Kimyoviy moddalarni (reaktivlarni) saqlash qoidalari. O‘yuvchi moddalar (ishqorlar) bilan ishlashda xavsizlik texnikasi. Ishqoriy metallarni suv bilan o‘zaro ta’siri. Tayyorladi: Kuronova Madina Kimyoviy reaktivlar - Kimyoviy reaktivlar, kimyoviy reagentlar — kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan moddalar. Turlari: oʻta toza K.r.; kimyoviy toza K.r.; kimyoviy analiz uchun qoʻllanadigan toza K.r.; toza K.r., tozalangan K.r., texnik K.r. Tarkibiga koʻra, K.r., anorganiq, organiq va radioaktiv izotoplar bilan nishonlangan K.r.ga, ishlatilishiga koʻra, organiq — analitik reagentlar, kompleksonlar, fiksanallar, rN — indikatorlar va b.ga boʻlinadi. K.r. solingan idish yorligʻi yoki oʻralgan qogʻozga uning tozalik darajasi, ishlatilishi, qoʻshimchalar miqdori va saqlanish shart-sharoiti yozib qoʻyiladi. K.r.ning aksariyati zaqarli, tez alangalanadi, baʼzilari portlaydi. Shu sababli, K.r.ni ishlatishda va saklashda tegishli qoidalarga rioya qilish zarur. Havoda tez buziladigan ayrim preparatlar vodorod yoki inert gaz toʻldirilgan germetik ampulalarda, baʼzilari kerosinda (mas, ishqoriy metallar — Na, K) saqlanadi.
Kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari - Mineral (xlorid, nitrat, sulfat, ftorid) kislotalar, shuningdek, kuchli organik kislotalar (poli- va monogaloid kar-bon kislotalar) teriga va shiliq pardalarga tegsa kimyoviy kuydiradi. Agar ko’zga kislota sachrasa ko’z qorachig’i zararlanib, kishi ko’r bo’lishi mumkin. Uyuvchi ishqorlar va ularning eritmasi, shuningdek, metall alkogolyatlari ham teri va shiliq pardaga tegsa kimyoviy kuydiradi. Ko’zga ishqor sachrasa kishi ko’r bo’ladi. Shuning uchun kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalarini esda saqlash kerak.
Ishqoriy metallar - Ishqoriy metallar - Mendeleyev davriy sistemasining birinchi gu-ruhi asosiy guruhchasini tashkil etadigan elementlar: litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy. Ular S-elementlardir. Atomlarining tashki energetik pogonasida bittadan elektron boʻladi. Kimyoviy birikmalarda oksidlanish darajasi +1 ga teng .
- Barcha I.m. — asl metallar, kuchli qaytaruvchilar. Ular kimyoviy jihatdan faol boʻlib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Birikmalarda, asosan, ionli bogʻlanish hosil boʻladi. Tartib raqamining ortishi va ionlanish energiyasining kamayib borishi bilan I.m.ning metallik xossalari maʼlum qonuniyat asosida kuchayadi. Davriy sistemaning har qaysi davri (birinchidan tashkari) shu elementlardan boshlanadi. Bu elementlar kislorod bilan birikib, R2O oksidlarni hosil qiladi. Oksidlari suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib, ROH asoslariniberadi.
- I.m. ning vodorodli birikmalari gidridlar boʻlib, RH formulaga mu-vofiq keladi. Barcha gidridlar ok, kristall moddalardir. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi — 1 ga teng .
Etibor uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |