Oyoqlar harkati.
Oyoqlar uzatib yuborilgan bir-biriga
birlashtirilgan, oyoqlar uchi
ham cho'zilgan bo'ladi. Harakat boshlanishi bilan ikkala oyoq tizzadan va chanoq
son bo'g'imlaridan bukiladi. Shu paytning o'zida oyoqlar tizzadan ikki yon tomonga
elka kengiligida keriladi va sal pastga tushiriladi. Oyoqlar bir yo'la tez harakat qilib
suvga yuqoridan pastga bosadi. Bu harakat shartli ravishda tepish degan nom olgan,
biroq buni aniqroq qilib tez bosish desa bo'ladi. Tepish so'zi ko'proq
qo'llanayotganini ko'zda tutib, oyoqlarning tez suvga botirilishi tepish ma'nosini
bermasa ham keyinchalik o'sha so'z ishlatiladi. Bu harakat boshlanganda bel va
dumba bir oz pastga tushiriladi. Oyoqlar yana dastlabki holatga keltiriladi, oyoqlarni
suvga botirish davom etadi. Delfin usulida suzganda bosh bilan elkani suvga chuqur
botirmaslik, gavdani to'lqinsimon
harakatlantiravermaslik kerak
, chunki bu harakat
suzuvchining yo'lini uzaytirish bilan birga qo'shimcha qarshilik tug'diradi,
suzish
suratini pasaytiradi, nihoyat suzuvchining oldinga suzish tezligini kamaytiradi.
Maxsus tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, suzuvchining gavdasining yuqori qismi
birmuncha tebranib turadi. To'lqinsimon
harakat esa, ko'pincha gavdaning pastki
qismi va oyoqlar bilan bajariladi. Delfin usulida suzishning -qo'l va oyoq harakatlari
hamda nafas olishni bir-biriga moslab olib borishning uch turi bor. Bular bir tepish,
ikki tepish va uch tepishdan iborat delfindir. Bular orasida
ikki tepishdan iborat
delfin usulida eng ko'p tarqalgan. Bu usulda suzganda qo'l bilan bir marta nafas
olinadi va nafas chiqariladi. Bu turda dastlab gorizontal holatda,
bosh suvga
botiriladi, nafas chiqariladi, dumba pastga tushiriladi. Shu payt tizzalar bukiladi.
Birinchi tepishga tayyorlaniladi, qo'llar esha boshlaydi. Qo'llar eshishning yarmiga
etganda ikkala qo'l bilan birinchi marta tepiladi. Oyoqlar suvga tezgina botiriladi.
Qo'llar eshishning yakunlovi, oxirgi qismiga o'tganda tepish tugaydi. Eshishning
ikkinchi yarmida bosh ko'tariladi va og'iz
suvdan
chiqadi
, nafas olinadi. Eshib
bo'lgandan song qo'llar quloch ochib oldinga tashlanadi, oyoqlar suv ustiga yaqin
ko'tariladi, nafas olish tamom bo'ladi, harakatning kelgusi bosqichida yuz suvga
botiriladi,
qo'llar
suv
ustiga
tashlanadi,
oyoqlar
ikkinchi
tepishga
tayyorlanib, egiladi. Nafas chiqarish boshlanadi.
Delfin usulida suzganda
harakatning ikki-uch sikli davomida nafas olmay turish qanchalik
maqsadga
muvofiq ekanligini sekundomer bilan aniqlash mumkin. Agar suzuvchi ikki-uch sikl
nafas olmay turib suzish texnikasini o'zlashtirib olsa va o'z natijalarini
yaxshilayotgan bo'lsa, bunday texnikadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ba'zan
shunday bo'ladiki, qisqa masofaga nafas olishni to'xtatib suzish qulayroq, uzoqroq
masofaga esa qulay emas: yoki nafas olishni ikki siklga to'xtatish maqsadga
muvofiq, ammo, uch siklga to'xtatish mutlaqo foydasiz bo'ladi. Yoxud belgilangan
masofani suzib o'tganda harakatlarning har ikki -uch siklida bir marta nafas olish
qattiq charchatib qo'yadi, masofaning bir qismida esa, yaxshi natija beradi. Hamma
variantlarni, tashqi ta'surot yoki kayfiyatga qaramay sekundomer ishlatib tekshirib