqariladi. Pankreatik shira bezning 
chiqaruv nayi orqali o’n ikki barmoq ichakka tu-shadi va uning fermentlari ta’sirida ichakda 
oqsil, karbonsuv va yog’lar o’zlarining oxirgi mahsulotlari (monomerlari)gacha iarchalanadi. 
Endokrin qismida insulin, glyukagon, somatostatin, pankrea-tik polipeptid kabi gormonlar ishlab 
chiqariladi. Bu gormon-lar organizmda uglevodlar, oqsillar va yog’lar almashinuvini 
boshqar.ishda ishtirok etadi. 
Taraqqiyoti. Me’da osti bezi pusht hayotining 3-4-haftasida birlamchi ichakning dorzal va 2 ta 
ventral epitelial bo’rtmala-ridan rivojlanadi. Dorzal bo’rtmadan bezning tana va dum qis-mi, 
ventral bo’rtmadan bosh qismi va bezning chiqaruv naylari rivojlanadi. Keyinchalik entodermal 
bo’rtmalarning hujayra-lari epiteliy tasmalari hosil qilib, atrofdagi mezenximaga o’sib kiradi. 
Embrional taraqqiyotning 5- haftasida epitelial tasmalardan birlamchi chiqaruv naylari hosil 
bo’lib, ular kuchli tarmoqlanib uchi berk holda tamom bo’ladi. Bu naylarning devo-ri bir qavatli, 
ixtisoslashmagan epiteliydan iborat. Embrional rivojlanishning 4- haftasida chiqaruv naylaridan 
epitelial kurtaklar hosil bo’lib, bular sekretor bo’limga aylanadi. 
Hujayralarda donadorlikning paydo bo’lishi sekretor fao-liyatning boshlanishini ko’rsatadi, bu 
esa embrional taraqqiyot-ning 5-oylarida yuz beradi. Bola tug’ilgandan so’ng bezning mor-
fofunktcional taraqqiyoti 18-20 yoshgacha davom etadi. Bezning endokrin qismi embrionning 3 
oyligidan birlamchi chiqaruv nay-larning kurtaklari shaklida taraqqiy eta boshlaydi. Bu epite-lial 
kurtaklar birlamchi bez to’qimasidan orolchalar holida ajraladi. Mezenximadan bezning 
biriktiruvchi to’qimali asosi va tomirlar rivojlanadi. 
ME’DA OSTI BEZINING TUZILISHI 
Anatomik jihatdan bezning bosh, tana va dum qism-l a p i tafovut qilinadi. Bezni qoplovchi 


355 
yupqa kapsula birikti-ruvchi to’qimadan iborat bo’lib, u bezning ichkarisiga kirib bo-rib, 
bo’laklarga ajratadi. Biriktiruvchi to’qimadan qon tomir-lar, chiqaruv naylari, limfa tomirlari va 
nervlar joylashadi. 
Bo’laklar e k z o k r i n va e n d o k r i n qismlardan tashkil topgan. Bez massasini 97% ga yaqini 
ekzokrin, 3% ga yaqini endo-krin qismdan iborat (217-rasm). 
Bezning ekzokrin qismi. Bezning bu qismi atcinuslar (254-rasmga q.) va chiqaruv naylarining 
yig’indisidan iborat. Me’da osti bezi ekzokrin qismining struktura-funktcional birligi bo’-lib 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish