Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

mezangial hujayralar 
uchraydi. Bu hujayra-ning asosiy qismi hujayra oraliq moddasini hosil qilsa, ba’zilari 
makrofaglik xususiyatga ega bo’ladi. 
SHumlyanskiy - Boumen kapsulasining 
parietal varaq 
hujay-ralari yassi epiteliydan iborat 
bo’lib, yadro joylashgan sohada hujayra tanasi qalinlashadi. SHumlyanskiy - Boumen kapsula-
sining nefron proksimal bo’limiga o’tar joyida kapsula hujay-ralari bir oz balandlashadi. 
SHumlyanskiy - Boumen kapsulasining parietal varaq hujay-ralari orasidagi chegaralar qiyshiq 
yo’nalgandir. Bir hujayra tanasining ikkinchi hujayra tanasi ustiga yotishi cherepitcalar-ning 
joylashishini eslatadi. 


376 
Qapsulaning tashqi qavati epiteliysi nefronning proksimal bo’lim epiteliysigacha davom etadi. 
Nefronning proksimal bo’limi uzun - egri-bugri va qisqa-to’g’ri naychadan iborat bo’lib, 
diametri 60 mkm gacha bo’ladi. Proksimal bo’limning SHumlyanskiy - Boumen kapsula-siga 
tutashgan qismida hujayra kubsimon, proksimal bo’limning egri-bugri qismida tcilindrsimon, 
to’g’ri qismida - pastroq tci-lindrsimon shaklga ega. Proksimal bo’limning hujayralari 
jiyakli 
hujatcralardir 
(235-rasm). Elektron mikroskop ostida jiyak mikrovorsinkalardan iborat. Jiyakli 
hoshiyada glyukoza-ning qayta so’rilishida ishtirok etuvchi ishqoriy fosfataza ko’p. Bu bo’limda 
birlamchi siydikdan qonga oqsil, glyukoza, elektro-litlar va suv qayta so’riladi - reabsorbtciya 
bo’ladi. Bu bo’lim hujayralari tcitoplazmasida proteolitik fermentlarga boy bo’lgan lizosomalar 
ko’p bo’ladi. Pinotcitoz yo’li bilan birlam-chi siydikdan hujayra tcitoplazmasiga o’tgan oqsil 
moddalar lizosomal fermentlar ta’sirida aminokislotalargacha parchala-nadi. Aminokislotalar 
so’ngra qonga so’riladi. Proksimal bo’lim hujayralarining bazal plazmatik membranasi tekis 
bo’lmay, burmalar hosil qiladi. Bu burmalar orasida ko’p miq-dorda mitoxondriyalar yotadi. 
Bazal plazmatik membranalarning burmalari mitoxondriyalar bilan birga turli moddalarni hu-
jayradan qonga va qondan hujayraga o’tishida muhim rol’ o’y-naydi. 
Proksimal bo’limda ko’p moddalarning qonga qayta so’rilishi natijasida birlamchi siydik tarkibi 
keskin o’zgaradi. Birlam-chi siydikda qand va oqsil umuman yo’qoladi. Buyrak kasallik-larida 
nefron proksimal bo’limining jarohatlanishi natija-sida oxirgi siydikda oqsil va qand uchrashi 
mumkin. 
Nefron (Genli) qovuzlog’i. Nefron qovuzlog’i in-gichka bo’limdan va yo’g’on qismlardan 
iborat. Po’stloq nefron-larda ingichka bo’lim faqat pastga tushuvchi qismdir. YUkstame-dullyar 
nefronlarda esa ingichka bo’lim qisman yuqoriga ham ko’tariladi. Ingichka bo’lim diametri 13-
15 mkm bo’lib, devori yassi epiteliy hujayralaridan iborat. Hujayra tcitoplazmasi och, 
organellalari esa kam. Hujayralarning apikal qismi 1-2 
235- rasm. Buyrak (Mal’pigi) tanachasiping nefronking proksimal bo’limiga o’tish 
qismi. x 6. 000. 1 - buyrak tanachasi; 2 - proksimal bo’lvm endotsliysi; a - tcilindsrimon 
hoshiyali =,piteliy. 
kalta mikrovorsinkalar tutadi. Bu naycha hujayralari orqali suv qayta so’riladi. Nefron 
qovuzlog’ining yo’g’on qismi (yuqori-ga ko’tariluvchi qismi) diametri 30 mkm bo’lgan 
naychadan iborat bo’lib, ^ujayralari distal bo’lim hujayralarini eslatadi. 
Nefronning distal bo’limi. Nefronning^ distal bo’limi ikki: to’g’ri qism va egri-bugri 
segmentlarga bo’linadi. To’g’ri qism hujayralari kubsimon bo’lib apikal yuzasida kalta, 
mikrovorsinkalarga o’xshash o’simtalar uchraydi. Hujayraning lateral yuzasida bir-biri bilan 
tutashuvchi ko’p sonli o’simta-lar mavjud. Bazal membranalar burmalar hosil qilib,- burma-lar 
orasida kristalari ko’p bo’lgan mitoxondriyalar yotadi. 
Distal kanalning to’g’ri qismida natriyning fakul’tativ reabsortciyasi bo’ladi va bu jarayon 


377 
birlamchi siydik osmotik bo-simning pasayishiga olib keladi. Natriyning fakul’tativ reab-
sorbtciyasi aktiv jarayon bo’lib, osmotik va elektroximik gradi-entga qarshi amalga oshiriladi. 
Distal kanalning egri-bugri qismi hujayralari past tcilindrsimondir. Ular membranasi va 
organellalarining^tuzi-lishi to’g’ri bo’lim hujayralarining tuzilishiga o’xshash bo’ladi. 
Nefronning distal nay hujayralarida mitoxondrnyalarning ko’p bo’lishi va ularda ATF-aza 
aktivligining yuqoriligi hamda mitoxondriyalarning hujayra bazal va lateral membranalari 
236-rasm. Nng’uv iaychalzri:1ing elektren mikrofetograriyasi. \ 3. 000. 
1-vraliq (qorachtnr) hujayrala1| 2-och (oqish) hujayralar. 
bilan bog’liqligi buyrakning kontcentratciyalashtirish kabi mu-rakkab faoliyatini amalga 
oshiruvchi omillardan hisoblanadi. 
yig’uv naylari. Yig’uv naylarini bir necha segment-larga bo’lish mumkin. Nayning 4 ta qismi 
mavjud bo’lib, shu-lardan bittasi buyrak po’stloq moddasida, qolgan uch qismi ma-g’iz qismida 
joylashadi. Bir segmentdan ikkinchi segmentga o’tishda-aytarli ahamiyatli o’zgarishlar 
bo’lmaydi, shuning uchun bu bo’lim shartli tabiatga ega. Yig’uv naylarida aniq ikki xil-bosh 
(oqish) va oraliq {qoramtir) hujayralar " farqlanadi (236-rasm). 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish