Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

 Rezorbsiyaning ketma-ketligi va tezligi turli xil omillar bilan aniqlanadi: dori 
preparatlarini ovqatgacha yoki ovqatdan keyin qabul qilinuvchi vaqti, ovqat turi, ichilayotgan 
suyuqlikning miqdori va harakteri, kunning qaysi vaqti, shilliq suyuqlikning fiziologik holati, 
dori vositalarning kimyoviy va fizik-kimyoviy harakteristikasi va boshqalar. 
Tanlangan rezorbsiya fenomeni professor A.I.Tensova ilmiy tadqiqotlarida batafsil ochib 
berilgan bo‗lib, unda kalsiy xloridning so‗rilish tezligiga korregirlovchi moddalar (olcha 
qiyomi,limon kislotasi, malina essensiyasi kabilar )ta‘siri o‗rganilgan. 
Ayrim vaqtlarda ma‟lum bir kompozitsion tarkibda yordamchi moddalar biofaol
moddalarga, biofaol ingridientlar - yordamchi moddalarga aylanadi. 
Masalan, mannit tabletka dori turlarida to‗ldiruvchi, suyuq dori shaklida esa 
yumshatuvchi vazifasini bajaradi. Uretan, antipirin, xinin kabi biofaol moddalar esa farmakinetik 
darajasini o‗zgartirgan holda dori modalarin turlarini solyubilizatsiya qilish va ta‘sirini 
uzaytirish maqsadida qo‗llaniladi. 
Dori preparatlarida biofaol moddalar bilan yordamchi moddalar o‗rtasida aniq chegara 
qo‗yish mumkin emas, shuning uchun zamonaviy farmatsiyada yangi dori vositalarini 
yaratayotganda quyidagi talabni oldinga olib chiqmoqda: 
dorilarning terapevtik samaradorligiga 
yordamchi moddalarnig ta‟sir etish darajasini aniqlash
. Boshqacha aytganda, yordamchi 
moddalar ko‗r-ko‗rona emas, balki aniq (konkret) individual substansiya bilan qo‗llanilishi 
kerak. 
 YOrdamchi moddalarning asoslanmay qo„lanilishi davolanish effektining pasayishi, 
zo„riqishi, o„zgarishiga yoki dori moddalarining davolanish faoliyatini batamom yo„qolishiga 
olib kelishi mumkin. 
YOrdamchi moddalarning dori vositasining terapevtik faolligiga ta‘sirini adabiyotlarda 
juda ko‗p misollar bilan keltirilgan. Masalan, laktoza izoniazidning faoliyatini minimumga olib 
keladi, lekin testosteronning faoliyatini kuchaytiradi, barbitalnig faolitiyatini sekinlashtiradi. 
Tvin-80 A, D, E vitaminlarining absorbsiyalanishini kuchaytiradi. 
YOrdamchi moddalar terapevtik ta‘sirni nafaqat kuchaytira oladi, balki dori 
moddalarining rezorbsiyalanish yo‗lini to‗sib terapevtik faoliyatini ham kamaytiradi. 
YOrdamchi moddalarning ta‘siri o‗rganilayotgan ishlarda surtma va shamcha asoslariga 
alohida 
e‘tibor 
qaratiladi. 
Professor
I.S. Axgixin natriy salitsilati, atsetilsalitsil kislotasi, norsulfazol, efedrin gidroxloridi, teturam, 
izoniazid, PASK, ftivazid, furazolidon, butadion kabi shamchalarda farmokinetikaga asoslarning 
turi ta‘sirini o‗rgangan. Hattoki, asosga ozgina miqdorda dimetilsulfoksid (DMSO) kiritilishi 
ta‘sir etuvchi moddalarning absorbsiya tezligining birdaniga oshishiga olib kelgan. 
YAngi asoslarning ishlab chiqarish tufayli surtmalarning terapevtik ta‘siri xaqidagi 


18 
tassavurlar o‗zgardi. Emulsiya tipidagi asoslarning qo‗llanilishi dori moddalarning teri orqali 
nisbatan oson diffuziyasini ta‘minlaydi va dori moddalarining yog‗li va suvli fazaga kiritilish 
imkoniyatini oshiradi. 
Masalan, oqsil preparatlari, gelsimon tuzilishli, YUMB eritmaari oshqozon-ichak traktida 
dori moddalarning rezobsiyasini qiyinlashtiradi (almagel). Vazelinda tayyorlangan surtmalar 
faqat teri yuzasida ta‘sir ko‗rsatadi, vazelin teri orqali yomon so‗riladi va o‗z navbatida dori 
moddalarining so‗rilishiga ta‘sir ko‗rsatadi (sulfanilamid surtmalari, fenollar, antibiotiklar va 
boshqalar). 
Vazelin-lanolin asosini polietilenglikol bilan almashtirilishi ―Levosin‖ surtmasini 
antimikrob ta‘sirini 20-80 marotabaga oshirish imkoniyatini berdi. Bu surtmada , G.S. Bashur va 
V.I. Bagdanov tomonidan levomitsetinga polietilenglikol-400ning (PEG-400) potensiyalovchi 
effektidan qo‗llanilganligi kashf etilgan. Levometsitinning PEG-400da erishi tufayli unga xar xil 
mikroorganizmlarning sezgirligi oshadi (Vuda stafilokoklar va sena tayoqchalari 62 martaga, 
patogen ichak tayoqchalari va dizenteriya bakteriyalari - 8 martaga). 
Penitsillindan tashqari boshqa antibiotiklarning antimikrob ta‘siri spektri shunga o‗xshash 
asoslar qo‗llanilganda oshadi. 
YOrdamchi moddalarning biofarmatsevtik i farmakokinetik ko‗rsatkichlari dori 
moddalarning 
xamma 
gamma 
farmakologik 
xususiyatlarini 
ta‘minlashi 
kerak, 
farmakoterapiyaning zamonaviy talablariga javob berishi uchun. YOrdamchi moddalarning 
asosiy axamiyati dori moddalarning farmakinetik modifikatsiyasiga va shundan so‗ng 
tuzilishining shakllanishiga olib keladi. 
Biofarmatsiya va farmakokinetika nuqtai nazaridan yordamchi moddalarga bunday 
yondashuv dori moddalarining faoliyatining selektivligini katta darajada ta‘minlash imkonini 
beradi va dorilarning nojo‗ya ta‘sirini kamaytiradi yoki butunlay yo‗qotadi. Boshqacha aytganda, 
yordamchi moddalarni ilmiy asoslab ishlatilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
YOrdamchi moddalarning tanlanishi ilmiy va ratsional asos (iqtisodiy, estetik va 
boshqalar)da 
o‗tkaziladi, ya‘ni ularning funksional tayinlanishi, biosamaradorligini 
ta‘minlanishi, texnologik tavsifi va xususiyati, tejamkorligi va samaradorligi ko‗rib chiqiladi. 
SHunday qilib, dori va yordamchi moddalarning xossalarining turlicha ekanligi va ular 
assortimentlarining tezda o‗sishi mutaxassisning har qanday yordamchi moddalarning universal, 
har qanday dori moddalari bilan ishlatilishiga aylanish harakatidan voz kechishiga majburlaydi.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish