27
qulaydir. SHu bilan birga bu yo‗l bilan dori qabul qilinganda uni bilogik samaradorligiga tasir
etuvchi omillar miqdori ko‗p.
Oshqozon-ichak traktini fermentlarining tasiri
. Dorivor preparatlarni organizmga
tasiri ularni qachon qabul qilinishiga qarab turlicha bo‗ladi, ya‘ni ovqatgacha, ovqat vaqtida yoki
ovqatdan keyin. Bu oshqozon-ichak trakti (OIT) rN muhitining turlicha ekanligi, ularda ovqat
hazm qilish jarayonini taminlash uchun ajraladigan safro bilan chiqadigan turli fermentlar va faol
moddalar borligi bilan tushuntiriladi.
Ovqatlanish vaqtida va undan keyin oshqozondagi kislotali muhit rN= 2,9...3,0ga etadi,
ingichka ichakniki esa 8,0...8,4ga etadi, bu esa o‗z navbatida ionlarga ajralish jarayoniga, dori
moddasining turg‗unligiga, ularni ovqat hazm qilish traktidan o‗tish tezligiga va qonga
so‗rilishiga keskin tasir ko‗rsatadi. Masalan, atsetilsalitsil kislotasi oshqozon dagi rN muhiti
1dan 3 gacha bo‗lganida to‗liq ionlashmagan holatda bo‗ladi va natijada (lipidlarda yaxshi
eruvchanligi hisobiga) to‗liq so‗riladi. Uni ovqat bilan qabul qilinganda preparatni tuzga
aylangan miqdori oshadi, oshqozonda so‗rilish tezligi juda sekinlashib (tahminan uning ingichka
ichakda so‗rilish tezligi bilan teng bo‗ladi), biologik samaradorligi keskin kamayadi.
Ko‗pchilik dorivor moddalar, ovqatdan keyin qabul qilinganda, ovqat hazm qiluvchi
suyuqliklar tasirida folligini yo‗qotadi yoki qisman ta‘siri kamayadi. Kislotali muhit va oshqozon
fermetlari tasirida eritromitsin, benzilpenitsillin, pankreatin, pituitrin, insulin va qator boshqa
preparatlar faolligi yo‗qoladi. Geksametilentetramin ammiak va formaldegidga to‗liq parchalanib
ketadi. YUrak glikozidlari (landqsh, strofant, dengiz piyozi) to‗liq o‗z xususiyatini yo‗qotadi,
turg‗unroq bo‗lgan preparatlar oshqozon-ichak trakti fermentlari ta‘sirida faolligini qisman
kamaytirishi mumkin. Biroq proteolitik fermentlar tasirida tetratsiklin va izoniazidtezroq
so‗riladi. Oshqozon sharbati sulfanilamid preparatlarini so‗rilishi va atsetillanishini (fao
bo‗lmagan holat) stimullaydi.
Dori preparatlarining so‗rilishiga ovqat qabul qilingandan keyin og‗iz bo‗shlig‗ida,
oshqozon va ichakda ajralib chiqadigan mutsin katta to‗siq bo‗ladi. Streptomitsin sulfat, atropin
sulfat, belladonna preparatlari, skopolamin gidrobromid, platifillin gidrotartrat, spazmolitin,
aprofen, metatsinlar mutsin bilan yomon so‗riluvchi komplekslar hosil qiladi.
Safro yog‗da yaxshi eruvchi modda (vitamin) larni eruvchanligini oshiradi, lekin shu
bilan birga neomitsin sulfat, polimiksin V sulfat bilan qiyin eruvchi va so‗rilmaydigan
komplekslar hosil qilish hususiyatiga ega. Safro kislotalari natriy paraaminosalitsilat,
faollashtirlgan ko‗mir, oq tuproq va boshqalar bilan bog‗lanishi mumkin, lekin ularni kamayishi
boshqa dorilarni (difenin, rifampitsin, butadion va boshqalar) so‗rilishini buzilishiga olib keladi.
SHunday qilib,
ko„pchilik peroral qabul qilingan dorivor moddalar, ovqatlanish vaqtida
va undan keyin ajraluvchi fermentlar va turli yuqori faol OIT moddalarni jiddiy tasiriga duch
kelib, bu ularni biologik samaradorligiga tasir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: