14
1.
Moddalarga, idishlarga tegmang, hamda
o‘qituvchi ruxsatisiz ishni boshlamang.
2.
Moddalarni bevosita qo‘l bilan ushlash va
ta’mini totish taqiqlanadi.
3. Moddalarning hidini aniqlashda idishni
yuzga yaqinlashtirish mumkin emas,
chunki gaz va bug‘ bilan nafas olish nafas
yo‘llarini yallig‘lantirishi mumkin. Hidni
aniqlash uchun probirkani yuzdan 15-
20 sm masofada ushlab turib, havoni
qo‘llar
yordamida yengil harakatlar
bilan probirka og‘zidan burunga qarab
yo‘naltirish kerak.
4. Reaktivlarni quyishda yoki aralashtirishda
yuzingizga yaqin tutmang.
5. Qizdirish paytida probirka yoki kolbaning
og‘zini o‘zingizdan va yoningizdagilardan
teskari tarafga yo‘naltirish kerak.
1-Amaliy ish.
Mavzu: «Kimyo xonasida jihozlar bilan
ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari bi-
lan tanishish»
Ishning maqsadi:
Kimyo xonasida ishlashda amal
qilinishi kerak bo‘lgan texnika
xavfsizligi qoidalarini o‘rganish.
O‘quvchi bu qoidalarni
albatta bilishi, har amaliy
mashg‘ulotda ularni
takrorlashi
va bu qoidalarga
qat’iy amal qilishi zarur!
6. O‘qituvchining ko‘rsatmasisiz, noma’lum
moddalarni aralashtirmang.
7. Tajribalarni bajarishda moddalardan oz
miqdorda foydalaning. Moddalarni faqat
shpatel yoki qoshiqcha yordamida va
ish tavsifida ko‘rsatilgan miqdorda oling;
agar bunday ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa,
moddalar miqdori 1 sm³ dan oshmasligi
kerak.
8. Kislota va
ishqorlar bilan ishlashda
alohida ehtiyotkorlik lozim. Agar
tasodifan qo‘lingizga yoki kiyimingizga
kislota yoki ishqor to‘kilsa, uni
darhol
ko‘p miqdorda suv bilan yuvib tashlang.
So‘ngra shikastlangan yuzani kislota
bilan zararlangan hollarda 2% osh sodasi
(
NaHCO
3
) bilan, ishqor bilan zararlangan
hollarda esa 2% sirka kislotasi (
CH
3
COOH
)
bilan tozalang.
Kimyo xonasida ishlashda texnika
xavfsizligi qoidalari.
Video
va boshqa
materiallar
7-sinf 1-Amaliy ish.
15
9. Kislotalarni suv bilan suyultirishda doimo
quyidagi qoidani yodda saqlang:
kislota
suvga oz-ozdan asta-sekinlik bilan
quyilishi kerak,
aksincha emas.
10. Har doim faqat toza laboratoriya
idishlaridan foydalaning.
11. Moddaning ortib qolgan qismini
moddalar turgan idishga qayta quymang.
12. Tashqi ko‘rinishidan idishning issiq-
sovuqligini bilib bo‘lmaydi. Idishni
ushlashdan
oldin uning soviganligiga
ishonch hosil qiling. Termik kuyish
holatida kuygan yuzani (sovuq suv yoki
muz bilan) sovutib olish hamda kuyishga
qarshi malham yoki aerozol bilan ishlov
berish lozim; agar kuyish og‘ir bo‘lsa,
shifokorga murojaat qilish lozim.
13. Filtr qog‘ozi, paxta, shisha idish siniqlarini
rakovinaga tashlamang.
14.
Xavfli kimyoviy moddalar (ishqorlar,
kislotalar va boshqalar)
bilan ishlashdan
oldin tajriba rejasiga rioya qiling va
albatta, qo‘lqop, ko‘zoynak va xalat kiying.
15. Spirtli lampa va elektr isitish moslamalari
bilan ishlashda quyidagi qoidalarga amal
qiling:
1. Yong‘in kelib chiqishini oldini
olish uchun, spirt lampasini yonib
turgan
boshqa spirt lampasi bilan
yondirmang.
2. Spirtli lampani o‘chirish uchun uni
qopqog‘i bilan yopish kerak.
3. Elektr isitgichni tarmoqqa ulashdan
oldin, isitgich simining izolatsiyasi
butunligini tekshiring.
4. Elektr isitgich tarmoqqa ulanganida
isitish sodir bo‘lmasa, o‘qituvchiga
xabar bering.
5. Elektr isitgich bilan ishlaganda,
spiralning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymang.
6. Ishni tugatgandan so‘ng, elektr
isitgichni tarmoqdan uzib qo‘yishni
unutmang.
Nazorat savollari:
1. Kimyoviy moddalarni ta’mini totib ko‘rish
mumkinmi?
2. Moddalarning
hidini qanday aniqlash
mumkin?
3. Kimyoviy tajribalarni o‘tkazishda modda-
lardan qancha miqdorda ishlatish lozim?
4. Qo‘lingizga yoki kiyimingizga yemiruvchi
moddalar tushsa, nima qilishingiz kerak?
5. Kislota suv bilan qanday qilib suyultiriladi?
6. Spirtli lampa va elektr isitish moslamalari
bilan ishlashda qanday qoidalarga amal qil-
ish kerak?
7-sinf 1-Amaliy ish.