Moddalarni bevosita qo‘l bilan ushlash va ta’mini totish taqiqlanadi



Download 105,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.01.2023
Hajmi105,07 Kb.
#897570
Bog'liq
Q5Hthhp4h7okfuTuXnVIqGaAEIgxW8MXaea2fYol



14
1. Moddalarga, idishlarga tegmang, hamda 
o‘qituvchi ruxsatisiz ishni boshlamang.
2. 
Moddalarni bevosita qo‘l bilan ushlash va 
ta’mini totish taqiqlanadi.
3. Moddalarning hidini aniqlashda idishni 
yuzga yaqinlashtirish mumkin emas, 
chunki gaz va bug‘ bilan nafas olish nafas 
yo‘llarini yallig‘lantirishi mumkin. Hidni 
aniqlash uchun probirkani yuzdan 15-
20 sm masofada ushlab turib, havoni 
qo‘llar yordamida yengil harakatlar 
bilan probirka og‘zidan burunga qarab 
yo‘naltirish kerak.
4. Reaktivlarni quyishda yoki aralashtirishda 
yuzingizga yaqin tutmang.
5. Qizdirish paytida probirka yoki kolbaning 
og‘zini o‘zingizdan va yoningizdagilardan 
teskari tarafga yo‘naltirish kerak.
1-Amaliy ish.
 
Mavzu: «Kimyo xonasida jihozlar bilan 
ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari bi-
lan tanishish»
Ishning maqsadi:
Kimyo xonasida ishlashda amal 
qilinishi kerak bo‘lgan texnika 
xavfsizligi qoidalarini o‘rganish.
O‘quvchi bu qoidalarni 
albatta bilishi, har amaliy 
mashg‘ulotda ularni 
takrorlashi va bu qoidalarga 
qat’iy amal qilishi zarur!
6. O‘qituvchining ko‘rsatmasisiz, noma’lum 
moddalarni aralashtirmang.
7. Tajribalarni bajarishda moddalardan oz 
miqdorda foydalaning. Moddalarni faqat 
shpatel yoki qoshiqcha yordamida va 
ish tavsifida ko‘rsatilgan miqdorda oling; 
agar bunday ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa, 
moddalar miqdori 1 sm³ dan oshmasligi 
kerak.
8. Kislota va ishqorlar bilan ishlashda 
alohida ehtiyotkorlik lozim. Agar 
tasodifan qo‘lingizga yoki kiyimingizga 
kislota yoki ishqor to‘kilsa, uni 
darhol
 
ko‘p miqdorda suv bilan yuvib tashlang. 
So‘ngra shikastlangan yuzani kislota 
bilan zararlangan hollarda 2% osh sodasi 
(
NaHCO
3
) bilan, ishqor bilan zararlangan 
hollarda esa 2% sirka kislotasi (
CH
3
COOH

bilan tozalang.
Kimyo xonasida ishlashda texnika 
xavfsizligi qoidalari.
Video va boshqa 
materiallar
7-sinf 1-Amaliy ish.


15
9. Kislotalarni suv bilan suyultirishda doimo 
quyidagi qoidani yodda saqlang: 
kislota 
suvga oz-ozdan asta-sekinlik bilan 
quyilishi kerak, 
aksincha emas.
10. Har doim faqat toza laboratoriya 
idishlaridan foydalaning.
11. Moddaning ortib qolgan qismini 
moddalar turgan idishga qayta quymang.
12. Tashqi ko‘rinishidan idishning issiq-
sovuqligini bilib bo‘lmaydi. Idishni 
ushlashdan oldin uning soviganligiga 
ishonch hosil qiling. Termik kuyish 
holatida kuygan yuzani (sovuq suv yoki 
muz bilan) sovutib olish hamda kuyishga 
qarshi malham yoki aerozol bilan ishlov 
berish lozim; agar kuyish og‘ir bo‘lsa, 
shifokorga murojaat qilish lozim.
13. Filtr qog‘ozi, paxta, shisha idish siniqlarini 
rakovinaga tashlamang.
14. 
Xavfli kimyoviy moddalar (ishqorlar, 
kislotalar va boshqalar) bilan ishlashdan 
oldin tajriba rejasiga rioya qiling va 
albatta, qo‘lqop, ko‘zoynak va xalat kiying.
15. Spirtli lampa va elektr isitish moslamalari 
bilan ishlashda quyidagi qoidalarga amal 
qiling:
1. Yong‘in kelib chiqishini oldini 
olish uchun, spirt lampasini yonib 
turgan boshqa spirt lampasi bilan 
yondirmang.
2. Spirtli lampani o‘chirish uchun uni 
qopqog‘i bilan yopish kerak.
3. Elektr isitgichni tarmoqqa ulashdan 
oldin, isitgich simining izolatsiyasi 
butunligini tekshiring.
4. Elektr isitgich tarmoqqa ulanganida 
isitish sodir bo‘lmasa, o‘qituvchiga 
xabar bering.
5. Elektr isitgich bilan ishlaganda, 
spiralning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymang.
6. Ishni tugatgandan so‘ng, elektr 
isitgichni tarmoqdan uzib qo‘yishni 
unutmang.
Nazorat savollari:
1. Kimyoviy moddalarni ta’mini totib ko‘rish 
mumkinmi?
2. Moddalarning hidini qanday aniqlash 
mumkin?
3. Kimyoviy tajribalarni o‘tkazishda modda-
lardan qancha miqdorda ishlatish lozim?
4. Qo‘lingizga yoki kiyimingizga yemiruvchi 
moddalar tushsa, nima qilishingiz kerak?
5. Kislota suv bilan qanday qilib suyultiriladi?
6. Spirtli lampa va elektr isitish moslamalari 
bilan ishlashda qanday qoidalarga amal qil-
ish kerak?
7-sinf 1-Amaliy ish.

Download 105,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish