220
xilga tafovut qilinadi: a) maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan va b) maxsus bekituvchi
tuzilmaga ega bo’lgan haqiqiy AVA lar. Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan ABA larda
bir tomirning ikkinchisiga o’tishi chegarasi bo’lib arteriola o’rta qavatining tugagan joyi
hisoblanadi. Qon oqimi arteriola devorining o’rta qavatidagi silliq mushak hujayralari tomonidan
boshqariladi (129-rasm, I).
Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lgan AVA larning ham ikki turi farqlanadi:
tutashuvchi arteriya tipidagi AVA devorining ichki pardasida bo’ylama yo’nalgan mushak
hujayralari yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, tomir bo’shlig’iga chiqib
turuvchi yostiqchalar yoki
burmalar hosil qiladi (129-rasm, II A). Mushak hujayralarining qisqarishi natijasida yostiqchalar
tomir bo’shlig`ini berkitib qo’yadi.
129-rasm. Arteriolo-venulyar anastomozlar (AVA) (Yu.I. Afanasevdan).
I – Maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lmagan AVA.
1 – arteriola; 2 – venula; 3 – anastomoz; 4 – anastomozning silliq mushak hujayralari.
II – maxsus bekituvchi tuzilmaga ega bo’lgan AVA: A – tutashuvchi arteriya tipidagi anastomoz;
B – epitelioid tipidagi oddiy anastomoz. D – epitelioid tipidagi murakkab (koptokchasimon)
anastomoz.
1 – endoteliy; 2 – bo’ylama yo’nalgan silliq mushak hujayralar tutami; 3 –
ichki elastic
membrana; 4 – arteriola; 5 – venula; 6 - anastomoz; 7 – anastomozning epiteliysimon
hujayralari; 8 – biriktiruvchi to’qimadagi gemokapillyarlar.
III – Atipik anastomoz. 1 – arteriola; 2 – kalta gemokapillyar; 3 – venula.
Bu anastomozlarning ikkinchi turi epitelioid tipidagi AVA lar bo’lib, ular ham o’z
navbatida oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Epitelioid tipidagi
oddiy AVA lar arterial
qismining o’rta qavatida ichki bo’ylama va tashqi aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari
joylashganligi bilan ajralib turadi. Anastomozning venoz qismiga yaqinlashgan sari ularning
ichki bo’ylama qavati kalta oval shakldagi, sitoplazmasi oqish hujayralar (E-hujayralar) bilan
almashinadi (129-rasm, II B).
Shu mushak hujayralari
epiteliysimon hujayralar deb
yuritiladi.
Bu AVA larning venoz qismi devori juda yupqalashib ketadi. O’rta qavati juda kam miqdorda
aylana joylashgan silliq mushak hujayralarini tutadi. Murakkab yoki koptokchasimon epitelioid
221
tipidagi AVA larning oddiy anastomozdan farqi shuki, ularda qon olib keluvchi arteriola 2–4 ta
tarmoqqa bo’linadi, so’ngra venoz segmentiga o’tadi. Bu tarmoqlar yagona umumiy biriktiruvchi
to’qimali kapsula bilan o’ralgan (129-rasm, II D). Bunday anastomozlar qo’l panjalarining
terisida ko`plab uchraydi. Anastomoz devoridagi epiteliysimon hujayralar suvni o’ziga shimib,
shishish xususiyatiga ega bo’lganligidan tomir bo’shlig’i torayishi yoki butunlay bekilib qolishi
mumkin. Bu hujayralardan suyuqlikni chiqishi esa anastomoz orqali qon oqishini ta’minlaydi.
Ana shunday tarzda anastomoz orqali qon harakati boshqariladi.
Atipik AVA lar (yarimshuntlar) da arteriola va venula bir-biri
bilan kalta kapillyar
tipidagi tomir orqali birlashadi (129-rasm, II). Bu tomir devori orqali qisman modda va gaz
almashinuvi sodir bo’ladi, shu sababli venulaga qisman aralash qon quyiladi.
A’zolar orqali qon oqimini boshqarishda va qon bosimini bir maromda ushlab turishda
arteriolo-venulyar anastomozlarning ahamiyati juda katta. Ular tufayli a’zolar o’z zaruriyatiga
yarasha qon bilan ta’minlanadi. A’zo yoki uning bir qismi ish bajarayotgan bir paytda qonning
ko’p qismi AVA lar orqali to’g’ridan-to’g’ri venalarga yo’naladi.
Qonni kapillyarlar orqali
o’tkazish zaruriyatining kamayishi yurak faoliyatini biroz yengillashtiradi. Bundan tashqari,
arteriya qonining bosimi anastomozlar orqali vena tomiriga uzatilishi ularda qon oqimini
tezlashtiradi va venada kislorodga boy arterial qonning oqishini ta’minlaydi. Bundan tashqari,
organizmning qon aylanishining buzilgandagi va har xil patologik
jarayonlardagi kompensator
reaksiyalarida AVA lar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: