Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Adventitcial parda 
siyrak tolali shakllanmagan biriktiruv-chi to’qimadan iborat bo’lib, bir 
tomondan mushak qavatidagi, tashqari tomondan a’zo atrofidagi biriktiruvchi to’qima bilan 
aloqada bo’ladi. Adventitciyada bo’ylama yo’nalgan qon tomirlar va nerv tolalar ko’plab 
joylashadi. Qizilo’ngachning pastki - qorin qismida adventitciya o’rnida seroz parda bo’lib, u 
mezote-liy bilan o’ralgan biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan. 
ME’DA 
Og’iz bo’shlig’ida mexanik ishlovdan o’tgan oziq moddalar qi-zilo’ngach orqali me’daga 
tushadi. Bu erda u me’da shirasi bilan aralashadi va kimyoviy jihatdan qayta ishlanadi. Me’da 
oziq moddalarni ichakda butunlay hazm bo’lishini ta’minlovchi muhim vazifalarni bajaradi. 
Me’daning asosiy vazifasi sekret ya’ni me’da shirasini ishlab chiqarishdir. Me’da shirasi me’da 
devo-ridagi turli bezlar mahsuloti bo’lib, uning tarkibida: pep-sin, ximozin, lipaza fermentlari 


327 
hamda xlo-rid kislota va shilliq modda bor. 
Pepsin - me’da shirasining asosiy fermenti hisoblanadi. Uning ta’sirida ovqat tarkibidagi 
murakkab oqsillar ancha sddiy-al’bumoz va peptonlargacha parchalanadi. Pepsinning fer-
mentativ faoliyati faqat kislotali muhitdagina namoyon bo’ladi, shu sababli uning aktivlanishi 
uchun xlorid kislotaning bo’lishi zarur. Lipaza me’dada oz miqdorda ajraladi va yog’larning par-
chalanishida ishtarok etadi. Faqat emizikli bolalarda me’da shirasi tarkibida ximozin moddasi 
bo’lib, u sutni ivitadi. 
SHilliq modda me’da shilliq pardasi yuzasini qoplab, uni xlorid kislota ta’siridan va dag’al ovqat 
luqmalarining shi- 
kastlashidan saqlaydi. Me’dada 
antipepsin 
deb ataluvchi max-sus modda ishlab chiqariladi degan 
taxminlar bor. Me’da devo-rining pepsinning hazm qiluvchi ta’siriga chidamliligi me’da 
shirasida antipepsin borligi bilan izohlanadi. 
Ovqatni kimyoviy qayta ishlashdan tashqari, me’da organizm uchun muhim bo’lgan qator 
boshqa vazifalarni ham bajaradi. Me’dani mexanik vazifasi ovqatni me’da shirasi bilan ara-
lashtirish va qayta ishlangan ovqat massasini o’n ikki barmoq ichakka o’tkazib berishdan iborat. 
Bu vazifani bajarishda me’-da devorining mushaklari ishtirok etadi. Me’da dsvorida ovqat bilan 
kirgan vitamin V^ning so’rilishini ta’minlovchi a n t i-anemik omil (faktor) hosil bo’ladi. Bu 
omilning bo’lmas-ligi odamda xavfli kamqonlik kasaliga olib keladi. Me’da de-vori orqali suv, 
spirt, tuzlar, qand va boshqa moddalar yaxshi so’riladi. SHu bilan birga me’da qisman ekskretor 
vazifani ham bajarishi mumkin. Ba’zi buyrak kasalliklarida me’da devori orqali oqsil 
almashinuvining ba’zi oxirgi mahsulotla-ri (ammiak, mochevina va boshqalar) ajralishi mumkin. 
Me’da endokrin vazifani ham bajarib, gastrin, gistamin, serotonin, motilin, enteroglyukagon va 
boshqa qator biologik aktiv modda-larni ajratadi. Bu moddalar me’da va hazm qilish yo’llarining 
boshqa bo’limlari motorikasiga (harakatiga) va bez hujayra-larining sekretor faoliyatiga 
kuchaytiruvchi yoki pasaytiruvchi 
ta’sir qiladi. 
Taraqqiyoti. Me’da embrion ichagining o’rta bo’lagidan taraq-qiy etadi, ya’ni embrion 
takomilining 4- haftasida birlamchi ichakning kengaygan qismidan me’da hosil bo’ladi. Ichak 
nayi endotermasidan epiteliy va me’da bezlari rivojlansa, me’da-ning qolgan qismlari 
mezenximaning hosilasi hisoblanadi. Me’da qoplamasi, dastavval yadrolari turli sathlarda 
yotgan-ligidan ko’p qatorli ko’rinishga ega bo’lgan tcilindrsimon hujay-radan iborat bo’ladi. 
So’ngra epiteliy bir qator bo’lib joyla-shadi. Embriogenezning 6-10 haftalarida epiteliy 
biriktiruv-chi to’qimaga botib kirib, me’da chuqurchalarini hosil qiladi. CHuqurchalar tubidan 
me’da bezi vujudga keladi. Embrional ta-raqqiyotning 7-8 oylarida me’da bezlarida faqat 
qo’shimcha va parietal hujayralar, keyinroq borib bosh hujayralar paydo 
bo’ladi. 
Me’daning pilorik qismida epiteliy qoplami kechroq tako-millashadi. Bu erda me’da 
chuqurchalari embriogenezning 9- haf-tasida paydo bo’lsa, bezlar 15-haftaga kelib diffe-
rentciyalasha-di. Me’daning kardial bezlari esa, yana ham kechroq - embrional taraqqiyotning 
ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etadi. Me’da mushak qavatining taraqqiyoti notekis boradi. 
Aylana mushaklar embrion taraqqiyotining 6-haftasida hosil bo’lsa, 4-oyda uzuna-siga va 
kechroq qiyshiq yo’nalgan mushaklar qatlami paydo bo’la-di. Me’da shilliq pardasining mushak 
qatlamlari embriogenez-ning 3-oyida va keyinchalik pilorik sfinkter shakllanadi. Hat-to 
homilaning tug’ilish paytida ham hali me’da bez hujayrala- 
ri mukammal takomillash-magan bo’ladi. YAngi tug’il-gan chaqaloq me’dasi asosan mukoid 
sekret - shilliq ishlab chiqaradi. Pepsin va boshqa fermentlar 5-6 oylik chaqaloqlarda, xlo-rid 
kislota hosil bo’lishi esa 1 yoshdan boshlanadi. 10-12 yoshlik bolalar me’-dasi tuzilishi va 
faoliya-ti jihatidan kattalarni-kidan farq qilmaydigan bo’ladi. 
ME’DANING TUZILISHI 
Me’dada anatomik ji-hatdan kardial, tub, tana va pilorik qismlar tafo-vut etiladi. Me’da devori 
shilliq, shilliqosti, mushak va seroz parda-lardan (199-rasm) iborat. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish