turg„unlik konstantalari, fazaga o„tish harorati, eruvchanligi
bilan
harakterlanadi va nihoyat moddaning turg‗unligini va uni farmokologik faolligini belgilaydi.
Turli polimorf modefikatsiyalarni eruvchanligi muhim ahamiyatga ega, chunki dorivor
moddani absorbsiyasi (so‗rilishi) unga bog‗liqdir.
Erish jarayoni dorivor preparatning biologik samaradorligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Dorivor
modda dispers faza sifatida albatta suyuqlik bilan o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni dispers muhit
bilan. Bunda u yoki bu kimyoviy reaksiya sodir bo‗lib, u moddani biologik aktivligini
o‗zgarishiga sabab bo‗ladi.
Suyuqliklar polyar, yarimpolyar va polyar emas guruhlarga bo‗linadi. Dorivor modda va
erituvchini kimyoviy xususiyatlariga va o‗zaro kirishish energiyasiga bog‗liq holda, suyuq dori
shakllarida ionli, molekulyar dispersli sistemalar yoki dag‗al dispers qotishmalar hosil bo‗ladi.
Tayyorlash jarayonida ekzo yoki endotermik xodisalar, kontraksiya kuzatilishi mumkin. Suyuq
dori turlarini tayyorlashda texnologik usullar va tarkibini ilmiy asoslagan holda tanlash kerak.
Moddalarni eruvchanligi ularning
yuza xususiyatlariga va may-dalanganlik darajasiga
bog‗liqdir. Dorivor moddani zarrachalarini kattaliklaridagi sezilarli farq so‗rilish tezligini
turlicha bo‗lishiga olib keladi. Bu esa o‗z navbatida dori preparatining klinik noekvivalentligiga
14
olib kelishi mumkin.
Asosan yaxshi eruvchi moddalar tezroq dori shaklidan chiqib, tez so‗riladi va tez
davolovchi ta‘sirini ko‗rsatadi. Lekin, davolash faoliyatini uzaytirish uchun qiyin eruvchi dorivor
moddalar yaroqli hisoblanadi. Bunday dorivor moddalarni olish uchun preparat erimaydigan
muhit hosil qilinadi. Masalan: estradiol benzoat preparatining moydagi eritmasi terapevtik
samaradorligi uch sutka davomida bo‗ladi, suvli eritmasi esa uch haftagacha davom etadi.
Dorivor moddalarni eruvchanligi ularni
qayta kristallanishi usulidan,
tayyor dorivor
vostilarida esa foydalanilgan
yordamchi moddalar va texnologik jarayonga
bog‗liq holda
o‗zgarishi mumkin. Dorivor preparatlarda dorivor moddalarni eruvchanligiga dori shaklini
tanlash ham ta‘sir etadi. Qiyin eruvchi dorivor moddalarni peroral qabul qilish belgilanganda eng
muayyan dori shakli bo‗lib suspenziya hisoblanadi. Bunday dorivor moddalarni suspenziya
to‗ldirilgan elastik kapsulalar ko‗rinishida tavsiya etish maqsadga muvofiqdir.
Dori preparatlarni eruvchanligiga tanlangan yordamchi moddalar - solyubilizatorlar,
yordamchi erituvchilar, yuza faol preparatlar ta‘siri kattadir va ular o‗z navbatida preparatni
samaradorligini oshirishi mumkin. Bu qo‗shimcha moddalarni maqsadli ishlatish kerakligini va
dori shaklini tayyorlash texnologichsini to‗g‗ri tanlash kerakligini ta‘kidlaydi.
Qiyin eruvchi moddalarni eruvchanligini
oshirish va shu bilan birga biosamaradorligini
oshirishning quyidagi bir nechta usullari mavjud:
1. Solyubilizatsiya yordamida, bunda erituvchidagi erimaydigan yoki qiyin eriydigan
birikmalarni YUFM yordamida turg‗un eritmaga o‗z-o‗zidan o‗tish jarayoni deb ko‗riladi.
Adabiyotlardan bu jarayon kolloid yoki qo‗shimcha eruvchanlik deb ataladi.
2. Individual va aralash erituvchilarni ishlatish yo‗li bilan (benzilbenzoat, benzil spirti,
propilenglikol, polietilenglikol, etilsellyuloza, demeksid, glitserin va boshqalar.).
3. Gidrotropiyadan foydalanish usuli bilan. Bunda polyar radikal elektronodonor o‗rnini
bosuvchi organik moddali gidrofil komplekslarni olinishi ta‘minlanadi. Gidrotrop moddalar
misolida natriy salitsilati, natriy benzoati, geksametilentetramin, novokain, antipirin,
mochevina, glitserin, aminokislotalar va boshqalar xizmat qilishi mumkin.
4. Tuz va komplekslar hosil qilish yo‗li bilan:
a) qiyin eruvchi moddalar: asosli va kislotali birikmalar natriy gidrokarbonati yoki ishqor bilan
oson eruvchi tuzga aylanadi. SHu usul bilan fenobarbital, norsulfazol, streptotsid, osarsol va
boshqalarni oson eruvchi birikmalarga aylantirish mumkin;
b) yodning suvli eritmalarini oson eruvchi yod komplekslari bilan yodidlar va ishqorli metallar
yordamida olish;
v) polienli antibiotiklarni suvli eritmalarini (nistatin, levorin va boshqalarni) olish uchun
polivinilpirrolidondan foydalaniladi. Unda suvda erimaydigan modda solyublizator bilan
koordinativ bog‗lanib suvda yaxshi eriydigan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu
yo‗nalishda boshlangan ilmiy tadqiqotlar murakkab fizik-kimyoviy sistema hisoblangan dori
preparatlarida ―dorivor modda - yordamchi modda‖ga nisbatan yangi qonuniyatlarni amalga
oshishiga imkon beradi.
5. Sintetik yo‗l - gidrofil guruhlarni molekula tuzilishiga kiritish: -ON; SOON; - SN
2
– SOON; -
SN
2
ON. Masalan: unitiol. Dorivor moddaning trepevtik faolliligiga shunigdek uning optik
xossasi ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Optik izomerlar orasida kimyoviy farq yo‗q, lekin ulardan
har biri polyarizatsiya nuri tekisligini ma‘lum yo‗nalishida aylantiradi. SHunga qaramasdan
kimyoviy tahlil ta‘kidlaydiki, bir xil moddani turli izomerlari mavjud bo‗lgan dori preparatlari
terapevtik jihatdan ekvivalent bo‗la olmaydi. Preparatni oshqozon – ichak traktida so‗rilishida
15
moddani ionizatsiyalanish darajasi katta ahamiyatga ega.
Vodorod ionlarini konsentratsiyasiga
bog‗liq holda dorivor moddalar ionlashgan yoki ionlashmagan shaklda bo‗lishi mumkin. rN
ko‗rsatkichi eruvchanlikga, dorivor moddalarni taqsimlanish koeffitsientiga, membrana
potensialiga va yuza faolliliga ta‘sir etadi.
Suvsiz dorivor moddalar va kristallogidratlar ularni farmakologik ta‘sirini o‗zgartiruvchi
turli eruvchanlikga egadir. Masalan: kofein, ampitsillin, teofillin suvsiz eritmalari ularni
kristallogdratlariga nisbatan tezroq eriydi, demak tezroq so‗riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |